Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Epica tabiiy yogurti
Bugun sizlarga Rossiyaning Ehrmann savdo belgisi ostida ishlab chiqarilgan shakarsiz Epica yogurtlari haqida gapirib bermoqchimiz.
Taassurotlarimiz bilan o’rtoqlashamiz
Savdo peshtaxtalaridagi, mevali boshqa yogurtlardan o’zining oddiy ko’rinishi bilan ajralib turadigan, oq rangli idishdagi, ustida Epica yozuvi bo’lgan bu yogurtning narxi o’zimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga nisbatan qimmatroq bo’lib, ammo ta’mi narxini to’liq oqlaydi. Bizlar undan bir dona sotib olganimiz bois, keyinroq rosa pushaymon bo’ldik.
Hammasi haqida batafsil gapirib o’tamiz.
Qadog’i
Yuqorida aytib o’tganimizdekmahsulot oq qadoqlarda bo’lib, plastik qopqoq bilan yopilgan va uni ochib-yopish umuman qiyinchilik tug’dirmaydi.
Mahsulotning hajmi 290 millilitrni tashkil qiladi.
Ta’mi
Eng qiziq joyiga o’tamiz! Bu yogurt yetarlicha quyuq va silliq ko’rinishda. Rangi yoqimli oq-kremsimon rangda. Yogurt mayinligi sabab tezda ichish mumkin. Unga shakar qo’shilmaganligi sabab ham ta’mi ozgina nordonroq bo’lib, yaxshi tetiklashtiradi.
Bu mahsulot yaxshi ichimlik bo’lib, oqsil miqdorining ko’pligi sabab u to’yimli va ozuqlantiruvchidir. U har xil smuzi va granolalar tayyorlash mumkin. Bundan tashqari salatlarga mayonez o’rniga bu foydali mahsulotdan solsak, xato qilmagan bo’lamiz.
Tarkibi
Uning tarkibi haqatatdan ham bizlarni quvontirdi:yog’sizlantirilgan sut, qaymoq, sutli oqsillar va yogurt achitqisi.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 65 kKal bo’lib, 5.3 grammi oqsillar, 2.9 grammi yog’lar va 4 grammi uglevodlardir.
Qayerdan qancha narxda sotib olish mumkin
Epica tabiiy yogurtini bizlar Makro supermarketidan donasini 10 790 so’mga xarid qildik.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.