Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Ehrmann Granddan sutli koktellar
Bugun sizlarga Ehrmanndan ishlab chiqarilgan quyidagi mahsulotlar haqida gapirib beramiz: plombir ta’mli, kapuchino va mokkachino sutli kokellar.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Ehrmann brendi o’zining yangi desertlari va yogurtlari bilan bizlarni xursand qilib kelmoqda. Shu sabab ham unda ishlab chiqarilgan sutli koktellarni ta’tib ko’rmasdan qolmadik. Yorqin ko’rinishli bu mahsulotning qaysi birini tanlashni ko’p o’yladik va oxiri 3 xilidan olishga qaror qildik.
Uch xil ta’mlisi bo’lib, ular – «Vanilli plombir», «Kapuchino», «Mokkachino» – juda ham to’yintirilgan ta’mli. Qahva, shokolad va qaymoqli muzqaymoqli ta’mdagi bu koktellar haqiqatdan ham yoqimli ta’mga ega. Agarda siz bolalikka qaytishni istasangiz, unda albatta «Vanilli plombir» ni, agarda qahvani yoqtirsangiz, unda «Kapuchino» yoki «Mokkacho»lisidan ichib ko’ring.
Qadog’i
Uchala koktellar ham ochish va yopish qulay bo’lgan qopqoqchali plastik idishli butilkachalarda qadoqlanilgan. Ular chiroyli yorlig’i bilan ko’xga tashlanadi: Grand Cocktail pushti angda bo’lsa, Grand Cafe – och jigarrang ranglarda tasvirlanilgan.
Bitta idishdagi mahsulot 260 grammni tashkil qiladi.
Ta’mi
Ehrmann Grand Cocktail «Vanilli plombir»
Butilkani ochganingizda darhol plombir muzqaymog’ining xushbo’y hidi taraladi. Shunda darrov ta’tib ko’rging kladi, muzqaymoqlimi yoki koktel ta’mdami deb. O’xshash! Haqiqatdan ham uning ta’mi, avvalari bizlar iste’mol qilgan haqiqiy plombirli muzqaymoqqa o’xshab ketadi.
Koktel sutdan ko’ra quyuqroq, shakari ham me’yorida.
Ehrmann Grand Cafe «Kapuchino»
Keyingi ikkita koktellarimiz qahvani yoqtiruvchilar uchun! Koktel qahvali ta’mda bo’lib, shirinligi me’yorida. Jazirama issiq kunlarda chanqoqni yaxshi qondiradi.
Ehrmann Grand Cafe «Mokkachino»
«Mokkachino» shokoladli rangda bo’lib, qahva va qaymoqli ta’mga ega.
Asosiysi, uni iste’mol qilishdan oldin uni sobutish va yaxshilab aralashtirib keyin ichish kerak.
Tarkibi
Ehrmann Grand Cocktail «Vanilli plombir»
Yog’sizlantirilgan sut, qaymoq, shakar, quruq sut, quruq glyukozali qiyom, quruq sut zardobi, emulgator, dekstroza, stablizator, aromatizator.
100 gramm mahsulotning energetik quvvati: 110 kKal bo’lib, 2.8 gramm oqsillar, 4 gramm yog’lar, 14.2 gramm uglevodlar.
Ehrmann Grand Cafe «Kapuchino»
Yog’sizlantirilgan sut, suv, qaymoq, shakar, «Kapuchino» qahvali to’ldirgichi, natriy fosfat, stablizator, kakao kukuni, karraginan.
100 gramm mahsulotning energetik quvvati: 65 kKal, 2.3 gramm oqsillar, 2.6 gramm yog’lar, 8.6 gramm uglevodlar.
Ehrmann Grand Cafe «Mokkachino»
Yog’sizlantirilgan sut, suv, qaymoq, shakar, «Kapuchino» qahvali to’ldirgichi, tabiiy qahva ekstrakti, natriy fosfat, stablizator, kakao kukuni, karraginan.
100 gramm mahsulotning energetik quvvati: 70 kKal, 2.4 gramm oqsillar, 2.6 gramm yog’lar, 9.4 gramm uglevodlar.
Ehrmann Grand koktellarini Korzinka.uz tarmog’idagi supermarketlaridan 10 790 so’mdan xarid qilishingiz mumkin.
*Narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
1 Sharhlar Hide Comments
Izohingizni yozib qoldiring
Izoh qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.
NIMA UCHUN XAMMA MAXSULOT FAQAT RUS TILIDA? QONUNDA SHUNAQA BOLSA, NEGA CHETTAN KELGAT MOLLARGA OZBEK TILIDA TARJIMA TALAB QILINADI?