Oy uchun foydali mahsulotlar: Sentabr
Bozor rastalari va supermarketlardagi eng muhim va mavsumiy mahsulotlar haqida ma’lumot beramiz.
Kuz kelib, yig’im-terim mavsumi ham boshlandi, ba’zi bir meva va sabzavotlar esa tugab bormoqda.
Rezavor mevalar
Mazali va foydali rezavor mevalarning biri tugasa, birining mavsumi endi boshlaniyapti.
Маlina metobolizmni normallashtirib, ozishga yordam berar ekan. Unda allergiya chaqiruvchi moddalar juda kamligi sabab ham, bolalarga ham berish tavsiya qilinadi.
Qorag’at o’zida ko’p С guruh vitaminini saqlashi sabab ham, tomirlar va yurak faoliyatini yaxshilaydi. U buyraklarni tozalab, oshqozon-ichak tizimi faoliyatini normallashtiradi.
Chakanda(oblepixa) – unchalik keng ommalashmagan rezavor mevadir. Undagi o’ziga xos hid mavjudligi sabab ham ko’pchilik iste’mol qilishdan bosh tortadi. Ammo to’g’ri tayyorlanilganda chakanda juda mazali ta’mga ega bo’ladi. U tabiiy antibiotik mahsulotdir. U immunitetni ko’tarib, yoshlikni uzoq muddatgacha saqlab qoladi.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin:
Маlina
- Arba.uz internet do’konida malinaning kilosi 23 000 so’m turadi;
- Kadisheva bozorida esa 13 000 so’m;
- Bo’z bozorida esa kilosi 16 000 so’m turadi.
Qorag’at
- Arba.uz da kilosi 29 400 so’m;
- Kadisheva bozorida 35 000 so’m;
- Bo’z bozorda uning kilosi 20 000 so’m turadi.
Chakanda
- Chakanda Kadisheva bozorida 26 000 so’m;
- «Yalang’och» bozorchasida 30 000 so’m turadi.
Uzum
Sentabr – uzumlarning deyarli barcha navlari pishib yetiladigan mavsum bo’lib, oktabr oyida ular kamayib boradi . Uzum astma, jigar kasalliklarida foydali bo’lib, qon tarkibini yaxshilab, organizmni viruslardan himoya qiladi. Uzum haqida batafsil bu maqolada gapirib o’tganmiz.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin:
- Korzinka.uz supermarketida uzumni kilosini 4 790 dan 17 390 so’m narxgacha turadi;
- Arba.uz internet do’konida 4 790 dan 19 590 so’mgacha;
- Kadisheva bozorida 3 000 dan 12 000 so’mgacha;
- Bo’z bozorida 5 000 dan 12 000 so’mgacha narxda turadi.
Nok
Hozir sersuv va shirin noklardan to’yib yeb olish kerak, chunki ular hozir g’arq pishgan. U organizmni xolesterin va toksinlardan tozalaydi. Bu meva oshqozon-ichak faoliyatida ham foydalidir.
Nokni och qoringa yoki suv bilan aralashtirib iste’mol qilish mumkin emas. Nokni tushlik va kechki taomdan bir necha soat keyin iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin:
- Korzinka.uz supermarketlarida nokning kilosi 20 990 dan 37 290 so’m;
- Arba.uz internet do’konida 6 490 so’m;
- Kadisheva bozorida 10 000 dan 12 000 so’mgacha;
- Bo’z bozorida 7 000 dan 12 000 so’mgacha xarid qilish mumkin.
Asal
Yozda asallar yig’imi nihoyasiga yetib, kuz boshlaridan yangi asaldan bahramand bo’lish imkoni tug’iladi. Asal shamollashlar mavsumida ayni kerakli mahsulot bo’lib, antibakterial va mikroblarga qarshi kurashuvchi xususiyatga ega. Asal qanchalik to’q rangda bo’lsa, unda temir miqdori shunchalik ko’p bo’ladi.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin:
- Korzinka.uz supermarketidabasal kilosi 46 000 so’m;
- Arba.uz internet do’konida 40 890 dan 45 090 so’mgacha;
- Kadisheva bozorida 30 000 dan 50 000 so’mgacha;
- Bo’z bozorida 35 000 до 50 000 so’m narxda sotib olish mumkin.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.