Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Granum jaymasi
«Jayma» so’zi qozoqcha so’z bo’lib, beshbarmoq va lazanya uchun mo’ljallangan xamirni anglatadi. Biz shunday xamirni Qozoqistonning Granum ishlab chiqaruvchilaridan sinab ko’rish uchun xarid qildik.
Biz avval ham ushbu brend ostidagi unni xarid qilgan edik va bizga juda ma’qul kelgan edi. Endi navbat – jaymaga keldi.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Shunday qilib jayma – bu oliy nav unidan tayyorlangan makaron mahsulotlaridir. Ular yupqa, zich bo’lib, pishgandan so’ng ezilmasligi kerak.
Granum mahsulotlari haqiqatdan ham bo’linib ketmaydi, butunligicha qoladi. Bizga og’ir bug’doy navlaridan tayyorlanilgan jayma juda yoqdi, bu belingizga ortiqcha santimetrlarni qo’shmaydi deganidir.
Qadoqlanishi
Xamir karton qog’ozlarda qadoqlanilgan bo’lib, old qismidagi shaffof rangli yelim qog’ozdan u ko’rinib turadi.
Mahsulotning og’irligi 300 grammni tashkil etadi.
O’ziga xosligi
Jayma oliy navli bug’doy unidan tayyorlanilgan bo’lib, bunda bug’doyning og’ir navlaridan foydalanilgan. Beshbarmoq uchun uni bulyonda 5-7 daqiqa qaynatish talab etiladi. Lazanya uchun esa uni qaynatib ham, qaynatmasdan xomligicha ishlatish ham mumkin ekan. Bizlar har ikkala usulda ham sinab ko’rdik. Bir-biridan deyarli farq qilmaydi-yu, lekin qaynatilgan xamir bilan tayyorlanilgan lazanya mayinroq chiqdi.
Tarkibi
Tarkibi juda oddiy: oliy navli bug’doy uni, suv.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
Granumning «Jayma» xamirini bizlar Korzinka.uz tarmoqlaridagi supermarketlardan 4 690 so’mdan xarid qildik.
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!