Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Algidadan «Keyif» muzqaymog’i
Zira sizlarni poytaxtimiz savdo markazlarida sotuvga qo’yilgan yangi mahsulotlar bilan sizlarni muntazam tanishtirib boradi. Bugungi maqolamizning qahramoni esa Turkiyada ishlab chiqarilgan Algidadan «Keyif» muzqaymog’i bo’ldi.
Qadog’i
Turkiyada ishlab chiqarilgan bu mahsulot plastmassa idishda qadoqlanilgan bo’lib, mahsulot birdaniga 3 xil ta’mli muzqaymoqlardan tashkil topgan. Biz sotib olgan mahsulotimiz shokoladli, vanilli va qulupnayli muzqaymoqlardan tashkil qopgan. Mahsulotning og’irligi 735 grammni tashkil qiladi. Mahsulot qopqog’ida u haqidagi barcha ma’lumotlar yozib qo’yilgan.
Ta’mi
Muzqaymoq mayin bo’lib, shakari o’rta me’yorda. Qulupnay ta’mlisi esa biroz nordonroq ta’mda. Shokoladlisidan kakao va yong’oqlarning isi ufurib turadi, ammo tarkibida shokolad va yong’oq bo’lakchalari mavjud emas.
Tarkibi
Suv, shakar, glyukoza, mevalar qiyomi, o’simlik yog’i (kakos va palma yog’i), yog’sizlantirilgan quruq sut, zaqdob, emulgator, stabilizator, kakao kukuni, bo’yoqlar, tabiiy xushbo’ylantiruvchilar. Turkiyada ishlab chiqarilgan.
100 gramm mahsulotning ozuqaviy qiymati: yog’lar – 7 gr, oqsillar – 2,5 gr.
Energetik qiymati – 100 gramm mahsulot 160 kKal ni tashkil qiladi.
To’g’ri saqlash
-18 °C dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlanishi kerak.
Qayerda qancha narxda turadi
Korzinka.uz tarmog’laridagi supermarketlarda 735 grammli muzqaymoq 49 990 so’m turadi.
Xulosa
Mahsulot hajmining kattaligi va birdaniga 3 xil ta’mni o’zida kasb etishi ko’pchilikka yoqsa kerak. Qadog’i uni saqlashda qulay. Muzqaymoq shinavandalariga bu mahsulot yoqishi aniq.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
3 Sharhlar Hide Comments
Izohingizni yozib qoldiring
Izoh qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.
Mana shu muzqaymoq savdosini navoiy viloyatida tashkil qilsam menga kampaniya yordam beradimi
Assalomu aleykum! Bizlar bu mahsulotlar haqida shunchaki ma’lumotlar berib boramiz. Bu masalada siz ishlab chiqaruvchilarning o’zlari bilan bog’lanib, gaplashib olishingiz kerak.
Mahsulot savdosi qanday tartibda olib boriladi