Yeryong’oqli pasta to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar
Bugun biz siz azizlarga foydali yong’oqlardan biri bo’lmish, yeryong’oqdan tayyorlanilgan pasta to’g’risida gapirib bermoqchimiz. Uning foydali xususiyatlari, to’g’ri saqlash va ko’pgina qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishib olasiz.
Yeryong’oqli pastaning foydali xususiyatlari
Yeryong’oqni ta’mi va foydaliligi uchun ham ko’pchilik sevib iste’mol qiladi. Ammo u nimasi bilan organizm uchun foydali ekan?
- yog’ kislotalari bilan: yeryong’oqli pastada 38 ta kislotalar mavjud bo’lib, ular sklerozni keltirib chiqarmaslik, qondagi xolesterinni kamaytirish, organizmdagi hujayralarni yangilab turish uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari ular bo’g’imlarni mustahkamlab, miya faoliyatini ham yaxshilaydi, shamollashga qarshi kurashishga ham yordam beradi;
- oqsillari bilan: Yeryong’oqning 100 grammidan 24 grammini oqsillar tashkil qiladi. U yaxshi o’zlashtirilishi sabab ham, uni sportchilar ham sevib iste’mol qilishadi.
- vitaminlari bilan: yeryong’oq pastasida ko’p miqdorda natriy, temir va B guruh vitaminlari mavjud bo’lib, ular qon bosimini me’yorlashtirib, immunitetni mustahkamlaydi;
- antioksidantali bilan: yeryong’oqli pasta yurak va qon-tomir kasalliklarida ham foydali bo’lib, organizmda ortiqcha yog’ to’planishiga ham yo’l qo’ymaydi, ishonish qiyin bo’lsa ham, yeryong’oq insonni ozdirar ekan.
100 gramm yeryong’oqli pasta 588 kKal ni tashkil qilib, undan 50 grammini yog’lar, 25 grammini oqsillar va 20 grmmini uglevodlar tashkil qiladi.
Yeryong’oqli pastaning zararlari
Barcha mahsulotlar kabi yeryong’qoning ham zararli tomonlari bo’lib, uni yong’oqlarga allergiyasi borlarga iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi. Ortiqcha vazndan aziyat chekuvchilar ham undan bir kunda 3-4 osh qoshiq iste’mol qilishlari kerak, undan ko’p emas.
Yeryong’oqli pastani nimalar bilan iste’mol qilsa bo’ladi
Bizlar yeyong’oqli pastani nonga surtib yeyishga o’rganib qolganmiz. Lekin uni yana boshqa narsalar bilan ham iste’mol qilsa bo’ladi.
- salatlarga solsa bo’ladi: biror kun yeryong’oqli pastani salatlarga mayonez o’rniga solib ko’ring, faqat limon sharbatini solishni ham unutmang. Yeryong’oqli pastada barcha vitaminlar bo’lib, mayonezdan ko’ra anchagina foydaliroqdir;
- pishiriqlarga: yeryong’oqli pastani pishiriqlarga ham solib ko’ring, masalan undan rogaliklar tayyorlang, ta’mi juda yoqadi;
- foydali shirinlik: yeryong’oqdan foydali shirinlik tayyorlang! Buning uchun 250 gr yeryong’qoli pasta, 2 ta yaxshi pishgan banan, 2 osh qoshiq zig’ir urug’i kerak bo’ladi. Bananlarni ezib pyure holatiga keltiring. So’ng hamma masalliqlarni aralshtirib, 2 osh qoshiq kakao ham soling. Yana bir bor aralashtirib, undan sharchalar yasang va kakao kukuniga belab oling. So’ng ikki soatga muzlatgichga olib qo’ying.;
- ichimliklarga: yeryong’oqli pastani smuzilarga qo’shsangiz ham juda mazali chiqadi;
Pasta ustida yog’ paydo bo’lsa
Yeryong’oqli pastaning ustida yog’ to’planib qolsa, bu uning ayniganidan yoki sifatsizligidan dalolat bermaydi. Faqatgina uni ishlatishdan oldin aralashtirsangiz bo’lgani.
Yeryong’oqli pastani to’g’ri saqlash
Ochilgan yeryong’oqli pasta o’ramini iloji boricha 3 oy ichida iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Uni sovutgichda ham, xona haroratida ham saqlash mumkin. Faqat shuni unutmangki, xona haroratida turgan pasta yumshoqroq, sovutgichda turgani esa qattiqroq holatda bo’ladi.
Yeryong’oqli pastani uyda qanday tayyorlash mumkin
Yeryong’oqli pastani qanday tayyorlashni bu yerdan bilib olishingiz mumkin, faqat buning uchun blenderiingiz bo’lsa kifoya. Tayyorlash jarayonida siz xohlasangiz unga shokolad solishingiz, tuzli yoki asal solib shirin qilishingiz ham mumkin. Tayyor bo’lgandan so’ng ozroq yeryong’oqlarni butun solsangiz, iste’mol qilayotganda qarsillab, ishtahangizni yanada ochishi aniq.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.