Multivarkani to’g’ri tanlash
Multivarka nima, undan qanday maqsadlarda foydalanish mumkin va ularni to’g’ri tanlash haqida bizning maqolada tanishib olasiz.
Multivarka bu elektr toki bilan ishlaydigan qozon bo’lib, unda har xil sho’rvalar qaynatsa, sabzavot va go’shtlarni dimlab pishirsa va hattoki har xil shirinlik, yogurtlar tayyorlasa bo’ladi.
Multivarkaning ijobiy va salbiy tomonlari
Multivarka sotib olishdan avval, yaxshilab o’ylab ko’rish lozim: uni har doim ishlatishga ko’zingiz yetsa, bir-ikki ishlatib so’ng chetga olib qo’ymasligingizga ishonchingiz komil bo’lsa, unda quyidagi ijobiy va salbiy tomonlarini ham hisobga olgan holda qaror chiqarishingiz mumkin.
Ijobiy tomonlari
- qulay hajmi: multivarka ko’p joyni olmaydi
- oddiy ovqatlarni tayyorlashda anchagina vaqtni tejashi
- vazifasining ko’pligi: taomlardan tortib yogurtlargacha tayyorlashingiz mumkin
- multivarkada parhezbop, shuningdek bolalar uchun ham taomlar tayyorlashingiz mumkin, masalan har xil bo’tqalar
- multivarkada pishiriladigan taomning tagiga olmaydi
Salbiy tomonlari
- faqatgina bir martaga yetadigan taom tayyorlash mumkin
- tayyorlash jarayonida ochib, ta’tib ko’ra olmaysiz
- oddiy multivarkada taom, gaz plitasiga nisbatan sustroq tayyorlaniladi
Quyidagi vaziyatlarda multivarkadan foydalaning:
- taom tayyorlashni bilmasangiz, yoki bunga ko’p vaqt sarflashni istamasangiz
- уagar yosh bolalaringiz bo’lsa
- gaz plitasi yoki gaz pechidan foydalanishga imkoniyatingiz bo’lmasa
Multivarkaning narxi nimaga bog’liq
Toshkentning savdo shaxobchalarida multivarkalarni 300 000 so’mdan ortiq va 2 000 000 so’mgacha narxlarda topish mumkin. Ularning narxi quyidagilarga bog’liq:
- brendiga
- qozonining nimadan qoplanganligiga: keramika qoplamali qozonlar teflonli qoplamalaridan qimmatroq turadi.
- 3D-iqizitilish
- qozonning hajmi
Sotib olishda nimalarga e’tibor qaratish lozim
Vazifalari
Hamma multivarkalarda quyiodagi standart tartiblar mavjud: qaynatish, dimlash, ovqatlarni bug’da pishirish, pishiriq va hokazo. Ammo bulardan tashqari yana bir necha vazifalarni o’zida qamrab oluvchi multivarkalar ham mavjud.
- Multipovar – multivarka tartibi, bunda taomning tayyorlash harorati va vaqtini o’zingiz belgilaysiz.
- Mening retsept yoki Multipovar plus – bunday vazifali multivarkalarda o’z retseptingiz asosida biron nima pishirishingiz mumkin.
- «Отложенный старт» vazifasi ko’pgina multivarkalarda mavjud bo’lib, bunda taomni bir necha soatdan keyin tayyorlashga qo’yishingiz mumkin. Masalan taom masalliqlarini solib, 12-24 soatdan so’ng tayyorlashga qo’ysangiz, ishga borib kelishingizga issiqina taom tayyor bo’lib turadi. Yoki kechasi uxlashdan oldin bo’tqa masalliqlarini solib qo’ysangiz, ertalabga issiqina nonushta amringizga muntazir bo’lib turadi.
- Avtomatik isitish – multivarkalar vazifasi tayyorlanilgan taom sovib qolmasligi uchuin uni issiq tutib turadi.
3D-isitish
Oddiy multivarkalar taomni faqatgina ostidan isitib beradi, 3D multivarkalar esa uni 3 tomonidan isitib berish imkoniga ega: bunda pishiriladigan pishiriqlar esa, hamma joyi bir xil chiroyli bo’lib pishadi.
Quvvati
Multivarkalar 450 Vt dan 1 500 Vt gacha va undan ortiq quvvatda bo’ladi. Tayyorlash tezligi esa quvvatiga bog’liqdir – чем она больше, тем быстрее приготовится еда.
Olinadigan qopqoq
Hamma multivarkalarning ham qopqog’i olinavermaydi – bu esa uni yuvishda, qiyinchilik tug’diradi. Ammo bunday vazifa esa hamma multivarkalarda ham mavjud emas.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin
Mediapark.uz internet do’konida
- 402 000 so’mdan: Polaris multivarkasi – 45 ta dastur, 3 litrli tagi olmaydigan keramik qozon, 500 Vt, isitib berish dasturi.
- 2 301 000 so’mgacha: DeLonghi multivarkasi – 7 ta tartib, 5 litrli keramik qozon, 2 300 Vt, isitib berish dasturi, aerogrill, aerofrityura, gaz pechi va tova.
Arba.uz internet do’konida
- 419 300 so’mdan: Polaris multivarkasi – 10 ta dastur, 3 litrli tagi olmaydigan keramik qozon, 860 Vt, “Mening retsept”.
- 1 269 900 so’mgacha: Phillips multivarkasi – 8 ta dastur, 4 litrli tagi olmaydigan keramik qozon, 980 Vt, 3D-isitish, xotirani saqlanib qolishi, 18 xil tartib.
Home24.uz internet do’konida
- 371 250 so’mdan: Polaris multivarkasi – 30 ta dastur, 3 litrli tagi olmaydigan keramik idish, 500 Vt, “Multipovar” vazifasi.
- 1 515 938 so’mgacha: Panasonic multivarkasi – 20 ta dastur, 5 litrli tagi olmaydigan keramik qozon, 840 Vt, isitib berish dasturi.
Mytech.uz internet do’konida
- 731 000 so’mdan: Polaris multivarkasi – 12 ta dastur, 5 litrli keramik idish, 650 Vt, “Мультиповар” vazifasi, isitib berish vazifasi.
- 1 505 000 so’mgacha: Bosch multivarkasi – 48 ta dastur, 5 litrli tagi olmaydigan keramik idish, 900 Vt, 3D-isitish vazifasi, “Multipovar” va isitish vazifasi.
Sbazar.uz internet do’konida
- 453 750 so’mdan: Artel multivarkasi – 30 ta dastur, 5 litrli keramik idish, 700 Vt.
- 1 278 750 so’mgacha: Panasonic multivarkasi – 18 ta tartib, 5 litrli keramik idish, 670 Vt.
*Mahsulot narxlari manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.