Breadly – non shahridagi non makoni
Nonning xilma-xil turlari o’zining xushbo’y hidi bilann dimog’ni qitiqlaydigan, bir-biridan chiroyli pishiriqlari bilan esa ko’zni quvontiradigan bir maskan bo’lib, bu joy Breadly Boulangerie deb ataladi.
Toshkentda mahsulotlarni original va san’at darajasida yetkazib beruvchilar hali juda kam. Poytaxtimizdagi Breadly makoni esa aynan shunday. Bu yerda iste’molchilarga taqdim etiladigan har bir mahsulot alohida mehr va e’tibor bilan tayyorlaniladi. Xamir uchun tayyorlanilgan achitqidan tortib, unga xodimlar tomonidan alohida e’tibor bilan tayyorlaniladi.
Bu yerdagi pazandalar o’z ishining haqiqiy mohir ustalari bo’lib, yeguliklarga qarab haqiqatdan ham shunday deyishingiz aniq.
““Men nonlar pishirilgandan so’ng, kun bo’yi mashinada u yerdan bu yerga yetkazilishiga qarshiman. Bu paytgacha ular sovib, biroz bo’lsada o’z mazasini yo’qotadi. Bizlarda pisiriqlar sotilish vaqtiga qarab me’yorida pishiriladi. Masalan, nonushtada, tushlik yoki kechki ovqat vaqtida kelib, issiqina non mahsulotlarimizdan bahramand bo’lishingiz mumkin.”, – deydi Breadlyning asoschisi Diyora Karimova.
Breadlyda siz 10 xildan ortiq non mahsulotlarini xarid qilishingiz mumkin. Ularning ayrimlarini esa bu yerdan tashqari Toshkentning boshqa joylarida uchratmaysiz.
Fitnes to’g’ri ovqatlanish tartibiga rioya qiluvchilar uchun bu yerda fitbes tartin noni ham mavjud bo’lib, u xamirturushsiz tayyorlanilgan.
Bu yerning xodimlari o’zlarining kruassanlarini ta’tib ko’rishingizni maslahat berishadi. Bu kruassanlarni iste’mol qilib, Toshkentni o’zida Parijni his qilasiz.
Bu yerga kelib nonushta qilishingiz, yoki kechroq bolalar bilan kelib, mazali shirinliklardan bahramand bo’lishingiz, so’ng ularni bolalar xonasiga yuborib, o’zingiz dam olishingiz mumkin,
Manzil: Oqqo’rg’on ko’chasi, 25 (mo’ljal: eski Novomaskovskaya ko’chasi, “Start” stadioni)
Telefon raqami:+99871 2356755; +998977220203
Facebook: https://www.facebook.com/breadly.bakery/
Instagram: https://www.instagram.com/breadly_boulangerie/