Qulupnay to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar
Bugun sizlarga qulupnay to’g’risida siz bilgan va bilmagan qiziqarli ma’lumotlarni e’tiboringizga havola qilmoqchimiz.
Qulupnayning foydali tomonlari
Qulupnay o’zida ko’pgina vitamin va minerallarni saqlaydi, ular esa o’z navbatida immunitetni mustahkamlashda, ko’rish qobilyati va asab tizimini mustahkamlashda ham yaxshi samara beradi. Bu mazali reza meva bosh og’rig’ini bartaraf etib, kayfiyatni ko’tarib, hatto tishlarni ham oqartiradi.
Qulupnayda shakar miqdori kam, ammo ko’pgina fruktoza kislotalarini saqlashi sabab ham, oshqozon-ichak kasalliklaridan aziyat chekuvchi insonlar ehtiyotkorlik bilan qulupnayni iste’mol qilishlari kerak.
Qulupnay ozishga yordam beradimi?
Ba’zi bir ma’lumotlarda keltirilishicha, gollivud yulduzi Viktoriya Bekxem, qulupnayli parhezni juda ham yoqtirar ekan. Qulupnayda shakarning kamligi va kislotalarning ko’pligi sabab ham, u ozishga yordam beradi. Aytishlaricha, 5 kun ichida shunday parhez bilan 4 kilogrammgacha vazn tashlash mumkin ekan, ammo avval shifokor bilan maslahatlashish lozim bo’ladi.
Qulupnaynning 100 grammi 40 kKalni tashkil qilib, 0.4 gramm yog’lar, 0.8 gramm oqsillar, 7.5 gramm uglevodlardir.
Bir kunda qancha miqdorgacha qulupnay iste’mol qilish mumkin
Agar sizda qulupnaydan allergiya va qarshi ko’rsatmalar bo’lmasa, unda bir kunda yarim kilogacha qulupnay iste’mol qilish mumkin. Undan ortig’i esa allergiya berib qolishi mumkin.
Qulupnayni to’g’ri yuvish
Qulupnaylarni chuqurroq tog’orachaga solamiz va ustidan sovuq suv quyamiz. Shu suvda 7-10 daqiqa qoldiramiz. Dumchasini olib tashlash kerak emas, aks holda qulupnay o’ziga suvni shimdirib oladi va bemaza bo’lib qoladi. So’nq qulupnaylarni olib qog’oz sochiq ustiga teramiz.
Agar siz bunday usulda undagi barcha zararli mikroblar nobud bo’lmaydi desangiz, unda suvga 1 osh qoshiq olma yoki uzum sirkasidan qo’shing, shunda undagi barcha zarakunandalar halok bo’ladi.
Qulupnayni to’g’ri saqlash
Qulupnay uzoqroq saqlanishi uchun quyidagilarga amal qiling:
- qulupnay ichidan ezilganlarini tozalab tashlang;
- qulupnayni faqat yeyishingizdan oldin, yuving;
- qulupnayni plastik konteynerga solib, sovutgichning eng pastki qismida saqlang, bu yerda u 2-4 kungacha saqlanadi.
Qulupnay pazandachilikda
Qulupnaydan turli xil tort, shirinliklar va smuzilar tayyorlashda foydalansak, ammo dunyoning boshqa nuqtalarida undan tovuqli taomlarda, dengiz mahsulotlaridan tayyorlanilgan taomlarda ishlatishadi.
Qulupnay murch bilan yaxshi kelishadi. Buni o’zingiz ham sinab ko’rishingiz mumkin. Tovaga sariyog’ni eriting va qulupnaylarni qovurib oling, ustidan murch seping va ta’miga baho bering.
Erta pishgan qulupnaylar xavflimi
Ko’pchilik erta mavsumda pishgan qulupnaylarni sotib olishda ikkilanadi. Rostdan ham fermerlar uni pishishini tezlashishi uchun har xil kimyoviy moddalardan foydalangan bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham qulupnay sotib olayotganda, quyidagilarga e’tibor qarating:
- birinchi o’rinda hidlab ko’ring, yaxshi pishgan qulupnay xushbo’y hidga ega bo’lishi lozim. Agar qulupnaylar hidsiz bo’lsa, demak ularni pishishini tezlashtirish uchun nitrat qo’shilgan bo’ladi;
- qulupnaylar toza, ustida hech qanday dog’ va mog’orsiz bo’lishi kerak;
- qulupnay yuvilgandan so’ng, o’zidan sharbat ajratadi. Agar yarim soatdan so’ng bu jarayon kuzatilmasa, demak ularga kimyoviy moddalar qo’shilgan;.
Qulupnayni to’g’ri muzlatish
Qulupnayni muzlatish uchun uni avval yaxshilab yuving, dumchasidan tozalab oling va idishga terib chiqing. So’ng muzlasa, olib yelim qog’ozga solib qo’ying.