Qo’ra, barbekyu va grillning bir-biridan farqi
Mana yoz fasli ham boshlandi, demak tabiat qo’yniga chiqib dam olish uchun qulay fursat. Bunday dam olishlarning hech biri esa o’zimiz pishirgan kaboblarsiz o’tmaydi.
Bunda esa bizlar qo’ra, grill va barbekyudan foydalanamiz. Bugungi maqolamizda bizlar sizlarga ularning bir-biridan farqi to’g’risida gapirib o’tamiz.
Qo’ra
Qo’ra eng ko’p tarqalgan, kabob qilishga mo’ljallangan moslama bo’lib, u metaldan yasalgan, to’rt oyoqli bo’ladi. Qo’raning ichiga ko’mir solinadi va ustiga kaboblar qo’yib pishiriladi.
Qo’ralarning turlari
- statsionar: hovli yoki dala hovliga o’rnatish uchun mo’ljallanilgan, katta va juda og’ir;
- buklanadigan: yengil va qulay, mashinalar yukxonasiga qo’yishga ham yaxshi. pikniklar uchun mo’ljallanilggan bo’lib, lekin darrov kuyib ketadi;
- ko’chiriladigan: dastak yoki g’ildirakli, mustahkam qo’ra bo’lib, u buklanadiganga nisbatan og’irroq, lekin uni tabiat qo’yniga chiqqanda birga olish mumkin;
- elektrli: bunday qo’ralar uy sharoitida foydalanish uchun mo’ljallanilgan bo’lib, juda qulaydir.
Qo’rani to’g’ri tanlash
Dam olishda yaxshi taassurotlarga ega bo’lish uchun esa siftali qo’radan xarid qilishni tavsiya qilamiz:
- metallisidan tanlang: Qo’ra uchun eng yaxshi xom-ashyo po’lat sanaladi, ammo ular juda og’ir va qimmat narxda turadi.
- metallning qalinligi: agarda siz ko’mirda pishirmoqchi bo’lsangiz, unda qo’ra kamida 2 mm qalinlikda bo’lishi, agar o’tinda pishirmoqchi bo’lsangiz unda 3-4 mm dan qalinroq bo’lishi shart;
- qo’raning uzunligi va kengligi: qo’ralar iloji bo’lsa 30 santimetr kenglikda, 80-100 santimetr uzunlikda bo’lishi kerak. Bu bir vaqtning o’zida ko’proq kaboblarni pishirishga xizmat qiladi;
- qo’raning chuqurligi: ko’mir va pishirilayotgan kabob orasida 15 santimetr masofa bo’lsa, ular kuyib qolmaydi.
Qayerdan sotib olish mumkin
- Arba.uz internet do’konida grill-qo’ra 1 188 400 so’m narxda turadi.
- Alibazar.uz internet do’konida esa ularni 25 500 dan 51 000 so’mgacha xarid qilish mumkin.
- Arba.uz internet do’konida esa grill-qo’ra 1 188 400 so’m turadi.
Barbekyu
Barbekyu panjaralari mavjudligi bilan oddiy qo’radan farq qiladi. Qoidaga ko’ra, barbekyuda ikkita panjara bo’ladi: go’sht va sabzavotlarni pishiradigan ustki panjara, ko’mir soladigan pastki panjara. Grilldan farqli o’laroq, barbekyularda qopqoqlar bo’lmaydi, faqatgina qozonsimon barbekyuda qopqoq bo’ladi.
Barbekyu uchun go’shtni oldindan marinadlab qo’yish shart emas. Unda pishiriladigan taomlar qo’ra va grillga nisbatan sekinroq pishadi.
Barbekyuning turlari
- bir martalik: bu ko’mirni joylashtiradigan va panjara bilan qoplangan, nozik po’latdan yasalgan sodda qo’ra bo’lib, undan bir marta foydalangandan so’ng, uning pastki qismi yonadi va undan ikkinchi marta foydalanib bo’lmaydi;
- ko’chiriladigan: xuddi qo’raga o’xshab uni o’zimiz bilan birga olib yursak bo’ladi;
- qozonli: bu barbekyu qozonsimon ko’rinishda bo’lib, qopqog’i mavjudligi sabab ham unda sabzavot va go’shtni pishirsak bo’ladi;
- statsionar: hovli va dalahovlilarga mo’ljallanilgan bo’lib, uning asosi g’isht yoki toshlarning ustiga o’rnatiladi;
- elektrli: kichikroq hajmda bo’lib, uy sharoitida foydalanishga mo’ljallanilgan.
Barbekyuni to’g’ri tanlash
Xavfsiz va uzoq muddatga xizmat qiladigan barbekyudan sotib olmoqchi bo’lsangiz, unda quyidagilarga ahamiyat qarating:
- metalning qalinligi 6-8 mm dan yupqa bo’lmasligi shart;
- panjarasi issiqqa bardoshli metaldan, iloji bo’lsa, kuyishga qarshi qoplamali bo’lsa maqsadga muvofiq bo’ladi;
- panjarasining hajmi ga e’tibor bering, agarda u juda katta bo’lsa, unda juda ko’p yoqilg’ini talab qiladi, kichkina bo’lsa, bir-necha marotaba pishirishga to’g’ri keladi.
Qayerdan sotib olish mumkin
- Arba.uz internet do’konida barbekyu 349 900 so’mdan 2 399 000 so’mgacha narxda turadi.
- Alibazar.uz internet do’konida barbekyu 238 000 so’m narxda turadi.
Grill
Grill – ko’pincha qopqoqli qo’ra bo’lib, aynan qopqog’i sabab ham undan yomg’irli kunlarda ham bemalol foydalanish mumkin. Ammo ba’zi bir modellari qopqoqsiz ishlab chiqarilgan.
Grillda pishirilgan taomlar, qo’ra va barbekyuga nisbatan 2 marta tezroq pishadi. Ammo unda pishiriladigan mahsulotlarni unchalik katta to’g’ramaslik maqsadga muvofiq bo’ladi.
Grillarning turlari
Grillar yoqilg’ining turiga qarab bir necha turga bo’linadi:
- ko’mirli: klassik usuldagi grill bo’lib, unda pishiriladigan taom «tutun ta’mida» bo’ladi. Bunday ko’rinishdagi grillni birga olib yurish oson;
- gazli: Bunday grillar g’ildiraklari bilan bo’lib, asosan dala hovlilarda ishlatishga mo’ljallanilgan;
- o’tinli: eng qulay va oson variant bo’lib, tandirlarni eslatadi;
- elektr tokli: ko’p qavatli uylar va hovlilarga mo’ljallanilgan bo’lib, bir vaqtning o’zida 15 kishilik tayyorlasa bo’ladi.
Grillni to’g’ri tanlash
- qopqog’i: Qopqoqsiz grillar arzon turisiga qaramay, bizlar sizlarga qopqog’lisidan foydalanishni tavsiya qilamiz. Chunki aynan shunday grillarda taomlar tezroq tayyorlaniladi;
- shakliga: grillar dumaloq, uzunchoq tuxumsimon va to’rtburchak shakllarda bo’ladi. Birinchi ikkita ko’rinishli grillar tajamli bo’lib, issiqni ham yaxshi ushlaydi;
- panjarasini balandligi: panjarasining baland-pastligini o’zingiz boshqaradigan grill bo’lsa yaxshiroq;
- qaysi xom-ashyodan tayyorlanilganligi: po’lat, keramik va temirli grillar bo’lib, taniqli oshpazlar keramikdan tayyorlanilgan grillarni tavsiya qilishadi. Chunki ularda pishiriladigan taom tezroq tayyorlaniladi, tagi ham kuyib qolmaydi.
- qo’shimcha vazifalari: Agarda siz grilldan pikniklarda foydalanmoqchi bo’lsangiz, unda ortiqcha vazifalarga ega bo’lmagan soddaroq grilldan sotib oling.
Qayerdan sotib olish mumkin
- Arba.uz internet do’konida grillar 1 949 900 so’mdan 1 954 100 so’mgacha narxda turadi.
- Mediapark.uz internet do’konida esa ularni 1 481 000 dan 3 116 000 so’mgacha xarid qilish mumkin.
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!