Suli yormasi to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar
Suli yormasidan tayyorlanilgan bo’tqalar juda foydali ekanligini bilamiz. Lekin ularning hammasi ham bir xil foydali emasligidan xabaringiz bormi? Bu haqida bizda to’liq o’qib oling!
Sulini 19-asrgacha faqatgina kambag’allar va qoramollar iste’mol qilishgan
Suli yormasi hozirda foydali mahsulot sanalib, deyarli dunyoning barcha chekkalarida undan iste’mol qilinadi. Lekin avvallari sulini faqatgina kambag’al insonlar va qoramollar tomonidan iste’mol qilingan. Bu 19-asrgacha shunday davom etgan, faqatgina suli yormalari tayyorlanilgandan so’ng ular barcha insonlar tomonidan sevib iste’mol qilingan. Uning foydali tomonlari aniqlanilganidan so’ng esa u hattoki yulduzlar tomonidan ham tanovvul qilingan.
Suli yormasi nimasi bilan mashhur?
Ba’zi bir manbalarda yozilishicha suli bo’tqasi ko’pgina mashhur insonlarning har kunlik ovqatlanish tartibiga kiradi. Ayshvariya Ray, Kristi Terlington, Demi Mur, Elizabet Xerlilar bunday bo’tqalarning shinavandalari sanalishadi. Bunday bo’tqalar darrov jonga tegib qolmasligi uchun ularga har xil mevalar, yong’oqlar va boshqa shirinliklardan qo’shish mumkin. Bunday bo’tqalar ham mazali ham foydali bo’ladi.
Suli bo’tqasi organizmga kuch-quvvat va to’qlik hissini baxsh etadi. «Gerkules» suli yormasining energetik quvvati 100 gramm mahsulotda 352 kKalni tashkil qiladi.
Barcha suli yormalari ham foydali emas
Balki bu sizga biroz g’alatiroq tuyular. Lekin xuddi shunday.
Bozor va savdo shaxobchalarida sulining uch xil turini uchratishimiz mumkin: suli yormasi, gerkules va tez tayyorlaniladigan suli parchalari.
Suli yormasi – bu sulining tozalanmagan urug’lari bo’lib, ko’pgina foydali moddalar va biriktiruvchi to’qimalarni o’zida saqlaydi. Qayta ishlash jarayoninig kamligi sabab ham barcha vitaminlari saqlanib qoladi. Ammo uni uzoq vaqt qaynatishni talab qilishi sabab ham ko’pchilikka yoqmaydi, chunki ularni 40 daqiqadan 60 daqiqagacha bo’lgan vaqtda qaynatish kerak bo’ladi.
Gerkules – bu qayta ishlangan suli yormasi. Uni tozalashadi, ishlov berishadi, teng ikkiga bo’lib, silliqlashadi. Bunday qayta ishlovda undagi ba’zi bir foydali moddalar o’z xususiyatini yo’qotadi. Ular 15-20 daqiqa davomida qaynatib pishiriladi.
Tez tayyorlaniladigan suli parchalari 3 daqiqada tayyor bo’lib, ular qaynatishni talab qilmaydi. Ular qayta ishlash jarayonining ko’pligi sabab ham foydali xususiyatlari kamayadi, kraxmal miqdori esa ko’payadi. Kraxmal avval shakarga, so’ng esa yog’ga aylanib qoladi.
Gerkulesni yuvish shartmi?
Ba’zan gerkulesni qaynatayotganimizda, ustida qora ko’piklar suzilib chiqadi. Bunday holatga duch kelmaslik uchun suli nyormalarini pishirishdan oldin yuvish zarar qilmaydi. Yoki yuvmasdan qaynash jarayonida ustidagi ko’pikini olib tashlash bilan ham chegaralanib qolishingiz mumkin. Qaysi bir usulni tanlash o’zingizga havola.
Nima sababdan suli bo’tqasi bemaza chiqishi mumkin?
Ba’zan suli bo’tqalari pishirganimizda tashqi ko’rinishi qandaydir yopishqoqday bo’lib, ta’mi ham bemaza chiqadi. Bu uni noto’g’ri qaynatganimizdan dalolat beradi. Suli bo’tqasini to’g’ri pishirishni xohlasangiz quyidagi maslahatlarimizga amal qiling.
- bo’tqani suvda qaynatasizmi? Uni sutga almashtiring. Buning sabablari bir nechta: birinchidan, suvda pishirilgan suli bo’tqasi yopishqoq bo’lib pishsa, ikkinchidan bo’tqa uzoq vaqt qorningizni to’q tutib turishi uchun ham u sutdagi oqsilga muhtojlik sezadi. Bo’tqaga shuningdek har xil yong’oqlardan ham qo’shish mumkin.
- suli parchalarini vaqtida soling. Silliq, kremsifat bo’tqani xohlasangiz, unda suli parchalarini qaynayotgan sutga soling. Suli parchalari shaklini saqlab qolishini istaysizmi? Unda uni sovuq sutga soling.
- tuz qo’shing. Agarda siz shirin bo’tqa tayyorlayotgan bo’lsangiz ham, unga bir chimdim tuz qo’shing. Eng asosiysi – tuz bo’tqani yopishqoq bo’lib qolishidan saqlaydi.
- bo’tqani oxirigacha qaynating. Bo’tqalarni oxirigacha yaxshilab pishirmasangiz, u qotib qoladi va yeyishga ham juda noqulay, ta’msiz bo’lib pishadi. Shuning uchun ham olovni o’chirishdan avval bo’tqani yaxshi pishganiga ishonch hosil qiling.
Suli yormasidan yana nimalarda foydalansa bo’ladi?
- Suli yormasidan har xil pishiriqlar, pechenyelar, granolalar ham tayyorlasa bo’ladi.
Suli yormasini nafaqat yeguliklar tayyorlashda, balki:
- sovutgichdagi noxush hiddan qutulishda ham foydalansa bo’ladi. Suli yormasini idishga soling va sovutgichga solib qo’ying, asta-sekinlik bilan u noxush hidni o’ziga singdiradi.
- British Skin Foundation dermatologining so’ziga ko’ra suli yormasi quyosh nurida kuygan teriga malham bo’lar ekan. Uni sutga aralashtirib, birozga kuygan teriga surtib qo’ysangiz bas.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
2 Sharhlar Hide Comments
Izohingizni yozib qoldiring
Izoh qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.
Suli yormasini ozish uchun foydali bo’lgan tomoni haqida
Suli yorma ozdiradimi qay tartibda ichish kerak ozish uchun