Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: «Motsarella» grill pishlog’i
Zira.uz Toshkent savdo shaxobchalarida sotuvga qo’yilgan yangi mahsulotlar bilan sizlarni tanishtirib boradi.
Bizlar bugun sizlarga juda ham qiziq, grillda pishirsa bo’ladigan pishloq to’g’risida gapirib beramiz.
«Motsarella» yarim qattiq pishlog’i ortiqcha konservantlar qo’shilmagan pishloq bo’lib, uning tarkibini quyidagilar tashkil etadi.
Qadog’i
Pishloq vakumli o’ramda qadoqlanilgan. Bir tomoni rangsiz yelim qog’oz bilan yopilgan bo’lib, undan pishloq ko’rinib turadi. Och sariq rangda bo’lib, u teshikchalarsiz pishloq.
Ta’mi
Ta’mi yoqimli va uzi ham o’rtacha me’yorda, pishiriqlarga solganda ham mazali chiqadi.
Tarkibi
Tarkibi: normallashtirilgan va pasterizatsiya qilingan sigir suti, tuz, qattiqlashtiruvchi – kalsiy xlorid, zardob va fermentlar. Yog’lilik darajasi – 40%.
Ozuqaviy qiymati: mahsulotning 100 grammini quuyidagilar tashkil etadi: yog’lar – 22 gr; oqsillar – 26 gr.
Energetik quvvati: 300 kKal.
To’g’ri saqlash
Tayyorlanilgan sanasidan boshlab +2 dan +6°C darajadan yuqori bo’lmagan haroratda 3 oygacha saqlansin.
Qayerdan sotib olish mumkin
Bu pishloqni Korzinka.uz tarmog’idagi supermarketlardan kilosini 57 990 narxga sotib olish mumkin.
400 grammli qadog’i 37 100 so’m turadi.*
Xulosa
Yarim yumshoq bu pishloq juda mazali ta’mda bo’lib, kaboblar tayyorlaganingizda uni ham sixga tortsangiz bo’ladi. Bundan tashqari uni salat va taomlarga solsa ham bo’ladi.
*Narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.