Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Sof Sutdan yangi sut mahsuloti
Zira bozor rastalari va savdo shaxobchalarida sotuvga qo’yilgan yangi mahsulotlar bilan sizlarni ham tanishtirishda davom etadi.
Bugungi maqolada o’zimizda ishlab chiqarilgan yumshoq o’ramdagi Sof Sut mahsulotlari bilan tanishib olasiz. Taassurotlarimizni siz bilan o’rtoqlashamiz.
Qadog’i
Bugun sizlarga yog’liligi ikki xil bo’lgan sut haqida gapiramiz. Sof Sut mahsulotlari oq rangli, yumshoq o’ramlarda qadoqlanilgan. Har bir qadoqning og’irligi 900 grammni tashkil qiladi. Yog’liligi 2,5 % bo’lgan sut ko’k rangda, yog’liligi 3,2 %ni tashkil qiluvchi sut qadog’ida esa nomi yashil rangda katta harflar bilan yozilgan.
Ta’mi
Sut yoqimli ta’mda bo’lib, ta’mi va hidi me’daga tegmaydi. Rangi ham och-sariq bo’lib, suyuqligi ham me’yorida.
Tarkibi
Yog’liligi me’yorlashtirilgan tabiiy sigir suti.
Energetik quvvati:
- yog’liligi 2,5 % li sut — 51 kKal
- yog’liligi 3,2 % li sut — 58 kKalni tashkil qiladi.
To’g’ri saqlash
Bu sut pasterizatsiya qilingan bo’lib, saqlash muddati 5 kunni tashkil qiladi.
Narxi
Sof Sut mahsulotlarini Makro tarmog’idagi supermarketlardan topishingiz mumkin.
2,5 % li sutning o’ramii — 3590 so’m narxda turadi.
3,2 % li sutning bir o’rami esa — 3790 so’m narxda turadi.*
Xulosa
O’ramida yozilganididek sut 100 % tabiiy bo’lib, saqlash muddatining qisqaligi buni tasdiqlaydi. Sutning yoqimli ta’mi tahririyat xodimlariga ham yoqdi.
*Narxi manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.
Ramazonda bundanda ko’p retseptlarga ega bo’lish uchun bizning telegram kanalimizga a’zo bo’ling.