Mevaga qarab fe’l-atvorimizni bilib olamiz
Yaqindagina amerikalik psixologlar ko’pgina izlanish va tadqiqotlardan so’ng insonlarning sevib iste’mol qiladigan mevalari ularning fe’l-atvorlariga ta’sir qilishini o’rgandilar.Siz ham ularni o’qib ko’ring, qanchalik haqiqatga yaqin ekan.
Avvalambor qaysi mevani eng birinchi yaxshi ko’rasiz, tanlang:
- Tarvuz
- Banan
- Qulupnay
- Anor
- Olma
- Uzum
- Apelsin
- Ananas
- Nok
- O’rik
- Malina
ApelsinBunday odamlar muloqotda yumshoq va muloyim, boshqalarga osonlik bilan yaqinlashadigan va o’zlarini hech kimga yuk bo’lish huquqiga ega emas deb hisoblaydigan kishilardir. Odatda, apelsinni Hut(Vodoley)lar sevib iste’mol qilishadi.
TarvuzIjobiy shaxs! Ziddiyatlardan qochasiz, hech qachon shikoyat qilmaysiz. Har doim, hozir va keyin ham siz odamlarni to’g’ri yo’lga yo’naltirishga harakat qilasiz, ammo bu har doim ham siz o’ylagan natijani beravermaydi. Biroq, siz o’z odatlaringizni o’zgartirmaysiz. Uydagilaringizga va katta kishilarga hurmat bilan qaragan er va ota (xotin va onas)siz.
Ananas
О, siz ajoyibsiz! Har bir so’zni taroziga tortib, keyingina gapirasiz. Sizning qarashlaringizni hurmat qilmaydiganlardan uzoqda yurasiz. Kitob, jihozlar, kiyim-kechak, taomlar hammasini did bilan tanlaysiz. Sevgiga sadoqatlilik bunday inonlarga xos xislat.
O’rikSizning nutqingiz shirin, ko’zlaringiz mehribonlikdan porlaydi. Lekin buni uyatchanlik, kechirimlilik va rahm-shafqatlilik deb o’ylaganlar xato qilishadi. Sizning hukmronligingizga tajovuz qilgan har bir kishi zudlik bilan keskin zarbani qabul qiladi. Sizning do’stlaringiz uchun siz ajoyib do’stsiz, dushmanlaringiz uchun esa kuchli va bardoshli raqibsiz. Ehtimol, siz ijodkor shaxssiz va shubhasiz she’rlar yozib berasiz.
BananSiz muloyim va mehrli odamsiz, lekin sizning ba’zi xulq-atvoringiz takabburlik va manmanlikdek tuyilishi mumkin. Siz sentimental, ya’ni ta’sirchan, hamma narsani o’ziga oladigan insonsiz. Ko’nglingizdagi orzularning ko’pchiligini amalga oshira olmasligingizni yaxshi bilsangiz ham, orzu qilishni yaxshi ko’rishingiz mumkin. Afsuski, sizni ko’pincha dangasalik chulg’ab oladi. Fikr va qarashlar nuqtai nazaridan siz boshqalarga osonlik bilan ta’sir qilishingiz mumkin, sizni ishontirishning ham qiyinchiligi yo’q. Agar siz bananlarni tanlasangiz, unda sizning burjingiz Hamal bo’lishi, sizda Marsning kuchi yaqqol ko’rinib turadi.
Uzum
Siz o’zingiz va boshqalarning sirlarini saqlashingiz mumkin. Ammo sizning sirliligingiz ko’pincha chegaralarni kesib o’tadi, shuning uchun odamlar sizga ishonchsizlik bilan muomala qilishadi. Hamma narsani sir saqlash ham har doim yaxshi emas. Siz tartibli va bergan so’zning ustidan chiqadigan odamsiz.
Nok
Nokni sevuvchilar yaxshi kayfiyatni ko’taruvchi, tinch, do’stona odamlardir. Bundan tashqari, ularning hammasida hazil tuyg’usi va musiqaga muhabbat rivojlangan. Astrologik nuqtai nazardan, nok avvalambor Egizaklar burjiga mansub insonlarga, keyin Mezon(Tarozi) va Hut(Baliq)larga juda yoqadi.
AnorAgarda siz anorni sevib iste’mol qilsangiz, unda siz bilan hazillashmaslik, sizga sirlarni ishonib topshirmaslik va shuningdek qarzga katta pul barmaslik kerak.
QulupnaySiz quvnoq, mehmondo’st odamsiz, odamlar bilan qanday muloqot qilishni bilasiz. Sizda nafislik, go’zal narsalarni sevish va ularni qanday qilib qadrlash va asrash tuyg’ulari yuksak darajada. Hech kimga hasad qilmaysiz, quruqdan-quruq asabiylashmaysiz. Biroq, sizda rashk tuyg’usi birinchi o’rinda turadi. Astrologiyada xuddi shunday tabiatli odamlar Asad(Arslon) burjiga mansub insonlar deb hisoblanadi.
MalinaSiz ayol yoki erkak bo’lishingizdan qat’iy nazar, baribir sizda o’zini sevish va xudbinlik hislari ustun: siz shunchaki biron bir ishni qilmaysiz. Qiyin holatlarda esa vahimaga tushasiz. Lekin siz yaxshi ijrochisiz, berilgan topshiriqlarni yaxshi bajarasiz.
GilosSiz muloyim insonsiz. Siz har doim o’zingizning zararingizga qarshi bo’lsa ham yaqinlaringizga quvonch va zavq ulashishga harakat qilasiz. Hech qachon g’iybat qilmaysiz, aksincha, anekdotlarni aytib berish va tinglashni yaxshi ko’rasiz. Sevgi borasida, siz xuddi yosh bolalardek siz – soxta va ishonchsizlik munosabatlari sizni ranjitadi.
OlmaSiz juda mehnatkash va biroz eskizamon odamlariga o’xshab ketasiz. Siz barcha vazifalarni qunt bilan bajarishingiz sabab ham, boshliqlaringiz sizni hurmat qiladi. Siz ko’proq lirik tabiatli insonsiz.
Juda qiziq ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
3 Sharhlar Hide Comments
Izohingizni yozib qoldiring
Izoh qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.
Qoyil psixologik test toppa tori?? ln Marsning kuchi nmaligini cunmadim?
Shaftoli yo’qku?
Шафтоли кани??