Tarvuz to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar
Bugun bizlar poliz ekinlarining shohi bo’lmish, tarvuz mevasi haqida gapirib beramiz. Bugun siz tarvuzning foydali va zararli tomonlari, ularni to’g’ri tanlash va saqlashga doir qiziqarli maslahatlarga ega bo’lasiz.
Tarvuzning foydali tomonlari
Tarvuz o’zida juda ko’p vitamin va minerallarni saqlab, quyidagilarda yordam beradi:
- tarvuz moddalar almashinuvini normallashtirishda yordam beradi;
- buyrak va jigarni tozalab, ularning faoliyatini yaxshilaydi;
- organizmni mustahkamlab, immunitetni ko’taradi;
- zararli xolesterindan xalos etadi;
- ichaklar faoliyatini yaxshilaydi;
- zaharlanish yoki antibiotiklar qabul qilgandan so’ng, tarvuz iste’mol qilinsa, shunda u zaharli moddalarni organizmdan chiqarishga ko’maklashadi.
Tarvuzning zararli tomonlari
Tarvuzning zararli tomonlari shundaki, u ularni sug’oriladigan nitratlar va zararli kimyoviy vositalarni o’ziga singdirib oladi. Shu sababdan ham tarvuzni tanlashda juda ehtiyotkor bo’lish kerak.
Bundan tashqari quyidagi holatlarda ham tarvuzdan iste’mol qilish tavsiya etilmaydi:
- qandli diabetga chalingan insonlarga: u o’zida ko’p fruktozani salqashi sabab ham, uni ko’p iste’mol qilish tavsiya etilmaydi;
- oshqozon osti bezining og’ir xastaliklarida;
- buyrak yetishmovchiligida;
- ateroskleroz va yurak xastaliklarida ham ko’p tarvuz yeyish tavsiya qilinmaydi.
Shuningdek tarvuz va sho’r ovqatlarni aralashtirmaslik kerak: tarvuz suyuqlikni organizmdan chiqishini sustlashtiradi va bu suv yig’ilishiga sabab bo’lishi mumkin.
Bir kunda nechtagacha tarvuz iste’mol qilish mumkin
Shifokorlar sog’lom odam bir kunda 2.5 kilogacha tarvuz iste’mol qilishlari mumkinligni eshitib hayron qoldik. Tarvuzni oz-ozdan kun mobaynida iste’mol qilish yaxshiroq.
Ozishda tarvuzning o’rni
O’t haydash va kaloriyasining pastligi sabab ham tarvuz ozishni xohlovchilarga qo’l keladi. Tarvuzning 90 %ini suv tashkil qilib, uni suv o’rnida ham iste’mol qilish mumkin. Bundan tashqari tarvuzdagi mineral tuzlar organizmning tuz balansini ushlab tursa, fruktozaning ko’pligi esa uzoq vaqt qorinni to’q tutadi.
Tarvuzning 100 grammi 25 kKalni tashkil etib, ulardan 0.6 grammini oqsillar, 0.1 grammini yog’lar va 5.8 grammini uglevodlar tashkil qiladi.
Tarvuzni qishga saqlab qo’yish
Qishda mazali tarvuzdan bahramand bo’lish uchun, uni quyidagicha saqlash mumkin ekan:
- birinchi usuli: ilib qo’yamiz. Tarvuzni tabiiy gazlamaga o’rab, qopga solib, yerto’lada ilib qo’yamiz.
- ikkinchi usuli: somon bilan qoplab. Yashikka somonlardan solib, ustiga tarvuzni dumchali tomonini tepaga qaratib qo’yamiz. Tarvuzning ustidan yana somon bilan to’shab, salqin va qorong’u joyda saqlaymiz.
Bu usullarda tarvuzlarni 3-4 oygacha saqlash mumkin.
Pazandachilikda tarvuz
Tarvuzdan pazandachilikda tez-tez foydalanishadi: masalan karving san’atida tarvuz ajoyib mahsulot sanaladi. Tarvuzdan shuningdek har xil muzqaymoqlar , desertlar tayyorlash mumkin.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.