Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulot: Grissini – nonli tayoqchalar
Savdo shaxobchalarida aylanib yurib, Grissini nomli italyancha nonli tayoqchalarga ko’zimiz tushdi. «O’zbekistonda ishlab chiqarilgan» yozuvi bizni juda qiziqtirdi va undan darrov sotib olib, baholamoqchi bo’ldik.
Taassurotlarimiz bilan hoziroq bo’lishamiz.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Grissini- bu italiyada juda ham sevimli bo’lgan nonli tayoqchalar bo’lib, u yerda uni restoran va kafelarda taom va ichimliklarga gazak sifatida tortilar ekan. Ba’zi bir afsonalarga qaraganda, bunday qarsildoq yeguliklar qirollikdagi barchani bee’tibor qoldirmagan ekan. Felicita savdo belgisi ostidagi aynan shu mahsulot bizning diqqatimizni tortdi.
Qadog’i
Bu mahsulotni supermarketlarning peshtaxtalaridan topish oson. Grissini deb yozilgan, oq karton qog’zolarda qadoqlangan bu yeguliklarning bir necha xil turi mavjud. Mahsulotning og’irligi 180 va 90 grammlarni tashkil qiladi.
Tarkibi
Tarkibi: un, o’simlik yog’i, xamirturush, tuz, pomidor pastasi, rayhon, rozmarin, sedana, zira, sarimsoqpiyoz, piyoz va xushbo’ylantiruvchi moddalar.
Ozuqaviy qiymati: 100 gr mahsulot quyidagilarni saqlaydi, yog’lar- 11,25 gr, oqsillar – 11,73 gr, uglevodlar – 75,44 gr.
Energetik quvvati – 100 gramm mahsulot 447 kKal ni tashkil etadi.
Ta’mi
Grissini Felicita juda qarsildoq va mazali bo’lib, barchaga yoqishi aniq. Har xil ta’mli bu tayoqchalarning bir necha ko’rinishlari mavjud.
Qanday va qancha muddat saqlash mumkin
Grissinlarni +37,7° dan yuqori bo’lmagan salqin, quyosh nuri tushmaydigan joyda saqlash kerak. Ishlab chiqarilgan kundan boshlab 180 kungacha saqlash mumkin.
Narxi
Makro tarmog’idagi supemarketlarda mahsulotning katta qadoqlisi 5 190 so’m, kichkinasi esa 2 990 so’m turadi.
Arba.uz internet sahifasida bu mahsulot 3 390 so’m narxda turadi.
Turlari
Mahsulotning 3 xil ko’rinishlari sotuvga qo’yilgan bo’lib, ular quyidagilar: pishloqli, pomidorli va sarimsoqpiyozli.
Xulosa
Bu mahsulot qulay qadoqlarda bo’lib, o’zimiz bilan ishga, o’qishga yoki bolalarga maktabga birga olib borishlari uchuin berib yuborishga juda qulay. Har xil sabzavot-u pishloqlar bilan to’yintirilgan ajoyib ta’mi esa hech kimni befarq qoldirmasligi aniq.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.