Banan to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar
Bugun sizlarga bananlarning foydali xususiyatlari, ularning nima uchun darrov qorayib qolishi va ozishni xohlovchilarga iste’mol qilish mumkinmi yo’qmi barchasi haqida gapirib o’tamiz.
Bananning foydali xususiyatlari
Bananlarni butun dunyoda sevib iste’mol qilishadi. Chunki ular nafaqat mazali, balki juda to’yimli, oziqlantiruvchi va foydali meva sanaladi. Ushbu ekzotik mevalar tola, B vitaminlari, kaliy, fosfor, temir, kaltsiy va boshqa minerallarga boy.
Bananalar yurak mushaklarini mustahkamlab, qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi, oshqozon-ichak trakti va qon tarkibini yaxshilashga yordam beradi. Misol uchun, Amerikada oshqozon buzilishi bilan odatdagi guruchli parhezdan tashqari, bananlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Bunga qo’shimcha ravishda shuni aytish mumkinki, bananlar oshqozon yaralaridagi og’riqni yo’qotadi.
Bananning zararli tomonlari
Bananlarning asosiy zarari ularning ko’p shakarni saqlashlarida bo’lib, shuning uchun diabetga chalinganlar ularni ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilishlari kerak. Pishmagan bananlarda shakar miqdori kamroq, ammo ular erimaydigan kraxmal miqdori ko’pligi sabab ham, meteorizmga olib kelishi mumkin.
Ozishni xohlovchilarga banandan iste’mol qilish tavsiya etiladimi
Banana yuqori kaloriyali mahsulotdir. Agar qo’shimcha vazndan qutulmoqchi bo’lsangiz, unda bu mazali mevani ko’p iste’mol qilmang. Ertalab yoki peshindan keyin kuniga bir dona banan yeyishingiz mumkin, lekin kechqurun ulardan iste’mol qilmaganingiz yaxshiroqdir.
100 gramm banan 90 kKal ni tashkil qilib, ulardan 1,5 grammi oqsillar, 0,2 grammi yog’lar va 21,8 grammini uglevodlar tashkil qiladi.
Nima uchun bananlar qorayib qoladi
Do’konda yoki bozorda banan sotib olayotganda, yoqimli sariq rangda bir tekis ranglilarini tanlashimiz aniq. Biroq, eng mazali va pishgan banan kichik qora nuqta paydo bo’lgan bananlardir. Bananalar uyingizda qorayib qolsa, hech ham xavotir olmang, bu ularning to’liq pishganligidan dalolat beradi. bunday banan juda mazali bo’lib, organizmda ham yaxshi o’zlashtiriladi.
Bananlarni sovutgichda saqlaganda, ular pishib ketmaydi, balki u yerdagi sovuq harorat sabab ham rangi qorrayib qoladi. Shu sabab ham bananlarni iloji boricha 2-4 kungacha iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
Nima uchun ba’zi bananlarning ichida qizil dog’lari bor
Ba’zan bananlarning ichida qizil uzun dog’larga ko’zimiz tushishi mumkin. Ko’pchilik bu qon deb o’ylab, xavotirga tushadi. Ammo unday emas, hech ham xavotir olmang!
Birinchidan, OIV virusi tashqi muhitda bir necha daqiqada tarqaladi va unga banan orqali chalinish umuman mantiqsizdir.
Ikkinchidan, qonning tarkibidagi ba’zi moddalar bilan banan kimyoviy reaksiyaga kiradi va banan ichi qop-qora rangga kiradi.
Uchinchidan, olimlarning aniqlashicha, bu qizil chiziqlar aslida shikastlangan daraxt tomirlarining bakteriyalari bo’lib, bu bakteriyalar insonlarga hech qanday xavf tug’dirmaydi.
Pazandachilikda bananning o’rni
O’zining xushbo’y isi va mazali ta’mi bilan ham bananlar taomlarga o’zgacha ta’m bag’ishlaydi. Bu meva bilan tayyorlanilgan sevimli retseptlarimiz quyidagilardir:
- Banoffi – banan va karamelli pirog
- Yeryong’oqli pasta va banandan tayyorlaniladigan nonushta
- bananli pudding
- Ismaloq va banandan pishirilgan pankeyklar
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
3 Sharhlar Hide Comments
Izohingizni yozib qoldiring
Izoh qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.
Ne kechga yeyilmaskan doim iwdan qayguncha olaman va kechki ovqatdan kegin istemol qilaman
Assalomu aleykum! Semirishni xohlamaydiganlarga kechqurun iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi, chunki banan me’yoridan ko’p iste’mol qilinganda semirtiradi. Agarda bu tomondan muammoyingiz bo’lmasa, unda kechqurun ham bemalol iste’mol qilavering. 🙂
Banan pulpasi nima òzi