Mahsulotlarni qishga muzlatib qo’yish
Avgust oyida meva va sabzavotlar g’arq pishadi, shu sabab ham bu oyda qishga har xil yeguliklar tayyorlab qo’yishadi. Bugun sizlarga ko’katlar, rezavor mevalar va sabzavotlarni muzlatib qo’yish usullari haqida gapirib o’tamiz.
To’g’ri, yangi uzilgan mevalar-u ko’katlarni qishda ham topish mumkin. Ammo eng shirin v mazali hosil jazirama yoz faslida pishadi. Muzlatish oqibatida mahsulotlar o’zining foydali xususiyatlarini yo’qotmaydi.
Ko’katlarni to’g’ri muzlatib qo’yish
Quyidagi ko’rsatmalar barcha ko’katlarga tegishli:
- ularni yuving;
- yaxshi;
- to’g’rang;
- zip-dopli paketlarga solib, yoping;
- muzlatgichga olib qo’ying.
Ularni xohishga qarab yirik yoki mayda to’g’rash mumkin.
Rezavor mevalarni to’g’ri muzlatish
Muzlatilgan rezavor mevalar kompotlar, smuzilar tayyorlash va piroglarga solishga juda yaxhidir. Shuningdek ularni shunchaki o’zini iste’mol qilish ham mumkin. Barcha rezavor mevalarni bir xil usulda muzlatishadi:
- avval mevalarni yavib, yaxshilab quritiladi;
- so’ng patnis yoki taxtakachga bir qavat qilib terib chiqiladi;
- bir necha soatga muzlatgichga olib qo’yamiz;
- muzlagan mevalarni yelim qog’oz yoki konteynerga solib, muzxonaga solib qo’yamiz;
- ularni sovutgichda yoki xona haroratida eritib olamiz;
- eritilgan mevalarni yana muzlatib qo’yish tavsiya qilinmaydi;
- muzlatilgan mevalarni pishiriqlarga solmoqchi bo’lsangiz, unda ularni eritmang, shunchaki shakarga botirib, pishiriqqa qo’shing.
Sabzavotlarni to’g’ri muzlatish
Qishda taomlarga xohlagan sabzavotlaringizdan solishni istasangiz, unda ularni quyidagicha muzlatib qo’ying:
- sabzini po’stini archib, to’rtburchak to’g’rab yoki qirg’ichdan chiqarib, paketga soling va muzlatgichga olib qo’ying;
- qizil lavlagini ham xuddi shunday tayyorlang;
- qovoqchani ham xuddi shunday tayyorlashadi;
- bulg’or qalampirini ikki xil usulda tayyorlashadi. Sho’rva va quyuq taomlarga solish uchun, uni mayda to’g’rang va yelim qog’ozchalarga solib chiqing. Do’lmalar tayyorlash uchun muzlatmoqchi bo’lsangiz, unda uni dumchasi va urug’chalaridan tozalab, butunligicha muzlating;
- qovoqni tozlaba, mayda to’g’rash, so’ng paketchalarga solib, muzlatish kerak bo’ladi;
- pomidorni blenderda maydalab, so’ng paketchalarga solib muzlating;
Shunday sabzavootlar borki muzlatishda ular ta’mi va ko’rinishini yo’qotadi. Bular:
- bodring;
- rediska;
- piyoz;
- salat bargi;
- sarimsoqpiyoz;
- artoshka.
Mevalarni to’g’ri muzlatish
Qish faslida sotiladigan mevalar hozirgidek mazali emas. Shu sabab ham ularni muzlatish foydadan holi bo’lmaydi.
- olma va nokni to’rtburchak qilib to’g’rab, qoraymasligi uchun ustidan qoraymasligi uchun limon sharbati sepiladi, so’ng konteynerlarga solib muzlatiladi;
- olxo’rini butunligicha muuzlatish mumkin;
- o’rikni ikkiga bo’lib, danagidan ajratish so’ng patnisga terib muzlatib, undan so’nggina konteynerga solish kerak;
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!