Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Happy Motley Cows quyultirilgan suti
Bugun sizlarga yangi mahsulot, Ukrainada ishlab chiqarilgan Happy Motley Cows quyultirilgan suti haqida ma’lumot beramiz.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Mahsulot notanish nomlanishi va ustidagi ishtahaochar keks bo’lakchasi bilan bizning e’tiborimizni o’ziga qaratdi. Bu yangicha mahsulotni albatta nazardan chetda qoldirmadik va undan xarid qildik.
Bu ustida keks rasmi tasvirlangan quyultirilgan sutni nonga surtib ham, shunchaki o’zini ta’tib ko’rganda ham ta’mi juda yoqdi. Uning shirin, xushbo’y ta’mi avvalgi, bolaligimizda iste’mol qilgan quyultirilgan sutga o’xshab ketadi.
Qadog’i
Quyultirilgan sut plastik paketda, ochib-yopiladigan qulay qopqoqchali bo’lib, bunday o’ram «doy-pak» deb atalar ekan. Quyultirilgan sutni ochish oson, yopilganda ham qopqog’i mustahkam, ichidagi sut oqib ketmaydi.
Mahsulotning dizayni ham juda yoqdi, ha aytgancha uning orqa tomonida matn bo’lib, unda kerakli ma’lumotlar keltirilgan.
Ta’mi
Quyultirilgan sut och-sariq rangda, unchalik quyuq emas. Uning shirinligi me’yorida va undan ortiqcha kimyoviy hidlar anqib turmaydi. Eng muhimi esa, hozirda quultirilgan sutlardan quruq sut ta’mi kelib turadi, bu mahsulotda esa bunday holni uchratmadik.
Bu mahsulotni choy va qahvaga solish, har xil pishiriqlar, hatto mevali salatlarga solish ham mumkin.
Tarkibi
Uning tarkibi a’lo darajada: sigir suti, sutli shakar va oddiy shakar. Hech qanday ortiqcha qo’shimchalarsiz.
100 gramm mahsulotning energetik quvvati: 338.5 kKal bo’lib, 7.5 grammini oqsillar, 8.2 grammini yog’lar, 58.3 grammini uglevodlar tashkil qiladi.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin
Happy Motley Cows quyultirilgan sutini bizlar Makro supermarketidan 4 190 so’mga xarid qildik.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.