Uzum to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar
Sentabr uzumlar g’arq pishgan mahal bo’lib, undan to’yib iste’mol qilishga ulgurish kerak. Chunki uzum juda foydali mahsulot bo’lib, uning foydali xususiyatlari haqida bu yerda batafsil ma’lumot beramiz.
Uzumning foydali xususiyatlari
Qadimgi Gretsiyada ham uzumning foydali xususiyatlari ma’lum bo’lgan. Uzumni nafaqat shirinlik sifatida iste’mol qilishgan, balki dori-darmon o’rniga tanovvul qilishgan. Uzum quyidagi kasalliklarda yordam beradi:
- uzum astma kasalligida foydali hisoblanadi;
- qon quyuqlashini oldini oladi;
- charchoqni bartaraf etadi;
- antioksidantlarni o’zida saqlashi sabab ham terini uzoq vaqt davomida qarishini oldini oladi;
- oshqozon-ichak tizimini tozalaydi;
- yurak va tomirlar tizimini mustahkamlaydi.
Shuningdek uzumning foydali xususiyatlari uning rangiga qarab farq qiladi. Sariq va yashil rangli uzumlar o’t haydovchi ta’sirga ega bo’lsa, to’q rangli uzumlar esa gemoglabinni ko’tarib, qon bosimini normallashtiradi.
Uzumning zararli tomonlari
Uzum o’zida ko’p miqdorda shakar va kislotani saqlaydi, shu sabab ham uni quyidagi kasalliklarda ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilish kerak:
- oshqozon yarasi va o’n ikki barmoqli ichak kasalliklarida;
- zaharlanish yoki oshqozon buzilishida;
- qandli diabet yoki semirishdan aziyat chekuvchi insonlarga;
- qorin sanchishida.
Ozishda uzumning o’rni
Uzum boshqa mevalarga nisbatan yuqori kaloriyaga egaligi sabab ham, uni ko’pinch parhez vaqtida iste’mol qilishadi. Chunki undagi ko’pgina shakar qorinni to’q tutadi. Bundan tashqari uzum stressga qarshi kurashadi, kayfiyatni ko’taradi, yog’ni eritib, qarishni oldini ham oladi.
Parhez tutish davrida uzumni po’sti bilan iste’mol qilishadi. Bu organizm uning barcha vitaminlarini qabul qilish va organizmni toksin va shlaklardan tozalash ucun ham zarur.
Bir kunda qancha uzum iste’mol qilish mumkin
Shifokorlar uzumni bir kunda 10-15 dona yeyishni tavsiya qilishadi. Bunda organizm kerakli vitaminlarga to’yinadi, me’yoridan oshmasligi sabab ham zarar keltirmaydi.
Uzumni qishga saqlab qo’yish
Agarda uzumni to’g’ri muzlatsak, u ta’mini ham, ko’rinishini ham saqlab qoladi. Asosiysi, buni to’g’ri bajarish kerak.
- muzlatish uchun uzumni to’g’ri navini tanlash kerak: bunda uzumlar butun va ezilmagan bo’lishi kerak;
- uzumni bir necha soatga sovutgichga olib qo’yamiz;
- u biroz sovigandan so’ng, patnisga solib, 8 soatga sovutgichga olib qo’yamiz;
- So’ng 2 bog’dan qilib yelim qog’ozga solib qo’ying.
Iste’mol qilishdan oldin uzumni muzxonadan olib, 15 soatga sovutgichga qo’yamiz, undan so’nggina iste’mol qilamiz.
Eslab qoling! Bir marta eritilgan uzumni qayta muzlatish kerak.
Uzumni uyda qurКак itish usullari
Quritilgan uzum ya’ni mayiz juda foydali bo’lib, uni endilikda sotib olmasdan o’zingiz quritishingiz mumkin
Quritishning bir nechta usullari:
- birinchi usuli, quyoshda quritish. Uzumni yaxshilab yuvib, qquritib olamiz. Dumchalarini olib tashlaymiz. So’ng toza faner yoki patnisga bir qator qilib teramiz. Ustini doka ro’mol bilan yopib, quritish uchun quyoshga qo’yamiz.
- ikkinchi usuli, gaz pechida. Tayyor uzumlarni pergament qog’oz to’shalgan patnisga teramiz, gaz pechini 85 C darajaga yoqib patnisni qo’yamiz. Gaz duxovka eshigini ozroq ochib qo’yamiz. Uzumning suvi bug’lanib ketganidan so’ng esa gaz pechini 65-70 darajaga tushiramiz. So’ng taxminan 30 soat davomida quritib olamiz.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.