Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: «Lanselot» pishlog’i
Agarda siz xuddi bizlardek pishloqnni sevib iste’mol qilsangiz, unda eritilgan sariyog’ hidli «Lanselot» pishlog’i sizda ham qiziqish uyg’otishi aniq.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Bizlar har qanday ko’rinishdagi pishloqlarni sevib iste’mol qilamiz. Pishloqdan har xil salatlar, pishiriqlar va hatto taomlar ham tayyorlaymiz. Shu sababli ham bizlar juda sinchkovlik bilan pishloqlarni tanlaymiz. Biz tanlagan pishloq bizlarning standartlarga javob berishi shart. Yaqindagina nazarimiz Belorusiyada ishlab chiqarilgan 45 % li «Lanselot» pishloqlariga ko’zimiz tushdi. U bizlarning taomlarimizning haqiqiy asoschisi bo’ladimi yo’qmi, tekshirish maqsadida undan xarid qildik.
Odatda bizlar pishloq xarid qilayotganda, pishirishda uning qanday erishi haqida qiziqamiz. «Lanselot» pishlog’ini esa pisiriqda ishlatib ko’rishga ulgurmadik, chunki uning mazaliligidan bir pastda qanday tugaganini payqamay qoldik ham.
Qadog’i
Pishloq gaz massasi bilan qoplangan, u oziq-ovqatlarning oksidlanishiga yoki buzilishiga yo’l qo’ymaydi. Gaz muhiti oziq-ovqatning o’ziga ta’sir qilmaydi.
Paket qora rangdagi o’ramda qadoqlanilgan. Uning o’rtasida pishloqni ko’rishingiz mumkin «tirqish» bor. Pishloq, bir butun, kesilmagan.
Pishloqning og’irligi 200 gramm.
Ta’mi
Avvalambor pishloqning bir bo’lagini kesib, ta’tib ko’ramiz. Agarda kesayotganda pishloq uvalanib ketsa, demak u sifatli emas. Ammo «Lanselot» pishlog’i uvalanib ketmadi, unda yoriqlar mavjud emas, yaxsi egiluvchan. Rangi ham yoqimli oq-sarg’ish rangda.
Sifatli pishloq tishlarga yopishmasligi kerak. «Lanselot» ham aynan shunday pishloqlardan ekan. Tishlarga yopishib qolmaydi, undan noxush yog’li ta’m kelmaydi. Pishloq qaymoqli ta’mda, biroz sho’rroq. Ziravorlari ham me’yorida.
Tarkibi
Pasterizatsiya qilingan sigir suti, tuz, bacterial achitqi, mezofil sut kislota bakteriyasi, tabiiy sut shirdoni, «Lizotzim» tabiiy fermenti, oziq-ovqat qo’shimchalari: konservant – natriy nitrat yoki kaliy, tabiiy «Annato» bo’yoqlari, «‘Eritilgan sut» xushbo’y moddasi.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 312 kKal bo’lib, 23.4 grammi oqsillar, 24.3 grammi yog’lar va 0 gramm uglevodlar.
Qayerdan qancha narxga xariq qilish mumkin
«Lanselot» pishlog’ini Korzinka.uz supermarketlaridan bitta qadog’ini 18 990 so’mga xarid qilish mumkin (200 gramm).