Testo – mazali chuchvaralar makoni
Agarda siz Facebook ijtimoiy tarmog’ining faol foydalanuvchisi bo’lsangiz, unda Testo by Zamira & Co kafesi sizga tanish bo’lishi mumkin. Agarda yo’q bolsa, unda hozirgi maqolamizda batafsil tanishib olasiz.
Testo – bu Toshkentdagi chuchvara tayyorlaydigan va iste’mol qilinadigan bir joy hisoblanadi.
«Siz sog’lom ovqatlanishga amal qilasizmi yo’qmi, glyutensiz parhez tutasizmi yoki yarim tayyor taomlarning ishqibozimisiz, buning ahamiyati yo’q, chuchvara bu xudolarning taomi»- deb hisoblaydi direktor, loyihaning yuzi va muallifi Zamira Raxmanova.
Zamiraning ijtimoiy tarmoqlarda yozib o’tgan hazilomus, chuchvaraga bo’lgan muhabbati mana bugun Testoning ochilishiga turtki bo’ldi.
«Chuchvaraxona ochish taklifi ko’p marotaba tushgan. Avvallari bu xuddi hazildek edi, lekin mana hozir bizlar o’z faoliyatimizni yuritiyapmiz, bizga ilk bor kelgan mehmonlar yana va yana qaytib kelishadi va bu juda ajoyib», – дdeb o’tadi Zamira.
Chuchvaraxona dizayni skandinaviyaliklarga xos usulda yaratilgan bo’lib, yorug’ va juda shinamdir. Bu yerdagi mebellar tabiiy yog’ochdan yasalgan. Stollar keng, yumshoq mebellar juda qulay bo’lib, xyuge uslubida bezatilgan.
Agarda siz Testoga birinchi bor kelsangiz, avvalambor shiftga ahamiyat qaratishingiz aniq. Qiziqarli iboralar va hazillardan siz o’zingizga tanish va tegishlisini topasiz.
Qulay kafe Testoda sizga birinchi taom, ikkinchi taom, salat va ichimliklardan tanovvul qilishingiz mumkin.
Birinchi taomlarni 4 xil sho’rvalar tashkil qiladi: minestrone, yasmiqli, qo’ziqorinli krem sho’rva va bulyonda tortiladigan chuchvara (narxi 14 500 dan 19 500 so’mgacha).
Bundan tashqari siz taomnomadan chuchvara, ravioli, har xil asosli vareniklar, shuningdek bir necha xil pastalarni topasiz. Ikkinchi taomlarning narxi 14 500 dan 39 500 gacha keladi. Asosiy taomga har xil qaylalarni tanlash mumkin, masalan: pesto, achchiq, pomidorli, qaymoqli va pishloqli (4 500 dan 9 500 gacha).
Salatlar 7 xil bo’lib, ular: ikki xil Sezar, grekcha, buzoq go’shtidan va tunets balig’idan salat, Kapreze va Fresh (14 500 dan 29 500 so’mgacha).
Bu yerda bolalar uchun ham taomlar mavjud bo’lib ular quyidagilar: naggetsi, kartoshka fri va bolalarga mo’ljallanilgan chuchuvara bo’lib, ular har xil rangda.
Limonad, qahva, choy va bir qancha sutli koktellar ham mavjud.
Bu yerda siz olchali vareniklarni 400 grammini 35 000 so’mga, bolalarga mo’ljallangani 500 grammi 24 500 so’m.
Xamirli taomlarni yoqtiruvchilar Testoga tashrif buyurishlari va mazali taomdan bahramand bo’lishlari mumkin.
Manzil: Shota Rustaveli ko’chasi, 18-uy.
Telefon: +(99890) 933-10-10
Facebook: yavtesto
Instagram: @yavtesto
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.