Peshtaxtalardagi yangi mahsulotlar: Nutlet yeryong’oqli pastasi
«Imkon Plus» savdo belgisi yaqindagina bizni yangi mahsuloti bilan mamnun etdi. U o’zining «Nutlet» yeryong’oqli pastasini sotuvga chiqardi. So’ngi paytlarda yeryong’oqli pasta do’konarda noyob mahsulot bo’lgani uchun unga ahamiyat bermasdan o’ta olmadik va undan xarid qildik.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Biz yeryong’oqli pastani o’zimiz tayyorlashga qodir bo’lsak-da, ammo undan xarid qilishga qaror qildik. Chunki yeryong’oqli pasta tayyorlashga har doim ham yetarlicha vaqt topa olmaymiz.
Yeryong’oqli pasta Nutlet yoqimli ta’mda bo’lib, nonga surtib yeyishga yaxshi, surtilishi ham qulay bo’lib, qiyinchilik tug’dirmaydi.
Bu yeryong’oqli pasta pishiriqlar tayyorlashda ham biz kutgan natijani beradi deb umid qilamiz.
Qadog’i
Yeryong’qoli pasta kichik shaffof shisha idishda qadoqlanilgan bo’lib, pasta undan ko’rinib turadi. Himoya yorlig’i qadoq ostida mavjud.
Mahsulotning hajmi 350 gramm.
Ta’mi
Nutlet quyuq, silliq ko’rinishga ega. Yeryong’oqli pasta yoqimli och- qong’ir rangda bo’lib, yeryong’oqning xushbo’y hidiga boyitilgan, ichida yong’oq bo’lakchalarini ko’rish mumkin. Pasta juda shirin ta’mda bo’lganligi sababli mazzali taomlar shinavandalariga yoqishgi aniq. Bizga uni nonga surtib, banan bo’lakchalari bilan istemol qilish juda yoqdi.
Pastaning ta’mi ko’proq yong’oqli kremni eslatadi. Biroz sut isi keluvchi bu shirinlikni sovutgichga qo’yilganda tezda qattiqlashib qoladi. Shu sabab ham uni ishatishingizdan sal avvalroq sovutgichdan olib qo’ying. Bu pasta juda to’yimli bo’lib, nonushta uchun yaxshi yegulik hisoblanadi.
E’tibor qarating: ochilmagan mahsulotning yaroqlilik muddati 6 oy bo’lib, uni ochganingizdan so’ng tezroq iste’mol qilib tugatishingiz kerak.
Tarkibi
shakar, o’simlik yog’i, o’rmon yong’og’i/yeryong’oq, kakao kukuni, yog’sizlantirilgan quruq sut, soya letsitini, tabiiy aromatizator.
100 gramm mahsulotning energetik quvvati: 586 kKal bo’lib, 2 gramm oqsillar, 40.6 gramm yog’lar, 66 gramm uglevodlar.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin
Nutlet yeryong’oqli pastasini bizlar Makro supermarketidan 16 990 so’mga xarid qildik.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.