Non pishirgichni to’g’ri tanlash
Agarda siz uyingizda har doim issiqina va yangi pishirilgan non bo’lishini istasangiz, unda albatta non pishirgichdan xarid qiling. Bu maqolamizda non pishirgichni to’g’ri tanlashda kerak bo’ladigan bir nechta maslahatlarimizni ayamaymiz.
Agarda lo’nda qilib tushuntiradigan bo’lsak non pishirgich bu mikser va gaz pechining uyg’unlashuvidir. U masalliqlarni aralashtiradi, xamir qoradi va nonni pishiradi. Bunda masalliqlarni solib, kerakli dasturni tanlaysiz xolos.
Non pishirgichga ehtiyojingiz bormi
Yaxshi va sifatli non pishirgichlar arzon narxda turmaydi. Sotib olgandan so’ng u bir chekkada chang bosib yotmasligi uchun uni sotib olishdan avval o’ylash kerak.
Ijobiy tomonlari
- pishirgan noningizga nima solinganini bilasiz;
- siz yangicha nonlar pishirishni sinab ko’rishingiz mumkin;
- yarim kuninhizni xamir qorish va pishirishga sarflamaysiz;
- non pishirgich piroglarga ham xamir qorib berishi, ularni pishirishi mumkin, hatto ba’zi bir non pishirgichlar yogurt tayyorlab, palov ham pishirar ekan;
- yangi pishirilgan non isi uyingizga o’zgacha fayz bag’ishlaydi;
- agarda non pishirgichdan muntazam foydalanilsa, unda qisqa muddatda uning xarajati o’zini o’zi qoplaydi.
Non pishirgichning salbiy tomonlari
- non pishirish jarayoni 3-4 soatni talab etilishi sabab ham, vaqtni oldindan rejalashtirib oling;
- xamir qorayotganda non pishirgichdan shovqin tovushi kelib turadi;
- uyda tayyorlanilgan non arzonroqqa tushadi;
- non juda mazaligidan uni yeyishdan o’zingizni tiya olmaysiz (bu vazningizning oshib ketadi deganidir);
- chiroq tez-tez o’chib turadigan bo’lsa nonsiz qolib ketish mumkin.
Uni quyidagi holatlarda sotib olish maqsadga muvofiqdir:
- agarda siz non sotib olmasdan, uni har doimbuyda pishirishga qaror qilgan bo’lsangiz;
- nonni ko’p iste’mol qiladigan katta oilaga ega bo’lsangiz;
- nondan tashqari boshqacha pishiriqlardan tayyorlamoqchi bo’lsangiz.
Non pishirgichni to’g’ri tanlash
Demak, non pishirgichdan xarid qilishga qaror qilgan bo’lsangiz, unda quyidagilarga ahamiyat bering:
Hajmi
Birinchi navbatda oila a’zolaringiz qancha non yeyishini hisobga oling. Ba’zi non pishirgichlar bir martada 500 grammli non pishirsa, ba’zilari esa 1 kilogacha non pishiradi.
Quvvati
Non pishirgichning quvvati uning tezligiga ta’sir qiladi. Eng ko’p tarqalgan non pishirgichlarning quvvati 550 dan 680 Vtni tashkil qiladi.
Vazifalari
Eng oddiy non pishirgichlar faqat nonnigina pishira oladi. Ammo shunday bir modellari ham borki, ular jem va murabbolar tayyorlab, har xil pishiriqlargacha tayyorlaydi.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
Mediapark.uz internet do’konida
- 757 000 so’mdan: Artel, 12 xil dastur, jem va pishiriqlar dasturi
- 2 275 000 so’mgacha: Panasonic, 12 xil dasturi, 10 xil xamir qorish usullari va jem tayyorlash dasturlari mavjud .
- 506 300 so’mdan: Artel non pishirgichi 12 xil dasturgavega bo’lib non, jem pishirish, pishiriqlar pishirish imkoniga ega.
- 1 845 180 gacha: Panasonic non pishirgichi, non pishirish uchun 11 xil dastur, xamir qorish uchun 9 xil dasturni o’z ichiga oladi.
Texnomart maishiy texnika do’koni
- 1 649 000 so’mdan: Kenwood non pishirgichi 12 xil dasturni o’z ichiga oladi.
*Suratlar internetdagi ochiq manbalardan olingan.
1 Sharhlar Hide Comments
Izohingizni yozib qoldiring
Izoh qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.
Мен нон пиширгич сотиб олмокчи эдим , ёзганларингизни укиб чикдим кайси бирини олиш кк 4 киши ун маслахат беринглар.