Quadro – ijobiy taassurotlar qoldiruvchi restoran
Hozirgi maqolamizda sizlarni Quadro restorani, unning nomlanishining ma’nosi va bu yerda nimalar iste’mol qilish mumkinligi haqida gapirib o’tamiz.
Bizlar ham bu joyda bo’ldik, taassurotlarimiz bilan hoziroq o’rtoqlashamiz. Ikki qavatli bu bino o’zining ko’rinishi bilan darrov ko’zga tashlanadi.
Quadrodagi barcha predmetlar uning nomiga mos ravishda bezatilgan.
“Quadro restoranining belgisi bu – kvadratdir. Jamoa, oshxona, xizmat va mehmonlar – bizning restoranning asosiy omillari bo’lib, bizlar faqat ularga tayanib ish ko’ramiz, deydi restoranning boshqaruvchisi Begzod Nasriddinov.
Hatto eng kichik ikir-chikirlarigacha to’rtburchak shakl berilgan bu restoranda, dizayner Yunus Turg’unning hissasi katta.
Bu yerning asosiy ustuni va yuragi bu albatta bosh oshpaz Anvar Toshniyozev bo’ladi. U o’zining mualliflik retseptlari bilan ko’pchilikni hayratlantiradi.
agarda sizda taomlar tayyorlash borasida biron bir savollaringiz bo’lsa, beemalol bu yerga tashrif buyurib, restoraning oshpazlaridan maslahat olishingiz mumkin. Ular bundan faqatgina quvonishar ekan.
Bu yerdagi taomlar turli-tuman bo’lib, bir-birini takrorlamaydi. Masalan, pomidorli muzqaymoq qo’shib tayyorlanilgan «gaspacho»ni ham aynan shu yerda ta’tib ko’rish imkoniyatiga ega bo’lasiz.
Restorandagi shirinliklar ham ko’rinishi bilan ham, ta’mi bilan ham sizga manzur keladi.
Binoning birinchi qavatida ochiq oshxoa bo’lib, bu yerda siz buyurtma qilgan taomni qanday tayyorlashayotganlarini kuzatishingiz mumkin. Bundan tashqari Osiyo oshxonalari burchagi bo’lib, bu yerda sizning qarshingizda har xil rollar va sushilar tayyorlashadi.
Binoning ikkinchi qavati ko’proq barga o’xshab ketib, bu yerda siz musiqa ostida vaqtingizni maroqli o’tkazishingiz mumkin.
Agarda bir so’z bilan aytadigan bo’lsak, Quadro bu ijobiy taassurotlar qoldiruvchi, ajoyib go’shadir.
Manzil: Zulfiyaxonim ko’chasi, 24 (mo’ljal: UMS xizmat ko’rsatish markazi, Labzak);
Telefon:+(99897) 714-44-40; +(99871) 122-12-25;
Facebook: quadrouz
Instagram: quadrouz
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.