Rukkola ko’kati to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar
Rukkola ko’kati yaqindan beri o’zimizning mamlakatda ham yetishtirila boshlandi. Zira bugun sizlarga bu ko’kat to’g’risida bir nechta qiziqarli ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etadi.
Begona o’tmi yoki superfud?
Rukkolaning bir nechta nomlari bo’lib, ular quyidagilar: roket-salat, indau, eruka, arugula va yana bir necha nomlar bilan ataladi. Bu ko’kat qadimiy Rim davridan mavjud bo’lib, Yevropa va Amerikada ham keng tarqalgan bo’lib, u superfud mahsulot sanalar ekan.
O’zbekistonda esa rukkolani faqatgina 2016-yildan boshlab yetishtira boshlashdi. Ko’pgina mamlakatlarda bu ko’kat xuddi begona o’tga o’xshab o’zi o’sib chiqsa, bizning yurtda esa uning uchun alohida e’tibor va g’amxo’rlikni talab qiladi. Uni tez-tez sug’orish, quyoshning issiq nurlaridan himoyalash lozim. Shuning uchun ham bu ko’katni o’zingiz uyda, gultuvaklarga ekib yetishtirishingiz ham mumkin ekan.
Rukkola nimasi bilan foydali?
Nima uchun rukkola superfud mahsulot sanalar ekan? Birinchidan, unda temir va kalsiy ko’p bo’lib, suyak va qon-tomirlar faoliyatlarini yaxshilasa, ikkinchidan, hujayralarni qarishini sustlashtiradi, suv va tuz muvozanatini me’yorlashtiradi, quvvatlantirib asablarni tinchlantiradi.
Va nihoyat, rukkola parhez tutuvchi insonlar uchun ajoyib mahsulot sanaladi. U o’zida ko’pgina biriktiruvchi to’qimalarni saqlab, uzoq vaqt to’qlik hissini ushalab turadi. 100 gramm rukkola 25 kKalni tashkil qilib, ulardan: 0.7 grammi yog’lar, 2.6 grammi oqsillar va 3.7 grammi uglevodlardir.
Nima uchun rukkola achchiq ta’mga ega?
Ko’pchilik rukkolani o’ziga xos hidi va o’tkir ta’mi sabab ham yoqtirmaydi. Gap shundaki, u o’zida efir moylarini saqlab, shu moylar achchimtir ta’m beradi.
Rukkolani yosh barglilaridan sotib oling, chunki ular kattalariga nisbatan achchiqligi kamroq. Rukkola ko’kati uzunligi 10-12 sm dan oshsa, demak bilingki, u achchiq ta’mda bo’lishi aniq.
Yana bir qiziqarli fakt – yozda o’sgan rukkolalar bahordagisiga nisbatan o’tkirroq ta’mda bo’ladi.
Rukkoladagi achchiq ta’mni qanday bartaraf etish mumkin?
Rukkolaning achchiqligini batamom yo’qotib bo’lmaydi, faqatgina biroz yumshatishga erishish mumkin. Quyida bir necha usullar bilan tanishib oling:
- ko’kat ustidan tuzli suv quying, so’ng muzdek suvda yuving va quriting.
- ustidan qaynoq suv quying va darhol to’kib, sovuq suvda yuvib oling.
- rukkolali salatga boshqa ko’katlardan ham soling: salat bargi, ismaloq, avokado, tovuq. Pomidor va pishloq ham achimtir ta’mni bartaraf etadi.
Rukkolani to’g’ri tayyorlash?
E’tibor berganmisiz, nimaga ba’zi bir retseptlarda ko’katlarni qo’lda bo’ling, pichoq bilan to’g’ramang, deyishadi? Gap shundaki, rukkolani metalga tegizsangiz, u o’zidan achchiq ta’m ajratadi.
Rukkoladan tayyorlanilgan salatni ertaga qoldirish mumkin emas. Ko’kat barglari o’zining barcha foydali xususiyatlarini yo’qotadi. Shuning uchun ham rukkolani bir kundan ortiq saqlash tavsiya qilinmaydi.
Rukkolani xohlagan taom va salatlarga, smuzilarga ham solish mumkin.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
3 Sharhlar Hide Comments
Izohingizni yozib qoldiring
Izoh qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.
zor malumotlar gap yo
Рахмат!)
Salom men bu oʻsimlik urugʻini oldim BuxDU olimlaridan endi sinab koʻraman