Fransiyaning ko’rki: Laduree pishiriqlar maskani tarixi
Bugungi bizning mavzu Fransiyaning dunyoga mashhur Laduree shirinlik maskani to’g’risida.
Laduree fransuzcha so’zdan olingan bo’lib, go’zal, betakror va nafis degan ma’nolarni bildiradi. Keng tarqalgan va ko’pchilikning sevimli shirinlikgiga aylangan makaronlarning hozirgi ko’rinishining asoschisi ham aynan shu makon sanaladi.
Bu joyning tarixi 1862-yilga borib taqaladi, yozuvchi Lui-Ernest Lyadyure (Louis-Ernest Ladurée) Madlen cherkovi yonidagi maydonda o’zining ilk novvoyxonasini ochadi.
9 yil o’tib, yong’in chiqadi va bu joy talofat ko’radi. Lyadyure xonim bundan foydalangan holda, bu yerda ayollarga mo’ljallangan kafe ochadi. Bu joyni bezatishni esa u rassom Jyulyu Shyorega ishonib topshiradi. Aynan shu rassom chizgan shiftdagi farishta surati keyinchalik Ladureening timsoliga aylanadi.
1930-yilda Laduree Pyor Defontonning sharofati bilan butun dunyoga taniladi. U ikkita yupqa bodomli pechenyeni krem yordamida bir-biriga yopishtirishni taklif qilgan va macarons deb nomlanuvchi shirinliklar hozirgi ko’rinishini aks ettirgan.
1997-yilda Maison Ladurée Fransiyaning markazlaridan birida o’zining restoran va kafesini ochgan. Gavjum bu ko’chada, turistlar ham ko’p kelib, Fransiyadan esdalik sifatida o’z yurtlariga aynan shu makaronlardan olib ketishgan. Bu shirinliklarni sotuvchilar o’ta chiroyli qadoqlarga chiroyli joylashtirib berishgan. Laduree shunda ularga estetik go’zallik bahsh ta oluvchi dizaynerlar bilan shartnoma tuzib, birga hamkorlikda ish boshlashgan. Bu yerdagi chiroyli qutichalarning dizayni bilan esa quyidagi mashhur italyan dizaynerlari shug’ullanishgan: Marni, Lanvin, Jan-Pol Gotye, Kristian Lubuten, Djon Galyano, Terri Myugler va boshqalar.
2005-yilda Laduréeni ilk bor Fransiyadan tashqari Londonda ham ochiladi. Bugungi kunda Maison Ladurée dunyoning 25 davlatida mavjud. Restoran-u kafelarda bu yerdagi shirinliklar hozirda ham juda chiroyli va did bilan tanlangan idishlarda tortiladi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.