Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Fit Spo granolali batonchalar
Granolali batonchalar juda foydali yegulik bo’lib, organizmni kuch-quvvat bilan to’yintiradi. Bizlar o’zimizda ishlab chiqarilgan Fit Spo deb ataluvchi batonchalar bilan sizlari ham tanishtiramiz.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Qadog’i
Batonchalar yumshoq yelim qog’ozli o’ramlarda qadoqlanilgan. Batonchaning bir donasi 40 grammni tashkil etadi. Tarkibidagi mahsulotlarga qarab, ular har xil nomlanilgan.
Ta’mi
3 xil ta’mli batonchalar hozirda taqdim etilgan bo’lib, ular: “Yong’oqli-Intellekt”, “Mevali-Immunitet” va “Shokoladli-Kayfiyat”. Batonchalar kozinaklarga o’xshab ketadi, ular qattiqroq, lekin tishlaganda bo’linib ketadi. Chaynash biroz qiyinroq. Tarkibida yong’oqlar juda ko’p, shirinligi ham me’yorida.
Tarkibi
Har bir batonchaning tarkibiga alohida to’xtalib o’tamiz
Yong’oqli-Intellekt
Tarkibi: pekan yong’og’i, qovoq urug’i, yong’oq, zig’ir urug’i, funduk, kungaboqar urug’i, olxo’ri, bodom, mayiz, asal, suli yormasi, o’simlik yog’i, makkajo’xori yog’i, shakar, suv, limon kislotasi, patoka, letsitin, glitserin.
100 gramm mahsulotning ozuqaviy qiymati: oqsillar- 7,5 gr; yog’lar- 14,9 gr; uglevodlar- 57,2 gr.
Bir dona batonchaning energetik quvvati 160 kKalni tashkil qiladi.
Shokoladli-Kayfiyat
Tarkibi: yong’oq, yeryong’oq, turshak, maytiz, keshyu, kungaboqar urug’i, 73 %li qora Belgiya shokoladi, suli parchalari, o’simlik yog’i, makkajo’xori yog’i, asal, shakar, suv, limon kislotasi, patoka, letsitin va glitserin.
100 gr mahsulotning ozuqaviy qiymati: oqsillar – 8,9 gr; yog’lar – 16,4 gr; uglevodlar – 49,3 gr.
1 dona batonchaning energetik quvvati – 170 kKal ni tashkil qiladi.
Mevali-Immunitet
Tarkibi: quritilgan papaya, quritilgan xurmo, mayiz, turshak, quritilgan klyukva, quritilgan anjir, yong’oq, oq sedana, chia urug’i, kedr yong’og’i, quritilgan kakos qirindisi, klen aiyomi, suli yormasi, makkajo’xori yog’i, asal, shakar, suv, limon kislotasi, patoka, letsitin, glitserin.
100 gr mahsulotning ozuqaviy qiymati: oqsillar – 5,8 gr; yog’lar – 9,2 gr; uglevodlar – 61,8 gr.
1 dona batonchaning energetik quvvati – 150 kKal ni tashkil qiladi.
To’g’ri saqlash
Ishlab chiqarilgan sanasidan boshlab 3 oygacha saqlash mumkin. O’ramida +18°C darajada saqlash tavsiya qilinadi.
Qancha turadi
Makro tarmog’idagi supermarketlarda u 4 990 so’m turadi.*
Ishlab chiqarilgan mamlakat: O’zbekiston
Xulosa
Granoolali batonchalar qulay o’ramda bo’lib, birga olib yurishga ham, bolalarga maktabga olib ketishlari uchun berib yuborishga ham juda qulay. Bundan tashqari ko’pgina foydali mahsulotlardan tashkil topgan bu mahsulot organizmni kerakli vitaminlar bilan to’yintirishi turgan gap. Bizning tahririyat xodimlariga ko’proq «Shokoladli-Kayfiyat» batonchasi yoqdi.
*Mahsulot narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.