Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Svalyadan «Parnidzio» pishlog’i
Litvada ishlab chiqarilgan «Svalya» pishlog’i anchadan beri o’zining sifati va mazasi bilan xaridorlarning ko’nglidan joy olib ulgurgan. Bugun shu kompaniyada ishlab chiqarilgan Parnidzio qattiq pishlog’i haqida gapiramiz.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Bizlar yangi mahsulotlarni ta’tib ko’rishdan charchamaymiz. «Svalya» pishlog’lari bizlarga juda yoqadi, ammo Parnidzio pishlog’ini hali tatib ko’rmagan edik. Parmezan pishlog’iga o’xshab ketuvchi bu pishloqdan xarid qildik va taassurotlarimiz bilan hoziroq bo’lishamiz.
Bu pishloq qattiq, sal sho’rroq, mazali va har xil taomlar tayyorlashga juda qo’l keladi. Agarda siz ham pishloqni sevib iste’mol qilsangiz, unda albatta Parnidzio pishlog’idan ta’tib ko’ring.
Qadog’i
Qadog’i to’q ranglarda bo’lib, diqqatni darrov o’ziga tortadi. Nomlanishi esa Litvadagi Parnidzio maskani nomiga atab qo’yilgan.
Mahsulotning og’irligi 200 grammni tashkil etadi.
Ta’mi
Parnidzio – qattiq pishlog’ining yog’ligi 38% ni tashkil qiladi. U ishtahaochar sariq rangda, quruq va uni 6 oygacha saqlash mumkin. Bu esa pishloqlar uchun muhim sifat bo’lib, pishloq qanchalik uzoq tursa, shunchalik mazali bo’ladi.
U qaymoqli ta’mda bo’lib, birozgina sho’rroq. Salat va taomlarga ishlatishga yaxshi.
Tarkibi
Bizga uning tarkibi ham juda yoqib tushdi: sut, iste’mol tuzi, achitqi va sut-koagulyatsion ferment preparati.
100 gramm mahsulotning energetik quvvati: 370 kKal bo’lib, 31 grammini oqsillar, 25 grammini yog’lar, 0.1 grammini uglevodlar tashkil qiladi.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
Korzinka.uz ular quyidagi narxda turadi:
- 200 gramm qadog’li pishloq 21 990 so’m;
- kiloli Parnidzio pishlog’i esa 105 990 so’m turadi.