Casa – Belgiya sifatli idishlar do’koni
Bugun Zira sizlarga Belgiyaning yuqori sifatli idishlari sotiladigan Casa nomli ajoyib do’kon haqida gapirib beradi.
Casa – bu Belgiyaning eng sifatli idishlar to’plami va tekstil mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi, dunyoning 10 mamlakatida 500 ta do’konlariga ega brenddir. Toshkentda ham shunday do’kon mavjud bo’lib, u yerda siz quyidagi mahsulotlarni sotib olish imkoniyatiga egasiz.
Casa so’zi “Uy” deb tarjima qilinadi. Bu ishlab chiqaruvchi mahsulotlarida sifat va qulaylik birinchi o’ringa qo’yiladi. Mahsulotlarning didli ko’rinishi va ishlatishdagi qulayligi Casaning o’ziga xos xususiyati sanaladi.
Samarqand Darvoza savdo majmuasidagi Casa do’koni o’zining ajoyib mahsulotlari bilan barchani ko’zini quvontirishi aniq.
Choy va qahva uchun idish deysizmi, ovqat uchun likopchalarmi hammasidan mavjud. Bundan tashqari bu yerdagi idishlar bir xil ranglarda bo’lib qolmasdan, bir-necha ranglar bilan ham uyg’unlashgan.
Bu yerda bambukdan yasalgan ekologik toza mahsulotlar ham mavjud bo’lib, ularni och ko’k va siyohrang kabi yoqimli rangidan darrov farqlash mumkin.
Sharbat solishga mo’ljallangan shishali bankahalar mavjud bo’lib, original ko’rinishi bilan quvontiradi.
Bu yerda shuningdek xushbo’y iforli shamlarni ham topish mumkin.
Casa do’koni sfat va qulaylikni xohlovchi bekalar uchun ajoyib makonga aylanishi shubhasiz.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.