Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Parmigiano Reggiano parmezan pishlog’i
Yangiliklar bo’limimizda bizlar poytaxtimiz shaxobchalarida sotuvga chiqqan yangi mahsulotlar haqida gfapirib beramiz. Bugungi maqolamizning qahramoni, italyancha parmezan pishlog’i bo’ldi.
Bu pishloq haqida avval qisqacha ma’lumot bersak. Parmezan italyancha mashhur qattiq pishloqlardan biri bo’lib, u uzoq vaqt davomida tayyorlaniladi. U sho’rroq ta’mda bo’lib, o’zgacha noodatiy ta’mi bilan boshqa pishloqlardan farq qiladi. Bu pishloqniaprel oyida tayyorlashni boshlab, noyabrda tugatishadi. Bundan keyin bu pishloq 12 oydan 36 oygacha bo’lgan vaqtgacha pishadi. Pishloq qanchalik eski, ya’ni uzoq vaqt tayyorlanilgan bo’lsa, u shunchalik qimmat turadi. 1 kilo parmezan pishloqi olish uchun, 16 litr sutdan foydalanishadi. Bu pishloq shunchalik foydali ekanki, uni hatto uchuvchilar ham o’zlarining kundalik taomnomalariga kiritishgan. Shunday qilib, bizlar ham bunday pishloqdan sotib oldik va o’z taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz.
Qadog’i
Parmigiano Reggiano pishlog’i har xil rangdagi vakumli yelim qog’ozda qadoqlanilgan bo’lib, og’irligi 100 grammni tashkil qiladi. Mahsulot qadog’ining ikki tomonida DOP belgisi (Denominazione di Origine Protetta) bo’lib, bu mahsulot haqiqiyligini bildiradi.
Ishlab chiqarilgan mamlakat: Italiya.
Ta’mi
Parmezan pishlog’i butun dunyoda mashhur bo’lib, o’zgacha ta’mga ega. Uni birinchi marotaba iste’mol qiluvchilarga ta’mi biroz noodatiyroq tuyulishi mumkin.
Tarkibi
Haqiqiy parmezan faqatgina quyidagi masallilardan tashkil topadi: sut, tuz, shirdon suvi. Qadog’ida bulardan tashqari hech qanday ortiqcha masalliqlarga ko’zingiz tushmaydi.
100 gramm mahsulotning ozuqaviy qiymatini quyidagilar tashkil qiladi: 28,4 gramm yog’lar, 0 gramm uglevodlar, 33 gramm oqsillar
Energetik quvvati 1633 kKal
Qanday saqlash kerak
O’zining germetik qadog’ida, yopiq holatda saqlash kerak. Mahsulotni +4/+6 °C haroratda sovutgichda saqlash tavsiya qilinadi.
Narxi
Korzinka.uz tarmog’idagi supermarketlarda mahsulot 21 590 so’m narxda turadi.*
Xulosa
Haqiqiy italyancha parmezan pishlog’i o’zgacha ta’mda bo’lib, taomlarga o’zgacha maza bag’ishlaydi. Ammo narxi esa biroz qimmatroq.
*Mahsulot narxlari manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.