Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Oromdan echki sut mahsulotlari
Bugun sizlarga o’zimizda ishlab chiqarilgan yangi va juda foydali mahsulot bo’lmish, echki suti va qatig’i bilan tanishtirib o’tamiz.
Bunday mahsulot Toshkent savdo shaxobchalarida hali ilk marotaba savdoga qo’yildi.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Qadog’i
Yangi mahsulot rangsiz plastik idishlarda qadoqlanilgan bo’lib, qopqog’i ustidan qog’oz bilan yopib qo’yilgan. Mahsulot hajmi 450 grammni tashkil qilib, o’zimizning O’zbekistonda ishlab chiqarilgan.
Ta’mi
Echki suti va qatig’ining o’ziga xos ta’mi bo’lib, uni oddiy sutdan farqlash juda oson. Mahsulotlar yoqimli hid va yaxshi ko’rinishga ega.
Tarkibi
Qadog’ida yozib qo’yilganidek mahsulot 100 % tabiiydir.
Ozuqaviy qiymati 100 gramm mahsulot quyidagilarni tashkil qiladi: yog’lar – 3,2 gr, uglevodlar – 5,6 gr, oqsillar – 3,0 gr.
Energetik quvvati: 63,2 kKal ni tashkil qiladi.
To’g’ri saqlash
4 °C haroratda saqlash kerak. SAqlash muddati esa 72 soatni tashkil qiladi. Ishlab chiqarilgan sanasi yozib qo’yilgan.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin
Echki suti poytaxtimizdagi Korzinka.uz tarmog’laridagi bir nechagina supermarketlarda sotiladi: Abay, Qoratosh, Mercato, Yunusobod, TTZ, Qorasu, Aviator, Salom, Riyoziy va Sayram ko’chalarida. 12 dan 25-aprelgacha mahsulotning bahosi 6 990 so’mni tashkil qiladi.*
Xulosa
O’zimizda ishlab chiqarilayotgan ko’pgina mahsulotlar o’zining sifati va ta’mi bilan ko’pchilikni xursand qilib kelmoqda. Qadimda echki sutini dorivor vosita deb sanashgan. Aytishlaricha, qadimgi Gretsiyada Zevs echki suti berib katta bo’lgan ekan. Bu mahsulotlarning ta’mi balki ba’zilarga yoqmas, ammo uning foydasi esa organizm uchun tengsizdir.
*Mahsulot narxlari manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.