Oy uchun foydali mahsulotlar: Avgust
Mana yozning oxirgi oyi ham kirib keldi. Bizlar esa har doimgidek oy uchun foydali mahsulotlar haqida gapirib beramiz.
Qizil bulg’or qalampiri
Xushbo’y va juda mazali qizil bulg’or qalampirlarining mavsumi ham boshlandi. Bu sabzavotni salatlarga, suyuq va quyuq taomlarga solish, ulardan qishga har xil yeguliklar tayyorlab qo’yish mumkin. Bulg’or qalampiri, birinchi navbatda likopin moddasini va antioksidantlarni ko’p miqdorda saqlashi bilan foydali bo’lsa, C guruh vitamini o’zida saqlashi jihatidan barcha meva-yu sabzavotlardanda ustun turar ekan. Qizil bulg’or qalampiri qon tomirlari, ko’rish qobilyati, ovqat hazm qilishni yaxshilab, aterosklerozga qarshi kurashadi.
Agarda siz oshqozon yarasi, ishemiya, yuqori qon bosimi yoki ovqat hazm qilish muammolaridan aziyat cheksangiz unda qizil bulg’or qalampiridan ehtiyot bo’lib iste’mol qiling.
Qizil bulg’or qalampirining 100 grammi 27 kKalni tashkil qilib, ulardan 1.3 grammini oqsillar, 0 gramm yog’lar, 5.3 grammini uglevodlar tashkil qiladi.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin:
- Korzinka.uz supermarketlaridan qizil bulg’or qalampiri (Kaliforniya)ni kilosini 20 390 so’mga;
- Arba.uz internet do’konidan ularning kilosini 4 390 dan 4 890 so’mgacha xarid qilishingiz mumkin;
- Qo’yliq bozorida 2 000 dan 4 000 so’mgach qizil bulg’or qalampirining kilosi turadi;
- Bo’z bozorda esa uning kilosi 5 000 so’m turadi.
Makkajo’xori
Yumshoqqina pishgan makkajo’xorilarsiz hech bir yozni tasavvur qila olmaymiz, albatta. U nafaqat mazali, balki juda foydali hamdir. U o’zida ko’p miqdorda В1 va ko’plab boshqa vitaminlarni saqlab, ular stressga qarshi kurashishda yordamlashib, yaxshi kayfiyatni ta’minlaydi, tomirlarni mustahkamlab, qonning tarkibini yaxshilaydi. Makkajo’xoridagi E vitamini esa yoshlikni uzoq vaqtgacha saqlab qoladi. Makkajo’xori juda to’yimliligiga qaramasdan, kam kaloriyani o’zida saqlaydi. Shunday ekan u parhez tutuvchilar uchun ajoyib mahsulot sanaladi.
Oshqozon yarasidan aziyat chekuvchilar bu mahsulotni me’yoridan ko’p iste’mol qilishlari mumkin emas.
Qaynatilgan makkajo’xorining ozuqaviy qiymati 123 kKalni tashkil qilib, ulardan, 4.1 grammi oqsillar, 2.3 grammi yog’lar, 22.5 grammini esa uglevodlar tashkil qiladi.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin:
- Korzinka.uz supermarketlaridan jo’xorining donasini 1 500 so’mga xarid qilish mumkin.
- Arba.uz internet do’konida xom jo’xorining donasi 2 690 so’m; qaynatilgani esa 3 490 so’m turadi;
- Qo’yliq bozorida xom jo’xori va qaynatilgani esa 1 000 so’mdan 5 000 so’mgacha turadi;
- Bo’z bozorda xom jo’xori 1 000 dan 1 5000 so’mgacha; qaynatilgani esa – 2 000 dan 2 500 so’mgacha turadi .
Maymunjon
Maymunjonlar mavsumi uncha uzoq muddat davom etmasligi uchun ham undan to’yib iste’mol qilishga ulguring. To’q rangli mevalar antioksidantlarga boy bo’lib, stressdan himoyalaydi, immunitet va asab tizimini mustahkamlab, qon tarkibini yaxshilaydi. Maymunjon o’zida ko’pgina temi va kaliy moddalarini, E va P guruh vitaminlarini saqlaydi. U ovqat hazm qilish tizimini yaxshilaydi va o’t pufagi kasalliklarida yordam beradi. Aytgancha, maymunjonni qandli diabetga chalinganlara ham iste’mol qilish tavsiya qilinadi. и калия, витаминов Е и Р.
Oshqozon yarasi va allergiyadan aziyat chekuvchilar maymunjondan ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilishlari kerak.
Maymunjonning 100 grammi atigi 35 kKal ni tashkil qilib, 0.7 grammini oqsillar, 0.4 grammini yog’lar, 7.5 grammini uglevodlar tashkil qiladi.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin:
- Kadisheva bozoridan maymunjonning kilosini 12 000 dan 15 000 so’mga;
- Bo’z bozordan esa uning kilosini 12 000 so’mga xarid qilish mumkin.
- Qo’yliq bozoridan 10 000 dan 15 000 so’mgacha xarid qilishingiz mumkin.
Qovun
Hech bir yoz xushbo’y qovunlarsiz o’tmasa kerak, to’g’rimi? Qovun o’zida ko’pgina vitamin va minerallarni saqlab, immunitetni mustahkamlab, shamollashga qarshi kurashadi. U buyraklar faoliyati uchun ham foydali bo’lib, uyqusizlik va stressda yordam beradi.
Qovunni qandli diabetda, oshqozon yarasi va hazm qilish tizimining buzilishida iste’mol qilish yaramaydi. Qovunning qiyin hazm bo’lishi sabab ham uni och qoringa ba sutli mahsulotlar bilan aralashtirib iste’mol qilish yaramaydi.
Qovunning 100 grammi 33 kKal ni tashkil qilib, 0.6 grammini oqsillar, 0.3 grammini yog’lar va 7.4 grammini uglevodlar tashkil qiladi.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin:
- Korzinka.uz supermarketida qovunning donasi 5 990 so’m;
- Arba.uz supermarketida esa 6 390 dan 10 790 so’mga;
- Kadisheva bozoridan esa so’mga;
- Bo’z bozoridan 6 000 dan 15 000 so’mgacha xarid qilish mumkin.
Tarvuz
Qovun shirinmi yoki tarvuz degan savol to’g’risida ko’pchilik bahslashib kelishadi? Bizlar esa yoz faslida bu ikkala mahsulotdan to’yib iste’mol qilish fikridamiz, chunki ular shunchalik mazaliki! Tarvuz insonni tetiklashtirib, metobolizm jarayonini normallashtiradi, organizmni shlaklardan tozalab, qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi.
Faqat allergiyasi borlar tarvuzdan iste’mol qilishlari mumkin emas.
Tarvuzning 100 grammi 25 kKalni tashkil qilib, 0.6 grammini oqsillar, 0.1 grammini yog’lar, 5.8 grammini uglevodlar tashkil qiladi.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin:
- Korzinka.uz supermarketlaridan donasini 11 990 so’mga;
- Arba.uz internet do’konidan 11 290 so’mga;
- Bo’z bozordan esa 8 000 dan 15 000 so’mgacha xarid qilish mumkin.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.