Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Merba pechenyesi
Siz shokoladli pechenyeni yaxshi ko’rasizmi? Biz- juda ham! Ana shuning uchun ham gollandiyalik ishlab chiqaruvchilardan Merba pechenyesi haqida gapirmasdan ilojimiz yo’q.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Hoynahoy barchamiz kinofilmlarda hech bo’lmasa bir marta an’anaviy amerikancha shokoladli pechenyesini ko’rganmiz. Qop qora shokoladga yo’g’rilgan och rangli pechenye ishtahani ochib yuboradigandek bo’ladi….aynan shu shirinlik Rojdestvo haqidagi filmlarda Santa Klausga qoldiriladi. Biz ushbu pechenyeni supermarket peshtaxtalarida ko’rganimizda, uni ta’tib ko’rish kerakligini angladik.
Niderlandiyaning Merba brendi turli xil amerikancha pechenyelarni ishlab chiqarishi bilan mashhur. Merba brendining nomi shunchalik xalqchil so’z bo’lib qoldiki, internetning ko’plab saytlarida ushbu pechenyening retseptini topsa bo’ladi. Xo’sh u nimasi bilan shunchalik mashhur?
Biz Merba shirinligini ta’tib ko’rgach, bekorga ham bu qadar yaxshi nom qozonmaganiga amin bo’ldik. Bu biz yeb ko’rgan eng mazali pechenyelardan biridir. Ular tahririyatimiz xodimlariga va bolajonlarimizga shunchalik yoqdiki, hali yana ko’p marta xarid qilishimni niyat qildik.
Qadoqlanishi
Pechenyelar plastik konteyner va folgadan qilingan yelim xaltada qadoqlangan. Plastik konteyner borligi sababli, tashish paytida sinib ketish ehtimoli kam. Qadoq dizayni ishtaha ochuvchi pechenye surati tushirilgan kulrang-ko’kish ranglarda yaratilgan.
Qadoqlangan mahsulot og’irligi-150 gramm.
Ta’mi
Qadoqni ochganingizda, darrov shokolad va vanilning yoqimli iforini tuyasiz. Haqiqatdan pechenyelar shokoladga boy, bir-ikki tomchi emas. Mahsulot tarkibidagi uyg’unlashuv ham o’zgacha: qarsildoq vanilli pechenye va mayin shokolad.
Pechenye juda shirin emas, yog’ning ta’mi ham kelib turmaydi. Aksincha shokoladning mazasi og’zingizda qoladi. Biz ularni sut va kofe bilan iste’mol qilganimizda, turlicha fikr yuritdik. Bolalarga sut bilan tanovvul qilish manzur kelgan bo’lsa, bizga bir juft qarsildoq pechenye va kofe bilan tanaffus qilib olish yoqdi.
Tarkibi
Pechenye tabiiy mahsulotlardan tarkib topgan bo’lib, bu bizni juda xursand qildi. Tarkibi: 25% dan kam bo’lmagan miqdorda shokolad, bug’doy uni, shakar, o’simlik yog’lari, glyukoza-fruktozadan iborat qiyom, E450 va E500 (pirofosfat va karbonat natriy) , kakao yog’i, tuz, soya letsitini, tabiiy aromatizatorlar va rang beruvchi karamel.
100 gramm mahsulotning energetik quvvati: 510 kKal, oqsillar-4.5 gramm, yog’lar-27 gramm, uglevodlar-60 gramm.
Mahsulotning narxi qancha va uni qayerda xarid qilsa bo’ladi?
Biz Merba shokoladli pechenyesini Korzinka.uz supermarketlaridan chegirma asosida xarid qildik.
*chegirmali narxi-7990 so’m.
*haqiqiy narxi-14.600 so’m.