Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Bon Pari muzqaymoqlari
Bizni jazirama yoz kunlaridan faqatgina muzqaymoqlar qutqara oladi. Bugun bizlar Nestledan ishlab chiqarilgan «Bon Pari» bolalar muzqaymog’ini ta’tib ko’rishga qaror qildik va fikrimizni hoziroq bildirib o’tamiz.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Bizlar bugun «Bon Pari» muzqaymog’ining uch xil ta’mlisini ta’tib ko’rib, biroz bolalardek quvnadik ham: «Koshmariki», «Djangli» va «Portlovchi to’fon». «Джангли» muzqaymog’i asosini qandayligini taxmin qilish juda qiziq bo’ldi, karamellarning og’zingizda «portlash»i ajoyib bo’lar ekan. Agarda siz ham o’zingizni biroz bo’lsada bolalardek his qilmoqchi bo’lsangiz, unda mazali, noodatiy bu muzqaymoqdan ta’tib ko’ring.
«Bon Pari» bolalarga mo’ljallanilgan bo’lib, tarkibi faqatgina tabiiy mahsulotlardan tashkil topgan.
Qadog’i
Muzqaymoqlar standart folgali, ochilishi oson bo’lgan o’ramlarda qadoqlanilgan.
Muzqaymoqlarning og’irligi har xil:
- «Portlovchi to’fon» 60 grammni tashkil qiladi;
- «Koshmariki» 59 gramm;
- «Djangli» esa 45 grammni tashkil qiladi.
Ta’mi
Bu uchala muzqaymoq bir-biridan ta’m jihatidan farq qiladi: Ulardan qulupnay, o’rmon mevalari, banan va apelsinning ta’mi ufurib turadi.
«Koshmariki»
Bu mevali pyuredan tayyorlanilgan muzlatilgan muzqaymoq bo’lib, uning ustida qiziqarli sharpa tasvirlanilgan. U shaklini yaxshi ushlaydi, ta’mi esa rezavor mevalar bilan boyitilgan bo’lib, ichida sovg’a sifatida saqich joylashtirilgan bo’lib, u havorang pelyonkaga solingan. Ta’mi ham yoqimli bo’lib, chaynaganda tishlarga yopishmaydi.
«Djangli»
Bu muzqaymoqni ochishni o’zidayoq qiziqib qolasiz: o’ram ichida bananli jele bo’lib, u vanilli muzqaymoq va qulupnayli jele bilan to’ldirilgan. Muzqaymoqni tishlamaguningizcha, ichidagi sosidan xabardor bo’lmaysiz.
Ichidagi asosi ham juda yumshoq bo’lib, ko’proq zefirga o’xshab ketadi.
«Portlovchi to’fon»
Va nihoyat usti muzli, ichi portlaydigan karamelldan iborat bo’lgan bu muzqaymoq juda ajoyib ta’mda bo’lib, usti qulupnay, ichi apelsin sharbatidan tayyorlanilgan. Usti qulupnayli muzdan, ichi esa apelsinli bo’lib, ularning orasida ogizda erib ketuvchi karamellar mavjud. Ishlab chiqaruvchi, undagi karamellar 4 yoshgacha bo’lgan bolalar tomog’iga tiqilib qolishi mumkinligini ta’kidlashadi.
Siz noodatiy va juda mazali ta’mdan bahramand bo’lishni istasangiz, unda albatta bunday muzqaymoqlardan ta’tib ko’ring.
Tarkibi
«Koshmariki» muzqaymog’i
Desert (suv, shakar, qulupnayli pyure, malinali pyure, maltodekstrin, patoka, sariyog’, sut zardobi, uzum sharbato konsentranti, qizil lavlagi sharbati, glyukoza, tabiiy aromatizatorlar, stablizatorlar, tuttu-fruti saqichi. Mahsulot glyuten, yong’oq, soya va tuxumni o’zida saqlashi mumkin.
100 gramm mahsulotning ozuqaviy qiymati: 132 kKal bo’lib, 0.32 gramm oqsillar, 2 gramm yog’lar, 18 gramm uglevodlar.
45 grammli muzqaymoqning ozuqaviy qiymati: 78 kKal bo’lib, 0.34 gramm oqsillar, 1 gramm yog’lar, 11 gramm uglevodlar.
«Djangli» muzqaymog’i
Jele (suv, shakar, patoka, quyuq glyukozali qiyom, kurkumin bo’yog’i, quyuqlashtiruvch, limon kislotasi, tabiiy bananli aromatizator), o’simlik yog’li muzqaymoq (sut zardobi, sutli ichimlik, patoka, shakar, sariyog’, sutli yog’ o’rnini bosuvchi, kakos va palma yog’i, emulgator, stablizatorla va vanilin. Mahsulot oz miqdorda yong’oqlar va glyutenni saqlashi mumkin.
100 gramm mahsulotning ozuqaviy qiymati: 163 kKal bo’lib, 0.75 gramm oqsillar, 2.6 gramm yog’lar, 32 gramm uglevodlar.
45 grammli muzqaymoqning ozuqaviy qiymati: 73 kKal bo’lib, 0.34 gramm oqsillar, 1.2 gramm yog’lar, 15 gramm uglevodlar.
Mevali muz «Portlovchi to’fon»
Suv, shakar, patoka (glyutenni saqlaydi), pishiriq massasi (o’simlik yog’i va kakao, shakar, quruq sut zardobi, emulgator (soya letsitini), bo’yoq (annato ekstrakti), aromatizator (apelsin), portlovchi karamel (shakar, glyukozali qiyom, laktoza), limon kislotasi, qulupnayli pyure, apelsin sharbati konsentranti, bo’yoqlar (qizil lavlagili, karotinlar (emulgatorlar bilan (sorbit, глицерина limon kislotasi, efir moylari kislotasi), stablizator, tabiiy aromatizatorlar (qulupnay va apelsin).
100 gramm mahsulotning ozuqaviy qiymati: 118kKal bo’lib, 0.06 gramm oqsillar, 2.9 gramm yog’lar, 22.5 gramm uglevodlar.
60 grammli muzqaymoq 1 donasining ozuqaviy qiymati: 71 kKal bo’lib, 0 gramm oqsillar, 1.7 gramm yog’lar, 13.5 gramm uglevodlar.
Qayerdan qancha narxda sotib olish mumkin
«Bon Pari» muzqaymoqlarini Korzinka.uz supermarketlaridan quyidagi narxlarda xarid qilish mumkin:
- «Koshmariki» – 8 640 so’m 1 donasi;
- «Djangli» – 4 500 so’m 1 donasi;
- «Portlovchi to’fon» – 5 820 so’m 1 donasi.
*Narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
*Korzinka.uz supermarketiga suratga tushirishga ko’maklashganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz!
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.