Pazandachilik asoslari: Jem va povidloni to’g’ri tayyorlash
Mazali mevalarning ajoyib ta’midan qishda ham bahramand bo’lishni istasangiz, unda ularni qishga yopib qo’ying. Qanday yopishni esa Zira o’rgatadi.
Bizlar oldingi maqolamizda murabbolarni to’g’ri pishirish, bankalarni sterilizatsiya qilish to’g’risida ko’rsatmalar bergan edik. Bugun esa jem va povidloni qaysi mevalardan, qanday tayyorlash mumkinligi haqida gapirib beramiz.
Jem
Jemni tayyorlashda mevalar bir-biri bilan qorishib, jelesimon ko’rinishga kirishi uchun uni albatta uzoq qaynatish talab qilinadi. Jem non va pechenyelarga surtib yeyishga, piroglar tayyorlashga juda qulay.
Jemni qaysi mevalardan tayyorlash mumkin
Pishiriladigan jem quyuq chiqishi uchun, uni pektin moddasini o’zia saqlovchi mevalardan tayyorlash kerak bo’ladi. Uncha yaxshi pishmagan ba’zi mevalarda pektin miqdori ko’proq bo’ladi.
Pektin – bu tabiiy quyuqlashtiruvchi modda bo’lib, u mevalarning po’sti va danagida ko’p bo’ladi. Usiz jem qaynatishning ioji yo’q.
Quyidagilar o’zida ko’p pektin moddasini saqlaydi:
- olma;
- qora va qizil qorag’at;
- behi;
- krijovnik;
- olxo’ri;
- sitrus mevalar po’sti
Olcha, maymunjon, nok va qulupnayda pektin juda oz miqdorda bo’ladi. Agar siz shu mevalardan jem tayyorlashga qaror qilgan bo’lsangiz, unda unga pektin kukunidan yoki uni o’zida saqlovchi mevalardan solishingiz kerak bo’ladi.
To’g’ri qaynatish
Jem tayyorlashda ishlatladigan mevalarni yaxshilab yuvish,to’g’rash, so’ng ularning qurishi, ya’ni ortiqcha suvidan xalos etish uchun chetga bir oz muddatga qoldirish kerak. So’ng ularni ko’p miqdordagi suvda yumshagunicha qaynatiladi va undan keyingina shakar solinadi. So’ng olovni balandlatib, muntazam kovlab turib, quyulgunicha qaynatiladi. Xuddi murabbo kabi jem tayyorlashda ham bir necha qoidalarga amal qilish kerak bo’ladi:
- xuddi murabboga o’xshab, jemni ham sirlangan, qalin idishlarda yoki qozonda qaynatish kerak;
- shakar va meva 1:1 – teng miqdorda solinishi, agar meva juda shirin bo’lsa, unda shakar ozroq kamaytirilishi kerak;
- yirikroq shakardan solsangiz, u sust erishi sabab ham pishiriladigan jemingiz mazaliroq chiqadi;
- agar jemga ozroq limon kislotasi solinsa, unda u mevalardagi pektin moddasini tortib olinishiga yordam beradi;
- sersuv mevalarni suv solmasdan tayyorlash mumkin, lekin tayyorlanish jarayonida tagi olmasigi uchun uni muntazam kovlab turish talab qilinadi;
- agarda jemga pektin kukuni solmoqchi bo’lsangiz, unda uni jemning tayyor bo’lishiga 5 daqiqa qolganida solib, aralashtiring. Pektinni shakar yoki shakarli qiyom bilan aralashtiring, so’ng jemga solib, bitta qaynatib oling. So’ng olovni o’chiring;
- jemni muzdek likopchaga tomizib ko’ring, tomchi oqib ketmasa, demak jem tayyor bo’lgan hisoblanadi.
Yaxshi sterillangan bankada jem bir yil va undan ortiqroq saqlaniladi.
Povidlo
Povidlo – pirog va pishiriqlar asosida ishlatish uchun foydalaniladi. Ular xushbo’y ta’mli bo’lib, nonga ham yaxshi surtiladi.
Nimalardan tayyorlash mumkin
Jemga nisbatan povidlo uchun yaxshi pishgan mevalardan ishlatiladi. Bunda ezilgan mevalar ham qo’l keladi:
- olma;
- nok;
- olxo’ri;
- o’rik.
To’g’ri qaynatish
Povidloni qaynatis jemga nisbatan sal qiyinroq:
- mevalarni tozalab, to’g’rab oling;
- ozroq suv solib, o’rta olovda qaynating: 1 kilo mevaga 1 stakan suv solamiz. Agar mevalar sersuv bo’lsa, unda suvni sal ozroq soling;
- Uni g’alvirdan chiqarib pyure olamiz;
- qancha shakar solishni bilish uchun, uni o’lchb oling. Odatda 1:1 miqdorda, agar mevalar nordon bo’lsa, unda 1,5 yoki hatto 2 karra ko’proq miqdorda ham solinadi;
- past olovda mevali pyureni quyuqlashgunicha qaynatib oling;
- so’ng shakarni solib, aralashtiring va keraklicha qaynatib oling;
- agar mevalar juda ham shirin bo’lsa, unda limon kislotasidan ozroq soling;
- issiq povidloni, sterillangan issiq bankaga soling;
- Sovutilgan murabbo ustida zich qobiq hosil bo’lishi kerak, bu uni buzilmasdan saqlaydi. Endi bankalarni yopishingiz mumkin.
Povidlo tayyorligini anday aniqlash mumkin
Povidlo kerakligicha qaynaganini qanday bilsa bo’ladi:
- povidlo idish tubiga qoshiqni solib ko’ring, agar bunda idish tubi yaxshi ko’rinib, qoshiqning usti asta-sekinlik bilan yopilsa, dmak povidlo tayyor hisoblanadi;
- povidlo pishganidan so’ng, ikki hissaga kamayadi;
- agar bir qoshiq povidlodan likopchaga solsak, likopchani qimirlatganda ham u o’z shaklini bir xil ushlab qoladi.
Yaxshi sterillangan bankada jem bir yil va undan ortiqroq saqlaniladi.
*Fotosuratlar internetdagi ochiq manbalardan olingan.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.