Anjir to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar
Anjir mavsumi ham boshlandi. Ularni bozorda ko’rib, ko’rmaslikka olib o’tishning iloji yo’q. Bu mazali mevaning foydali xususiyatlari, to’g’ri tanlash va saqlash, undan nimalar tayyorlash mumkin hoziroq gapirib o’tamiz.
Anjirning foydali xususiyatlari
Yoz faslida bozor rastalarini rangorang anjirlarsiz tasavvur qilish qiyin. Shirin, xushbo’y va qasildoq mayda danakchali bu mevani hamma ham sevib iste’mol qilmaydi. Ammo anir juda foydali bo’lib, u quyidagilarda yordam beradi:
- viruslarga qarshi kurashadi va haroratni tushiradi;
- kaliy miqdorining ko’pligi sabab, yurak va qon-tomir tizimini mustahkamlaydi;
- qon tarkibini yaxshilaydi;
- kalsiy va magniynni o’zida saqlashi sabab ham, u kayfiyatni ko’taradi va bosh og’rig’ini qoldiradi;
- o’t haydash xususiyati sabab ham, buyraklar faoliyatini yaxshilaydi;
- ovqat hazm qilish faoliyatini normallashtiradi;
- bosh miya faoliyatini yaxshilaydi.
Bundan tashqari anjir juda to’yimli meva hisoblanadi.
Anjirning salbiy xususiyatllari
Ammo anjirning ham iste’mol qilish mumkin bo’lgan holatlar bor. Uni qandli diabetga chalinganlarga iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi. Chunki anjir o’zida ko’p shakar miqdorini saqlaydi. Yaxshi pishgan anjirning hatto 70% ini shakar tashkil etadi.
Anjirni zaharlanganda va oshqozon faoliyati buzilganda ham yeyish tavsiya qilinmaydi.
Quritilgan anjir foydalimi
Anjir mavsumi tugaganda, bozor rastalarida quritilgan anjirlar sotuvga qo’yiladi. Quritilgan anjir ham xuddi yangi uzilganidek foydali, vitamin va minerallarga boy.
Ammo quritilgan anjirda shakar va kaloriya miqdori oshadi. Taqqoslang:
- 100 gramm yangi uzilgan anjirning energetik qiymati 49 kKal bo’lib, 0.7 гgrammini oqsillar, 0.2 grammini yog’lar va 13.7 grammini uglevodlar tashkil qiladi;
- 100 gramm quritilgan anjirning energetik qiymati esa 256 kKal bo’lib, 3.1 grammini oqsillar, 0.8 grammini yog’lar va 57.9 grammini uglevodlar tashkil qiladi.
Biron kasallikdan so’ng holsizlanib qolgan bemorlarga aynan quritilgan anjirdan iste’mol qilish tavsiya qilinadi, chunki u organizmni kerakli vitamin va minerallar bilan boyitadi. Agarda siz qomatingiz haqida qayg’ursangiz unda yangi uzilgan anjirlardan iste’mol qilavering.
Bir kunda nechtagacha anjir yeyish mumkin
Anjirni bir kunda bir dona iste’mol qilish orqali organizm barcha kerakli vitamin va minerallarni qabul qiladi.
Аgar sizning ovqat hazm qilish tizimingiz nozik bo’lsa, unda bir kunda 1-2 donadan ortiq anjir iste’mol qilmang.
Anjirni to’g’ri tanlash va saqlash
Pishgan anjir yumshoq bo’lishi kerak degani emas. Pishgan meva – mustahkam, butun va tarang ko’rinishda bo’lishi shart. Uni hidlab ko’ring, u xushbo’y bo’lishi kerak. Undan taralayotgan nordon hid uning pishib ketib, aynishni boshlayotganidan darak beradi.
Anjir juda tez ayniydi. Shu sabab ham uni sovutgichda 3 sutkagacha saqlash va iloji bo’lsa tezroq iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Agarda siz anjirdan ko’p sotib olgan bo’lsangiz-u, uni yeyishga ko’zingiz yetmasa unda undan murabbo, pirog yoki shirinlik tayyorlang.
Anjirni to’g’ri muzlatish
Muzlatilgan anjir ham o’zida barcha vitaminlarni saqlab qoladi. Anjirni butunligicha yoki bo’laklarga bo’lib, muzlatib qo’yish mumkin. Muzlatilgan anjirlar muzxonada 1 yilgacha saqlaniladi.
Pazandachilikda anjirning ahamiyati
Pazandachilikda anjirdan nafaqat shirinliklar tayyorlashadi, balki ularni o’zini to’g’rab ham iste’mol qilishadi. Anjirni quyidagilar bilan birga tortishingiz mumkin:
- smetana bilan;
- qaymoq bilan;
So’ng ustidan sevimli yong’oqlaringizdan sepib iste’mol qilib ko’ring.
Подписывайтесь на наш телеграм канал, будьте в курсе новых материалов!
2 Sharhlar Hide Comments
Izohingizni yozib qoldiring
Izoh qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.
Assalomu alaykum hamma ma`lumotlar uchun rahmat menga sahifangiz judayam yoqadi foydali va mazali pishiriqlar. Men doim tayyorlab ko`rishga harakat qilaman
E’tiboringiz uchun sizga ham rahmat!