Oy uchun foydali mahsulotlar
Mana may oyining birinchi kuni ham kirib kelgan ekan, bu oyda ko’proq nimalarni iste’mol qilish kerakligi haqida gapirib bermoqchimiz.
Yalpiz
Hozir aynan mavsumi bo’lgan ajoyib ko’katlarimizdan biri bu yalpiz bo’lib, undan juda ko’p foydalanamiz. Yalpizdan har xil pishiriqlar pishirishadi, smuzi va koktellar tayyorlashadi va undan hatto choy ham damlab ichishadi.
Yalpiz mushaklardagi og’riqlar va ko’ngil aynishidan xalos etib, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, tinchlantiradi va uxlashga yordam beradi. Faqat uni me’yordan ortiq iste’mol qilish yaramaydi: u holda u tomirlarni kengaytiradi, safro va siydik haydab chiqarishni kuchaytirib yuborishi mumkin.
Quritilgan yalpiz ham xuddi yangi uzilganidak juda foydalidir, agar u to’g’ri quritilgan bo’lsa. Yalpizni quritib qo’yishni xohlaysizmi? Yalpizlarni olib, soya joyga to’shab qo’yasiz. Tanlagan joyingiz quruq va iliq, yaxshi shamollatiladigan joy bo’lishi kerak. Yaproqchalarni barmoq bilan ishqalasangiz, kukunlarga ajralib ketsa demak, u yetarlicha qurigan bo’ladi.
Yangi uzilgan yalpizning 100 grammi 70 kKalni tashkil qilib, shundan 0.9 grammi yog’lar, 15 grammi uglevodlar va 3.8 grammini oqsillar tashkil qiladi.
Ko’k piyoz
Oddiy piyozga nisbatan ko’k piyoz ko’proq vitaminlarni o’zida saqlaydi. Bahorda uni albatta salatlarga qo’shish, yoki o’zini shunchaki iste’mol qilsangiz, organizmingizni vitamin va minerallar bilan boyitgan bo’lasiz. Ko’k piyoz immunitetni mustahkamlab, viruslarga qarshi kurashadi, ovqat hazm qilish va qon tarkibini yaxshilab, tish va milklarni mustahkamlaydi.
Ko’k piyozni salatlarga solganingizda, organizmga yaxshiroq singishi uchun o’simlik yog’i va bir chimdim tuz qo’shsangiz maqsadga muvofiq bo’ladi.
Agarda siz oshqozon-ichak traktidan aziyat cheksangiz, unda ko’k piyozni me’yorida iste’mol qilishingiz kerak.
Ko’k piyozning 100 grammi 19 kKalni tashkil qilib, ulardan 4.6 grammini uglevodlar, 1.3 grammini oqsillar tashkil qilsa, yog’lar esa umuman mavjud emas.
Sarimsoqpiyoz
Piyoz va sarimsoqpiyoz ko’pgina C guruh vitaminini o’zida ko’p saqlashi sabab ham, hozir undan ko’proq iste’mol qilib olish shartdir. Chunki ular mikrob va bakteriyalarni o’ldirib, immunitet va tomirlarni mustahkamlaydi, qon bosimini tushiradi. Bundan tashqari sarimsoqpiyoz ovqat hazm qilishni ham yaxshilaydi.
Ammo bunday foydali mahsulotni quyidagi kasalliklarda iste’mol qilish yaramaydi: epilepsiya, gastrit, oshqozon yarasi, jigar va buyrak surunkali kasalliklarida.
100 gramm sarimsoqpiyoz 40 kKalni tashkil qilib, ulardan 0 yog’lar, 5 grammi uglevodlar va 6 grammini oqsillar tashkil qiladi.
Yangi chiqqan sabzilar
Yangi sabzilar salatlarga, toblatma va kekslarga solib iste’mol qilishga qo’l keladi. U o’zida ko’pgina vitaminlarni saqlashi sabab ham, uni yarim xomligicha iste’mol qilish yaxshiroqdir: uni 10-15 daqiqa davomida qaynatib olib, tuz, yog’ yoki smetana bilan aralashtirib iste’mol qiling.
Sabzining foydali xususiyatlari nimada? U qon aylanishini, o’pka va ichak faoliyatlarini, ko’rish qobilyatini yaxshilab, terini tiniqlashtiradi. Sabzi tarkibiga kiruvchi A vitamin guruhi bolalarga juda foydali bo’lib, bo’y o’sishini tezlashtiradi.
Sabzining 100 grammi 32 kKalni tashkil qilib, shulardan 0.1 grammini yog’lar, 6.9 grammini uglevodlar va 1.3 grammini oqsillar tashkil qiladi.
Bulg’ur
Bulg’ur — bu yanchilgan va qayta ishlangan bug’doy bo’lib, to’g’ri ovqatlanishn istovchilar undan ko’proq iste’mol qilishga harakat qiladilar. Bulgurning kaloriyasi kuchli bo’lgani bilan, undagi sust hazm qiluvchi uglevodlar, uzoq muddatgacha to’qlik hissini ushlab turadi.
Bulg’ur o’zida ko’pgina ozuqaviy tolalarni saqlab, o’z navbatida asab tizimini mustahkamlab, qon tarkibini yaxshilaydi, moddalar almashinuvi, teri va soch sifatini yaxshilaydi.
Bulg’urning 100 grammi 342 kKalni tashkil qilib, ulardan, 1.3 grammini yog’lar, 57.6 grammini uglevodlar va 12.3 grammioni oqsillar tashkil qiladi.
Qulupnay
Mayda qulupnay mavsumi avjiga chiqadi, uni o’zini shundayligicha iste’mol qilish, yoki muzlatib qo’yish, undan har xil murabbo va kampotlar tayyorlash ham mumkin. Bu haqida batafsil o’z maqolamizda yozib o’tgan edik.
Qulupnaydagi ko’pgina vitaminlar yurak-tomirlarni mustahkamlab, terini ham tiniqlashtiradi. Qulupnay ovqat hazm qilishini yaxshilaydi va parhezbop mahsulot snaladi: chunki uning 88% ini suv tashkil qiladi.
Uni o’zini iste’mol qilishingiz, tvorog, qatiq va pishiriqlarga solishingiz ham mumkin.
Qulupnayning 100 grammi 33 kKalni tashkil qilib, shulardan 0.7 grammini oqsillar, 0.3 grammini yog’lar va 8 grammini uglevodlar tashkil qiladi.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.