Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Nestledan Extreme Intriga muzqaymog’i
Bizlar yangi muzqaymoqlarni ta’tib ko’rishda davom etamiz. Siz hali Extreme Intriga muzqaymog’idan hali ta’tib ko’rmagan bo’lsangiz, unda shoshiling. Nimaga? Hoziroq bilib oling.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Epica Bouqet yogurtlari haqida gapirib o’tgandik, esingizdami? U o’zining noodatiy ta’mi bilan bizni hayron qoldiruvdi. Bu muzqaymoqlar bilan ham xuddi shunday sodir bo’ldi. Lavanda, malina va banan, qaymoq va qulupnay, bizlar unga befarq bo’la olmadik!
Agarda siz ham xuddi bizdek yangicha mahsulotlarni ta
Qadog’i
Muzqaymoqlar konussimon, folgali qog’ozlarda qadoqlanilgan bo’lib, usti plastmassa rangsiz qopqoq bilan yopilgan bo’lib, undan muzqaymoqning holati ko’riinib turadi.
- «Malina va banan» Extreme Intriga muzqaymog’i 78 gramm;
- «Chizkeyk va lavanda» Extreme Intriga esa 19 gramm;
- «Qaymoq va qulupnay» muzqaymog’i esa 77 grammni tashkil etadi.
Ta’mi
Extreme Intriga «Malina va banan»
Muzqaymoq banan va malinadan tashkil topgan bo’lib, malinali qismi xushbo’y, shirin, og’izda sekin erishi bilan eskimodan farq qiladi. Banali plombir esa sal boshqacharoq bo’lib, u tishlaganda og’izda tezroq eriydi. Muzqaymoqlarning barchasining vaflisi ichi shokoladli glazur bilan qoplaangan bo’lib, shirinligi me’yorida, juda mazali ekan.
Extreme Intriga «Chizkeyk va lavanda»
Bu muzqaymoqning ko’rinishini o’ziyoq ishtahani ochishi aniq: shokoladli vafli, och binafsharang va sariq rangli plombir va maydalangan pechenyelar qo’shilga bu muzqaymoq ishtahamizni qitiqladi va uni ochib, darhol ta’tib ko’rdik. Avvalambor sariq rangli plombirdan tishladik, haqiqiy tvorogli chizkeykning ta’mi shundoqqina bilinib turardi.
Lavandali qismi ham mazali ta’mda, lavanda isi bilan to’yintirilgan bo’lib, ustidan maymunjonli qiyom quyilgan. Bu uchala ta’m yig’indisi, esa tabbiyki, juda mazali uyg’unlikni tashkil qilgan.
Extreme Intriga «Qulupnay va qaymoq»
Yoqimli oq-pushti rang, qulupnayli qayla va albatta qarsildoq vafli uyg’unligidagi muzqaymoq barchaga birdk yoqishi aniq. Plombir qaymoqli ta’mda, qulupnayli qismi esa, shu mevadan tayyolanilgan yengil pyureni eslatadi. Uning tarkibida kimyoviy yoki zararli moddalarning qo’shilmagannligi bizlarni juda quvontirdi.
Tarkibi
Extreme Intriga «Malina va banan»
Suv, vafli (un, shakar, kartoshkali kraxmal, emulgator (soya letsitini), glyukoza, kakos yog’i), patoka, shakar, glazur(o’simlik yog’i – kakos, soya va palma, shakar, kakao kukuni, quruq sut zardobi, soya letsitini, vanilin), malinali qayla (suv, glyukoza-fruktozali qiyom, shakar, malinali pyure, stablizatorlar (pektin), limon kislotasi, bo’yoqlar (antosianlar), tabiiy xushbo’ylantiruvchi (malina), qo’shimchalar(kaliy sorbat)), sariyog’, quruq sut zardobi, malinali pyure, palma va kakos yog’i, tabiiy bo’yoqlar (qizil lavlagi) va limon kislotasi.
100 gramm mahsulotning energeti quvvati: 230 kKal bo’lib, 2.1 gramm oqsillar, 8.5 gramm yog’lar, 35 grammini uglevodlar tashkil qiladi.
1 donasining energetik qiymati (78 gramm): 179 kKal, 1.7 gramm oqsillar, 6.6 gramm yog’lar, 27 gramm uglevodlar.
Extreme Intriga «Chizkeyk va lavanda»
Suv, sut, vafli (un, shakar, kartoshkali kraxmal, emulgator (soya letsitini), glyukoza, kakos yog’i), patoka, shakar, glazur(o’simlik yog’i – kakos, soya va palma, shakar, kakao kukuni, quruq sut zardobi, soya letsitini, vanilin), malinali qayla (suv, glyukoza-fruktozali qiyom, shakar, malinali pyure, stablizatorlar (pektin), limon kislotasi, bo’yoqlar (antosianlar), tabiiy xushbo’ylantiruvchi (lavanda), qo’shimchalar(kaliy sorbat)), sariyog’, quruq sut zardobi, palma va kakos yog’i, lavanda ekstrakti (0,04 %), tabiiy bo’yoqlar va limon kislotasi.
100 gramm mahsulotning energeti quvvati: 229 kKal bo’lib, 2.3 gramm oqsillar, 8.6 gramm yog’lar, 34 grammini uglevodlar tashkil qiladi.
1 donasining energetik qiymati (79 gramm): 181 kKal, 1.8 gramm oqsillar, 6.8 gramm yog’lar, 27 gramm uglevodlar.
Extreme Intriga «Qulupnay va qaymoqli»
Suv, vafli (un, shakar, kartoshkali kraxmal, emulgator (soya letsitini), glyukoza, kakos yog’i), patoka, shakar, glazur(o’simlik yog’i – kakos, soya va palma, shakar, kakao kukuni, quruq sut zardobi, soya letsitini, vanilin), malinali qayla (suv, glyukoza-fruktozali qiyom, shakar, malinali pyure, stablizatorlar (pektin), limon kislotasi, bo’yoqlar (antosianlar), tabiiy xushbo’ylantiruvchi (qulupnay), qo’shimchalar(kaliy sorbat)), sariyog’, quruq sut zardobi, qaymoq, qulupnayli pyure, palma va kakos yog’i, tabiiy bo’yoqlar va limon kislotasi.
100 gramm mahsulotning energeti quvvati: 259 kKal bo’lib, 2.9 gramm oqsillar, 11 gramm yog’lar, 36 grammini uglevodlar tashkil qiladi.
1 donasining energetik qiymati (77 gramm): 189 kKal, 2.1gramm oqsillar, 7.9 gramm yog’lar, 27 gramm uglevodlar.
Qayerdan qancha narxda xarid qilish mumkin
Extreme Intriga muzqaymoqlarini Korzinka.uz supermarketlaridan 11 990 so’mdan donasini xarid qilish mumkin.
*Korzinka.uz supermarketiga suratga tushirishga ko’maklashganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz!
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.