Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Bahroma muzqaymoqlari
Bugun siz azizlarni Qozog’istonda ishlab chiqarilgan Bahroma – tabiiy muzqaymoqlari bilan tanishtiramiz.
Qadog’i
Bahroma muzqaymoqlari o’zining chiroyli va original o’rami bilan ko’zga yaqqol tashlanadi. Usti har xil mevalar bilan bezatilgan bo’lib, bir qarashda ishtahani ochadi.
Bunday muzqaymoqlarni do’konlarda 3 xil ko’rinishlarini uchratishimiz mumkin bo’lib, bular: zar qog’ozli, karton qog’ozli o’ramlarda va 500 grammni tashkil qiluvchi plastik konteynerlarda.
Ta’mi
Bugun bizlar tahririyatimiz bilan ta’tib ko’rgan 3 xil ta’mli muzqaymoqlarni ta’riflab bermoqchimiz. Bular: shaftoli-qovun mevali luqumi, ikki hissa ko’proq shokoladdagi turshak, anor-gilos mevali luqumi.
Shaftoli-qovun mevali luqum muzqaymog’i nordongina ta’mda bo’lib, undan xushbo’y mevalar isi ufurib turadi.
Ikki hissa ko’proq shokoladdagi turshakli muzqaymog’da sutli shokolad ikki qavat bo’lib, oralariga turshakli pyure solib chiqilgan.
Anor-gilos mevali luqum muzqaymoqlarining shirasi pastroq bo’lib, ta’mi juda ajoyib. Bizning xodimlarga ular ichida eng ko’proq yoqqani shu muzqaymoq bo’ldi.
Tarkibi
Shaftoli-qovun mevali luqumi muzqaymog’i mazali qovun, shaftoli va marakuyidan qilingan qayla bilan tayyorlanilgan bo’lib, usti ham xuddi shunday mevali glazur bilan yopilgan.
Tarkibi: Tarkibi: sigir suti, mevali muz (suv, shakar, qovun, shaftoli va marakuyi qaylasi(suv, shakar, limon, marakuyi va qovun sharbatlari aralashmasi, quyuqlashtiruvchi, makkajo’xori kraxmali, tabiiy oziq-ovqat bo’yog’i beta-karotin, qizil lavlagi va rediska sharbati) maltdekstrin, stablizatorlar: qo’zoqli seratoniya qatroni, guar qatroni, karraginan, kislota rostlatgichi, limon kislotasi), shakar, quyultirilgan sut, glyukoza siropi, quruq sut, sariyog’, emulgator va Vanilin xushbo’ylantiruvchisi.
Sutli qismida yog’lar 5% ni tashkil qiladi, oqsillar 2,3 gr ni, yog’lar 2,8 gr ni, uglevodlar 27,1 gr ni tashkil qiladi.
Enetgerik quvvati 140 kKalni tashkil qiladi.
Ikki hissa ko’proq shokoladdagi turshakli muzqaymog’i
Tarkibi: sutli shokolad (shakar, kakao yog’i, qirilgan kakao, sut yog’lari, quruq sut, soya letsitini, glyukoza-mevali sirop, mevali to’ldiruvchi qo’shimcha (shakar, suv, o’rikli pyure, glyukoza-mevali sirop, quyltirgich: pektin, makkajo’xori kraxmali, kislota rostlatgichi, limon kislotasi, O’rik xushbo’lyagichi, tabiiy beta-karotin bo’yoqlari),sigir suti, shokoladli glazur (kakos yog’i, shakar, kakao kukuni, soya letsitini, vanilin), mevali asos (maydalangan turshak, shakar, makkajo’xori kraxmali, kislota rostlatgichi, turshak xushbo’ylagichi, tabiiy beta-karotin bo’yog’i), shakar, quyultirilgan sut, glyukoza siropi, quruq sut, sariyog’, stablizator (qo’zoqli seratoniya qatroni, guar qatroni, karraginan), emulgator.
Sutli qismida yog’lar 10% ni tashkil qiladi, oqsillar 3 gr ni, yog’lar 20,4 gr ni, uglevodlar 40,6 gr ni tashkil qiladi.
Enetgerik quvvati 360 kKalni tashkil qiladi.
Anor-gilos mevali luqum muzqaymoqlari
Tarkibi: Tarkibi: sigir suti, mevali muz (suv, shakar, gilos, anor va olcha qaylasi(suv, shakar, limon sharbatlari aralashmasi, quyuqlashtiruvchi, makkajo’xori kraxmali, tabiiy oziq-ovqat bo’yog’i beta-karotin) maltdekstrin, stablizatorlar: qo’zoqli seratoniya qatroni, guar qatroni, karraginan, kislota rostlatgichi, limon kislotasi), shakar, quyultirilgan sut, glyukoza siropi, quruq sut, sariyog’, emulgator va Vanilin xushbo’ylantiruvchisi.
Sutli qismida yog’lar 5% ni tashkil qiladi, oqsillar 2,3 gr ni, yog’lar 2,8 gr ni, uglevodlar 27,1 gr ni tashkil qiladi.
Enetgerik quvvati 140 kKalni tashkil qiladi.
Ishlab chiqarilgan mamlakat: Qozog’iston
Turlari:
Uning turlarini ko’rib ko’zimiz qamashib ketdi. Bir boshdan tasvirlaydigan bo’lsak, mevali luqumlar ichi sutli bo’lib, usti mevali glazur bilan qoplangan bo’lib, ular ikki xil: shaftoli-qovun va anor-gilos.
Shokoladli glazur bilan qoplangan muzqaymoqlar ham mavjud bo’lib, bular: ikki karra ko’p shokoladdagi turshak, anjir-yogurtli va funduk-shokoladli muzqaymoqlar
500 gr li qadog’lisi esa quritilgan olxo’ri va yong’oq, turshak va bodomli, butun funduk yong’oqli shokoladli muzqaymoqlari mavjud.
To’g’ri saqlash
-18° dan yuqori bo’lmagan haroratda 18 oygacha saqlash mumkin.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin
Bahroma muzqaymoqlari Korzinka.uz tarmoqlarida quyidagi narxlarda taklif qilingan:
- 75 gr li shaftoli-qovun mevali luqumi – 7 990 so’m
- 75 gr li anor-gilos mevali luqumi – 7 990 so’m
- 75 gr li anjir-yogurtli nugali muzqaymog’i – 8 990 so’m
- 75 gr li funduk-shokoladli muzqaymog’i – 8 990 so’m
- 75 gr li ikki karra ko’proq shokoladli muzqaymog’i – 11 990 so’m
- 500 gr li olxo’ri va yong’oqli muzqaymog’i – 51 990 so’m
- 500 gr li turshak va bodomli muzqaymog’i – 51 990 so’m
- 500 gr li funduk va shokolali muzqaymog’i – 51 990 so’m narxda turadi
Xulosa
Bahroma muzqaymoqlari juda mazali bo’lib, ayniqsa uning tarkibidagi mahsulotlar tabiiyligi bilan bizni rosa quvontirdi. Ta’mi ham juda ajoyib ekan.
Bahroma muzqaymoqlari xalqaro «halol» belgisini qabul qilgan, chunki uning tarkibidagi barcha qo’shimchalar ham tabiiy hisoblanadi.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.