Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: «Buvimning quymoqlari» quymoq uchun kukun
Savdo peshtaxtalarida yaqinda yana bir yangi mahsulot, Safogoh-Sl ishlab chiqaruvchisidan sotuvga qo’yilgan quymoqlar uchun tayyor aralashma sotuvga qo’yildi. Ulardan pishiriladigan quymoqlar mazalimi yo’qmi bilmoqchi bo’lib, ulardan xarid qildik.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Bizningcha, quymoqlarni sevib iste’mol qilmaydiganlar oramizda topilmasa kerak, to’g’rimi? Shu sabab ham bu mahsulot ta’miga qiziqdik va xarid qildik.
Bunday tayyor kukunlar shunisi bilan yaxshiki, bo’sh vaqti kam insonlarning ishini ancha yengillashtiradi. Kukunli aralashmaga suv yoki sut, yog’ solamiz va pishirib olaveramiz.
Biz pishirgan quymoqlarning ta’mi juda yoqdi, Qozog’istonda ishlab chiqarilgan mahsulotdan umuman farq qilmas ekan.
Qadog’i
Un polietilen paketda qadoqlanilgan. Yorqin sariq rangdagi bu mahsulot savdo shaxobchalari peshtaxtalarida ko’zga tashlanib turadi.
Mahsulotning hajmi 475 gramm.
O’ziga xos xususiyati
Mahsulot qadog’ida uning tarkibi ko’rsatib o’tilgan. Bir o’ram unga 1 litr suyuqlik, 125 gramm yog’ kerak bo’ladi. Bizlar quymoqlargabsuv solib, aralashtirdik.
Quymoqlar yupqa, umuman tovaga yopishmaydigan bo’lib chiqdi.
Agarda siz shirin quymoqlarni yoqtirsangiz, unda ozroq shakardan soling.
Tarkibi
Ana’anaviy quymoq uchun aralashmaning tarkibi quyidagicha: 1-navli un, shakar, quruq sut, tuz, tuxumli kukun, iste’mol sodasi va vanilin.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin
«Buvimning quymoqlari» Makro supermarketlaridan 9 790 so’mga xarid qilish mumkin.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
1 Sharhlar Hide Comments
Izohingizni yozib qoldiring
Izoh qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.
Яшхи зор