Pazandachilik asoslari: Konfityur va jele
Bugun sizlarga mevalardan qishda tayyorlaniladigan shirinliklarga bag’ishlangan maqolamizning oxirgi qismini taqdim etamiz.
Bundan oldingi maqolalarda murabbo, povidlo va jemni qanday tayyorlash mumkinligi haqida gapirib o’tgan edik.
Konfityur
Konfityur bu jemning yaqin «qarindoshi» bo’lib, ularning bir-biridan quyidagicha farqlari bor:
- konfityur ko’proq quyuqroq va jelega o’xshab ketadi;
- unga pektin, jelatin yoki agar-agardan solishadi;
- jemga nisbatan u tezroq qaynatiladi.
Konfityurni maydalangan yoki butun mevalardan tayyorlashadi. Konfityur nonga surtib yeyishga, tort va pishiriqlarni bezatishda ishlatiladi.
Nimalardan tayyorlashadi
Odatda konfityurni o’zida pektin moddasini saqlovchi mevalardan tayyorlashadi. Biz oldin aytib o’tganimizdek, bu olmalar, behi, krijovnik, qorag’at va olxo’ridir. Bunday mevalardan trayyorlaniladigan konfityurga pektin kukunini qo’shish shart emas. Lekin siz kivi yoki olchadan kopnfityur tayyorlamoqchi bo’lsangiz, unda u holda jelatin solmasdan boshqa iloj yo’q.
To’g’ri qaynatish
Ba’zi bir nozik jihatlarini bilib olsangiz, unda u holda konfityurni pishirish umuman qiyinchilik tug’dirmaydi:
- mevaning shirinligiga qarab, 1 kilo mevaga 600 grammmdan 1 kilogacha shakar kerak bo’ladi;
- 1 kilo mevaga 2 gramm limon kislotasi solinadi. Limon kislotasaini 1 choy qoshiq uzum sirkasiga almashtirsa ham bo’ladi;
- pektin, agar-agar yoki jelatinni qaynatishning oxirida solinadi, bir marta qaynatib olinadi va sterillangan bankaga solinadi.
Qiyomni qaynatib olamiz
Avvalambor shakar va meva sharbatidan qiyom qaynatib olamiz. 1 kilo shakarga 1 stakan suyuqlik kerak bo’ladi. Suv yoki sharbatni qaynatib, shakarni solin va qaynating. tayyorligini tekshirish uchun qoshiqqa solib ag’daring. Agar oxirgi tomchisi uzun ipsimon bo’lib oqsa, demak qiyom tayyor.
Mevalarni solamiz
Endi uning ichiga meva yoki rezavor mevalarni solish mumkin. Mevalarnni yuvib maydaroq to’g’rang, agar yumshoq bo’lsa, pyure holiga keltiring. Qiyom ichiga mevalarni solib, qaynash darajasiga keltiring va baland olovda 10-15 daqiqa qaynatib oling.
Quyuqlashtirgichlar
Quyuqlashtiruvchilarning 3 xilini ham bir xil hajmda solamiz: 1 kilo mevaga 10 grammdan pektin, jelatin va agar-agarning birontasini solamiz.
Agarda pektin solsangiz, unda uni eng oxirida soling, olovni juda ham pasaytiring va 5 daqiqa qaynating.
Agarda siz jelatin bilan pishirmoqchi bo’lsangiz, uni avval sovuq suvga solib iviting (10 gramm jelatinga taxminan 50 millilitr suv kerak bo’ladi), konfityur tayyor bo’lgandan so’ng uni soling va 3 daqiqa qizdiring, lekin qaynatmang.
Agar-agarni esa iliq suv (taxminan 50 millilitr) suv bilan aralashtiring, aralashtirib eriting va konfityurga qo’shib, 3-5 daqiqa qaynatib oling.
Konfityurdan muzdek likopchaga tomizzak, u oqib ketmasa, demak tayyor bo’lgan hisoblanadi. Sovigandan so’ng esa, uni qimirlatib ko’ring, ustida burmalar hosil bo\lmasa, demak konfityurimiz tayyor!
Yaxshi sterillangan bankada uni 1 yil va undan oshiqroq saqlash mumkin.
Jele
Jeleni ham tayyorlab qo’yib, qishda bemalol iste’mol qilish mumkin. Jelening boshqa shirinliklardan farqi uni meva va rezavor mevalarning faqatgina sharbatidan tayyorlashadi. Masalan qizil maymunjon va krijovnikdan tayyorlaniladigan jelelarga jelatin solish shart emas: ularning sharbatida pektin moddasi yetarli darajada.
Nimalardan tayyorlaniladi
Konfityurga o’xshab, jeleni pektin moddasini o’zida saqlovchi mevalardan tayyorlashadi. Agar jeleni quyidagi mevalardan tayyorlamoqchi bo’lsangiz, unda jelatin yoki agar-agar solishingiz kerak:
- o’rik;
- shaftoli;
- olxo’ri;
- olcha yoki gilos;
- nok;
- qulupnay;
- malina.
To’g’ri qaynatish
Jele uzoq vaqt saqlanishi va aynimasligi uchun bir nechta qoidalarga amal qilish kerak bo’ladi:
- shakar: agarda siz jeleni jelatin yoki agar-agarsiz tayyorlamoqchi bo’lsangiz, unda shakarni eng kamida 700 gramm, bo’lmasam 800-900 grammgacha solish kerak bo’ladi. Agar quyuqlashtiruvchilardan solsangiz, unda shakar solmasangiz ham bo’ladi;
- suv: agarda siz quyuq sharbatlardan foydalansangiz, masalan, shaftolili, o’rikli, olxo’rili, u holda uni suv bilan aralashtiri olish kerak. Masalana 1 litr sharbatga 200-300 ml suv solish kerak bo’ladi;
- quyuqlashtirgichlar: 1 litr sharbatga 20 gramm agar-agar kerak bo’ladi. Jelatinni ikki xil usulda solish mumkin: agar jelengiz qaltiraydigan chiqishini xohlasangiz, unda 20 gramm, agar pichoq bilan kesadigan, sal qattiqroq bo’lishini istasangiz, unda 50-60 gramm jelatindan soling.
Quyuqlashtiruvchilarsiz jele tayyorlash
Demak, pektinga boy meva sharbatidan olamiz. Unga shakar solamiz (1 litr sharbatga 700 grammdan 1 kilogramgacha) va past olovga qo’yib qaynatamiz. Jele qoshiqdan ipdek cho’zilib oqsa, demak jele tayyor bo’lgan hisoblanadi.
Bunday usulning bitta minus tomoni mavjud bo’lib, qaynatilganda ko’pgina vitaminlari nobud bo’ladi.
Jelatinli jele
Biz aytib o’tganimizdek, 1 litr sharbatga 20 grammdan 60 grammgacha jelatin kerak bo’ladi. 350 millilitr sharbatga 20 gramm jelatin soling va 1 soatga qoldiring. So’ng olovga qo’ying va qizdiring, qaynab ketishidan saqlaning. So’ng qolgan sharbatga shakarni solib shakar eriguncha qaynating va jelatinli sharbat bilan aralashtirib, bankalarga solib yoping.
Agar-agarli jele
Jelatindan farqli o’laroq, agar-agar qaynatishni talab qiladi. Sharbatning yarmini qaynating va agar-agarni solib, yana qaynatib oling. So’ng shakarni soling. Qolgan sharbatni ham solib, 5 daqiqa qaynatib oling. Endi jeleni bankalarga solib yoping.
Tayyorligini tekshirish uchun likopchaga tomizing. Agar jele qotib qolsa, demak tayyor hisoblanadi.
Jele ham 1 yilgacha saqlanadi.
*Rasmlar internetdagi ochiq manbalardan olingan.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.