Taxtakachlarning turlari va o’ziga xos xususiyatlari
Bugun sizlarga oshxonadagi eng kerakli vositalardan biri bo’lmish taxtakachlar to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar va albatta maslahatlar berib o’tamiz.
Umumiy maslahatlar
Oshxonada nechi xil taxtakachlar bo’lishi tavsiya qilinadi
Oshxonada ko’pchilik bekajonlar bir yoki ikkita taxtakachdan foydalanishga o’rganib qolishgan bo’lib, ammo ularning soni bundan ham ko’proq bo’lishi kerak. Aslida malakali oshpazlar katta oshxonalarda 12 xil taxtakachlardan foydalanishadi. Albatta, uyda o’zimiz kamroq oshxona taxtakachlaridan foydalanishimiz mumkin, ammo o’z ishining ustalari bo’lmish taniqli oshpazlar esa uyda kamida 4-5 ta taxtakach bo’lishi shart deb ta’kidlaydilar.
Quyidagi mahsulotlar alohida-alohida taxtakachlarni talab etishadi:
- xom go’sht va parranda mahsulotlari
- xom baliq
- non va xamir
- xom sabzaot va mevalar
- kolbasa, pishloq, qaynatilgan go’sht va shunga o’xshash mahsulotlar.
Taxtakach tanlashda nimalarga ahamiyat qaratish lozim
Mahsulot qanday xom-shyodan tayyorlanilganligidan tashqari yana ba’zi bir narsalarga ahamiyat qaratish lozim:
- ilishga qulay bo’lishi uchn halqali yoki tagligi bilan bo’lgan taxtakach;
- ishlatish mobaynida sirpanmasligi uchun rezinali oyoqchalar;
- ushlash qulay bo’lishi uchun tutqichli taxtakachlar;
- chetidan kichkina «ariqchali» taxtakachlar: agarda siz baliq, sabzavot va mevalar uchun mo’ljallangan bir-nechta to’plamli taxtakach olmoqchi bo’lsangiz, unda ulardan ajralib chiqadigan suvi uchun bunday taxtakachlar juda ham qulaydir;
Bunday taxtakachlarni har qanchada almashtirish lozim
Kasbiy oshxonalarda, ya’ni oshpazlar va bosh oshpazlar faoliyat yuritadigan joylarda, taxtakachlar nimadan tayyorlanilganidan qat’iy nazar har bir yilda almashtirib turish shart. ДUyda har kim har xil pishirishiga qarab esa, ularni tashqi ko’rinishiga qarab baho berish lozim bo’ladi. Taxtakachlarni quyidagi holatlarda albatta almashtirish shart:
- unda chuqur yoriqlar paydo bo’lsa
- to’g’rash jarayonida u bo’lakchalarga bo’linib ketsa
- taxtakachlar o’ziga muntazam noxush hidni singdirsa va undan qutulib bo’lmasa
Taxtakachlar nechi xil bo’ladi
Hozirgi kunda bozor-u rastalarda siz taxtakachlarning oddiy taxtalilaridan tortib, zamonaviy silikonlarigacha juda ko’p turlarini uchratish mumkin. Agar siz ularni internetdan buyurtma qilmoqchi bo’lsangiz, unda Amazon.comda ularning juda ko’p turlarini topishingiz mumkin.
Ajraladigan taxtakachlarni quyidagi xom-ashyolardan tayyorlashadi:
- plastik
- silikon
- shisha
- bambuk
- yog’och-taxta
- tosh
Bugun biz plastik taxtakachlar, ularning ijobiy va salbiy tomonlari haqida gapirib o’tamiz.
Plastik taxtakachlar
Plastik taxtakachlarni siz Toshkentdagi ko’pgina savdo markazlaridan hatto oddiy maishiy tovarlar do’konlaridan ham topishingiz aniq. Ularning narxi turlicha bo’lib, taxminan 10 000 so’mdan boshlanadi. Ammo butun dunyo oshpazlari maslahat berishadi: arzon plastik taxtakachlarni sotib olmang, ular sog’liqqa zarar yetkazadi!
Sifatli plastik taxtakachlarning ijobiy tomonlari
- ular yengil;
- mustahkam;
- pichoqlarni o’tmaslashtirmaydi;
- yuvish oson;
- idish yuvish mashinasida yuvsa ham bo’ladi;
- ustida mahsulotlar sirpanmaydi.
Salbiy tomonlari
- Sifatsiz plastikdan tayyorlanilgan taxtakachlarda yoriqlar paydo bo’lib, ulardan ba’zan kichkina bo’lakchalari ovqatga tushib qolishi mumkin;
- yoriqlarda bakteriyalar tezda ko’payadi;
- shikastlangan taxtakachlarni uyda dezinfeksiya qilishni imkoni yo’q;
- narxi: sifatli plastik taxtakachlar qimmat turadi;
- haddan ziyod yuqori va past haroratni ko’tarmaydi.
Plastik taxtakachlarni to’g’ri tanlash
- ular arzon bo’lishi mumkin emas;
- plastik doskalardan kimyoviy moddalar hidi kelib turishi, chetlarida yelim ko’rinib turmasligi kerak;
- taniqli brend bo’lishi: masalan, Joseph Joseph faqatgina sifatli plastik va silikonli taxtakachlarni ishlab chiqarishadi
- Ustidagi mahsulotlar sirpanib ketmasligi uchun usti g’adir-budur bo’lishi kerak.
Plastik taxtakachlarni to’g’ri saqlash
- bunday taxtakachlarni ishlatib bo’lgandan so’ng, idish yuvish mashinasiga solib yuvish tavsiya qilinadi;
- qo’lda yuvishda esa gel va gubka kerak bo’ladi;
- bunday taxtakachlarni qattiq gubka yoki simchalar bilan yuvish tavsiya qilinmaydi, aks holda ustida mayda yoriqchalar paydo bo’ladi;
- go’sht va baliq maydalangandan so’ng, taxtakachni sirka yordamida yuvish tavsiya qilinadi: sirka bilan suvni 1:1 miqdorda aralashtirib olasiz, so’ng u bilan artasiz. Keyin issiq suv va gel yordamida yuvib tashlaysiz;
- yuvib bo’lgandan so’ng uni darrov artib, quriting.
Rasmlar internet sahifalardagi ochiq manbalardan olingan.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.