Bob’s Red Mill do’koni – to’g’ri ovqatlanish tartibiga rioya qiluvchilar uchun Toshkentdagi ajoyib maskan
Bob’s Red Mill qanday do’kon, u yerda nimalar sotiladi bugun Zira u haqida sizlarga o’zi bilgan qiziqarli ma’lumotlarini sizlarga ham yetkazadi.
Toshkentdagi Bob’s Red Mill do’koni to’g’ri ovqatlanish tartibiga rioya qiluvchilar uchun ayni kerakli joy bo’lib, bizlar ham u yerda bo’ldik.
Bob’s Red Mill mana 40 yildan beri to’g’ri ovqatlanish madaniyatini rivojlantirib kelmoqda. Uning asoschisi Bob Mur organizmni vitamin va minerallar bilan to’yintiruvchi foydali don ekinlariga o’z e’tiborini qaratdi.
Shuningdek Bob’s Red Millda organizmi glyutenni qabul qila olmaydigan insonlar uchun glyutensiz mahsulotlar ham tayyorlaniladi.
Bu savdo do’konida shuningdek shakarni o’rnini bosuvchi Sin free Sugar, va shakarsiz Amberlyn shokoladi, shuningdek koktellar uchun aralashmali kukunlar ham sotiladi.
Sin free sugar shakari mevalar, rezavor mevalar, sabzavotlar va aloe veradan olinadi. Uning tarkibida fruktoza yo’q bo’lib, kaloriyasi ham juda pastligi bilan qandli diabet kasalligiga chalinganlarni mamnun qiladi. Bundan tashqari u tishlar uchun ham zararsiz bo’lib, kariyesni chaqirmaydi.
Amberlyn shokoladi shakarni o’zida saqlamaydi, faqat tabiiy mahsulotlardan tayyorlanilgan. Kaloriyasi pastligi sabab ham uni vazniga e’tibor beruvchilar ham qo’rqmasdan iste’mol qilishlari mumkin. Bu do’konda 12 xil shokoladli batonchalar, 3 xil tryufellar va boshqa ko’pgina shunga o’xshash shirinliklar mavjud.
Bu yerdagi barcha shirinliklar-u pishiriqlar glyutensiz bo’lib, ammo kichkinagina buxanka noni 9 000 so’m turadi. Bu yerdagi tortlar, pechenye va shirinliklar ta’m jihatdan umuman farq qilmay, balki oddiy pishiriqlardan ham mazaliroqdir. Bu yerda siz hatto protein va oqsillar bilan boyitilgan oqsilli muzqaymoqni ham topishingiz mumkin.
Bu do’konda granolalarning bir necha xil turi bo’lib, olmali, qulupnayli, klassik usuldagi va boshqacha ta’mdagilarini uchratishingiz mumkin.
Donli ekinlarning ko’pligidan ko’zingiz qamashib ketishi aniq. Yovvoyi guruch, qo’ng’ir guruch, basmati, bulg’ur va kuskuslargacha topish mumkin.Bu yerda hattoki kakosli shakardan sotib olsa bo’ladi.
Bu yerda sog’lom ovqatlanish uchun nafaqat yeguliklar, balki organik kosmetika kabi ko’pgina qiziqarli mahsulotlarga ham ko’zingiz tushadi. Do’konning o’z internet sahifasi bo’lib, shuningdek yetkazib berish xizmati ham mavjud bo’lib, Toshkentdan tashqari joylarga ham yetkazib beriladi.
Manzil: Buyuk ipak yo’li ko’chasi, Ц-1, 26-uy. Mo’ljal: Dolce Italia kafesi.
Telefon: (+99871) 233−10−24.
Web-sahifa: bobsredmill.uz
Facebook: facebook.com/bobsredmilluz
Instagram: instagram.com/bobsredmilluz