Oshirma xamir uchun xamirturushni o’zimiz tayyorlaymiz
Oshirma xamirlarni tayyorlashda eng kerakli masalliq bu xamirturush bo’lib, uni uyda ham tayyorlash mumkin. Xo’sh, qanday qilib deysizmi? Bizning maqolani o’qib chiqib, bunga javob olasiz.
Agarda siz xamirturushni iste’mol qilgingiz kelmasa yoki sog’lig’ingiz sababli uni iste’mol qilish mumkin bo’lmasa, unda xamirturushni uyda tayyorlab ko’ring. Uyda tayyorlanilgan xamirturush bilan pishiriladigan non mahsulotingiz juda ham mazali chiqadi va mog’orlamaydi. Bu tabiiy va zararsizdir.
Uni tayyorlashni faqat pishiriqlar pishirishdan 3-4 kun oldin boshlaymiz.
Bug’doy unidan xamirturush
1-kun
100 gramm suv bilan 100 gramm unni aralashtirib olamiz – tashqi ko’rinishi quyuq smetanaga o’xshashi kerak. Ustini doka ro’mol yoki yupqa sochiq bilan yopib, bir kecha-kunduz iliq joyga qoldiramiz. uni bir necha marotaba aralashtirish kerak bo’ladi. Bu vaqt mobaynida unda g’ovakchalar paydo bo’ladi.
2-kun
2-kun unga yana 100 gramm suv va 100 gramm un qo’shiladi. Ustini yopib, yana iliq joyga olib qo’yiladi.
3-kun
Bu kunga kelib xamir g’ovaklanib, achimtir hidga kiradi. Unga yana 100 gramm suv va 100 gramm un solamiz.
Endi xamirturushni kuzatish kerak bo’ladi. Xamir ikki hissaga oshgandan so’ng uni olib ikkiga bo’lamiz. Birinchi yarmini olib xamir qoramiz, ikkinchisini sovutgichga olib qo’yamiz. Bunday xamirturushdan pishiriqlar, pirog va nonlar pishirish mumkin. Javdar unidan ham bunday xamirturush tayyorlasa bo’ladi.
Javdar uni va kefirda tayyorlaniladigan xamirturush
Bunday xamirturush uchun taxminan 200 gramm kefir yoki qatiq kerak bo’ladi. U g’ovaklashishi va achimtir hidga kirishi uchun 2-3 kun davomida olib qo’yish kerak bo’ladi.
1-kun
Kefirga 200 gramm javdar uni solamiz, suyuqligi xuddi quyuq smetanadek bo’ladi. Aralashtirilib, usti doka ro’mol bilan yopamiz. Boshqa aralashtirmang.
2-kun
Bir kundan so’ng yana 150-200 gramm javdar uni solinadi. Aralashtiramiz va massa ikki hissaga oshguniga qadar qoldiramiz. Bu juda tez amalga oshishi mumkin, shuning uchun ham uni tez-tez aralashtirib turing.
Endi tayyor xamirturushni bir qismini olib ishlatishimiz, ortiqchasini sovutgichda saqlab qo’yishimiz mumkin.
Bunday xamirturush bilan qanday pishiramiz
Pishirig’ingiz ko’ngildagidek chiqishi uchun quyidagilarga e’tibor qarating:
- 1 stakan xamirturush 1,5 osh qoshiq quruq xamirturushga teng
- achitqiga qorilgan xamir oddiy xamirga nisbatan uzoqroq vaqtda oshadi: 3-4 soat
- sovutgichga qo’yilgan achitqi “uxlab qoladi”, bunda uni quyidagicha faollashtirish kerak bo’ladi: pishirishdan bir kun oldin uni olib, yana teng miqdorda un va suv solish kerak bo’ladi (masalan, 50 gramm un va 50 gramm suv), aralashtirib ustini yopamiz va bir kun xona haroratiga qoldiramiz
- bu achitqidan xohlagan vaqtda foydalanishimiz mumkin: uni faollashtirgandan so’ng olib yana sovutgichga qo’yish mumkin
- xamirturush solingan idish ustini qopqog’i yoki yelim qog’oz bilan yopish kerak emas, chunki u «nafas olishi» kerak. Shu sabab ham iloji bo’lsa doka ro’moldan foydalanis ma’qul
- xamirturush qanchalik uzoq vaqt tursa shnchalik yaxshi ko’tariladi.
Bunday xamirturushda qoriladigan oshirma xamirni oddiy, har doimgidek usulda qorishingiz mumkin.
Pirog va nonlar uchun xamir
Bizga quyidagilar kerak bo’ladi:
150 gramm faollashtirilgan xamirturush
300 gramm un
50 gramm shakar
5 gramm tuz
100 millilitr iliq sut
50 gramm eritilgan sariyog’
Unni stol ustiga elab olib, ustidan tuz va shakarni solamiz, o’rtasini chuqu qilib olamiz. Oparani iliq sut bilan aralashtirib olamiz va un ichiga solamiz. So’ng eritilgan sariyog’ni solib, 5 daqiqa yana xamir qoramiz.
qorilgan xamirni 1-1,5 soatga iliq joyga olib qo’yamiz. So’ng xamirni yana mushtlab olamiz va yana 1-1,5 soatga iliq joyga qo’yamiz. So’ng olib kerakli bo’laklarga bo’lamiz, kerakli shaklni berib, yana 20-30 daqiqa olib qo’yamiz va nihoyat ishni boshlaymiz.
*Fotosuratlar internetdagi ochiq manbalardan olingan.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.