Oshxona tarozisini to’g’ri tanlash
Dunyo oshxonalarining bosh oshpazlarining har bir oshxonada bo’lishi kerak bo’lgan buyumlar ro’yxatida birinchi o’rinda oshxona tarozisi turar ekan.
Gordon Ramzining aytishicha, agarda siz har xil pishiriqlarni yoqtirsangiz, unda oshxona tarozisi sizda bo’lishi shart. Jeymi Oliver ham DKB Household ostidagi savdo belgisi bilan birgalikda yangicha ko’rinishdagi oshxona tarozilarini olishni tavsiya qiladi.
Qachon tarozi sizga kerak bo’lishi mumkin?
Oshxona tarozisi sizga quyidagi holatlarda kerak bo’ladi:
- tez-tez pishiriqlar pishirsangiz va va bunda yangi retseptlardan birinchi bor tayyorlayotgan bo’lsangiz
- ozishga yoki to’g’ri ovqatlanishga rioya qilishga qaror qilgan bo’lsangiz
- tayyorlashni umuman bilmasangiz-u, lekin o’rganishga ahd qilgan bo’lsangiz
- pishiriqlarni yoqtirib, ularni sotuvga pishiradigan bo’lsangiz
- sog’lig’ingiz saaababli ham taomnomangizni muntazam tekshirib borsangiz.
Qanday tarozi tanlash kerak?
Taroziga sarflanadigan pulingiz havoga sovurilmasligi uchun ham, ularni to’g’ri tanlash haqida bir nechta maslahatlar berib o’tmoqchimiz.
Og’irroq bo’lgan mahsulotlarni ham ko’tarishga mo’ljallangan tarozidan xarid qiling
Hamma tarozilar har xil og’irlikdagi yuklarni ko’tarishga mo’ljallangan.
Bizning bozorlarda 3, 5, 8 va 10 kilogacha yuklarni ko’tarishga mo’ljallangan tarozilar mavjud bo’lib, ularning orasida eng keng tarqalganlari esa 5 kiloga mo’ljallangan oshxona tarozilari.
Agarda siz tuz, shakar va shunga o’xshash ziravorlarni tez-tez o’lchab tursangiz, unda qoshiq-tarozilardan foydalaning. Ulsr sotuvda juda ham kamchin bo’lib, ularni shuningdek Amazon internet do’konida $7,99 dan $14,99 narxgacha sotib olishingiz mumkin.
Idishli yoki hech narsasiz tarozilar, qaysi biri yaxshiroq?
Idishli tarozilar ham ikki xil bo’ladi: ajraladigan va ajralmaydigan idishli.
Ajraladigan idish pishiriqlar pishirish uchun juda qulay: unga masalliqlarni solib o’lchash va olib solish qulay. Bundan tashqari, idishni olib yuvish ham juda oson.
Ajralmaydigan idish noqulaylik tug’dirishi mumkin. Agarda masallilarni ko’proq solsangiz, ajralmasligi sabab ham ularni qayta olish qiyinchilik tug’dirishi mumkin.
Agarda siz quruq va suyuq masalliqlarni alohida-alohida o’lchaydigan bo’lsangiz, tarozi idishini muntazam ag’darib turishga to’g’ri keladi. Va albatta bunday tarozilarni yuvish ham juda qiyin.
Usti tekis tarozilar juda ham qulay bo’lib, masalliqlarni xohlagan idishingizga solib aralashtirishingiz mumkin. Bunday tarozilar oshxonada ko’p joy talab qilmasligi bilan ham juda qulay.
Qo’shimcha vazifali tarozilar kerakmi?
Tarozilar vazifasi soniga qarab turlicha bo’ladi.
- Eng oddiy tarozilar nolga keltirish va avtomatik o’chirilish vazifalarini bajaradi.
- Agarda siz xorijiy retseptlar asosida tayyorlaydigan bo’lsangiz, unda sizga grammlab, funtlab va boshqa shu kabilarga ega tarozilardan foydalanishingiz mumkin.
- suyuqlikni o’lchovchi tarozilar ham mavjud bo’lib, ular hatto kaloriyalarni ham o’lchab berish xususiyatiga ega
- Bundan tashqari «aqlli» tarozilar ham mavjud bo’lib, bunday tarozilar Bluetooth bilan ishlaydi. Ularda o’lchayotgan mahsulotlaringizni telefonga ulasangiz, u sizga bu mahsulotlarning tarkibi va foydali xususiyatlari haqida ma’lumot beradi.
Yana nimalarga ahamiyat qaratish kerak?
- tugmali yoki sensorli boshqaruv: hozirda ko’pchilik tarozilar sensorli tugmalarda ishlab chiqariliyapti. Bu tarozini artishda qulay.Tugmali tarozilarni artish mushkullik tug’dirishi mumkin.
- o’lchovning aniqligi: 1 yoki 2 gramm yozilgan tarozilar aniq o’lchash xususiyatiga ega.
- rezina oyoqli tarozilar: tarozi stolda mustahkam turishi va sirpanib ketmasligi kerak.
Narxlari
Biz aytib o’tganimizdek, tarozining narxi uning vazifalariga ham bog’liq. Biz quyida Toshkent savdo markazlaridagi tarozilarning narxlari haqida ma’lumot berib o’tamiz. Agarda siz ko’nglingizga yaqinini topmagan bo’lsangiz, unda Amazon internet do’konidan xohishingizga mosini albatta topa olasiz.
Mediapark savdo markazida:
- 99 000 so’mdan boshlanib: ko’pi bilan – 5 kilogacha og’irlikni ko’taribм, suyuqlikni o’lchash va nolga keltirish vazifalariga ega.
- 903 000 so’mgacha bo’lib: ko’pi bilan – 5 kilogacha bo’lib, kaloriya, oqsil, yog’, uglevod va xolesterin miqdorini hisoblab, ularni xotirasida saqlash vazifalariga ega.
Arba.uz internet do’konida:
- 179 700 so’mdan: 7 kilogacha og’irlikni ko’tarib, hech qanday qo’shimcha vazifalarga ega emas
- 481 100 so’mgacha bo’lib: ko’pi bilan – 3 kilogacha og’irlikni ko’tarib, suyuqlikni o’lchay oladi.
Mediapark.uz internet do’konida:
- 192 000 so’mdan boshlanib: ko’pi bilan – 8 kilogacha og’irlikni ko’taradi, nolga keltirish vazifasiga ega.
- 899 000 so’mgacha bo’lib: ko’pi bilan – 5 kilogacha yuk ko’taradi, kaloriya hisoblagich, oqsil, yog’, uglevod va xolesterin miqdorini hisoblab, ularni xotirasida saqlash vazifalariga ega.
Texnomart.uz internet do’koni:
- 370 000 so’mdan boshlanadi: ko’pi bilan – 8 kilogacha ko’tarib, nolga keltirish xususiyatiga ega.
- 580 000 so’mgacha bo’lib: ko’pi bilan – 5 kilogacha og’irlikni ko’taradi, ml, gr larni o’lchab, nolga keltirib, oxirgi o’lchangan sonini xotirasida saqlab qoladi.
*Mahsulot narxlari manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.