Mahsulotlarni ko’zdan kechirish: tvorog
Hozirgi kunda do’kon peshtaxtalarida tvorogning juda ko’p turlarini uchratishimiz mumkin. Tabiiy tvorogni qanday tanlash kerak, bugun batafsil bilib olasiz.
To’g’ri tanlash
Yog’li, yarim yog’li yoki parhezbop, qo’shimchalar qo’shilgan yoki ularsiz tayyorlanilgan tvorog, qaysi biri mazali va foydali? Tvorogni tanlash unchalik ham qiyin emas – bu hammaning ta’biga bog’liq.
Yog’li tvorogning foydasi kamroq sanaladimi?
Menimcha, tvorog sotib olish vaqtida sizni bir marta bo’lsa ham shu savol o’ylantirib qo’ygan – ayniqsa, siz ozishga harakat qilayotgan bo’lsangiz. Nima uchun dietologlar o’rtacha yog’li tvorogni tavsiya qilishlari sababini o’rgansak.
Tvorog 3 xil bo’ladi:
- yog’li 19 dan 23% gacha yog’ni o’zida saqlaydi
- klassik yoki o’rtacha yog’li – 4 dan 18% gacha
- yog’sizlantirilgan 1,8 – 2% gacha bo’ladi.
Tvorogning yog’liligi avvalambor uning kaloriyasiga ta’sir ko’rsatadi. Taqqoslang: 100 gramm yog’sizlantirilgan tvorog 58 kKal ni saqlasa, а 100 garmm 18% foizli tvorog esa – 232 kKalni tashkil qiladi. Katta farq, to’g’rimi?
Biroq darrov yog’sizlantirilgan tvorogga o’tishga shoshilmang: bunda o’zining minus tomonlari ham mavjud. Tarkibi bo’yicha barcha tvorog bir xil, ularning hammasida oqsil, kalsiy, fosfor va ko’pgina A,E,D guruh vitaminlari mavjud bo’lib, ular teri va sochning tovlanishi, tirnoqlarning sinmasligi uchun ham katta rol o’ynab, faqatgina ular tvorogning tarkibidagi yog’ sabab ham organizmga tez singadi. Yog’siz tvorogda esa bunday emas.
Shu sabab ham 9 dan 18% gacha bo’lgan tvorogni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Agarda sizga salomatligingiz sabab ham yog’siz mahsulotlar tavsiya qilinsa, unda 5 dan 9% gacha bo’lgan tvorogni iste’mol qiling. Bunday tvorog foydali xususiyatlarni tezda singdiradi va ortiqcha vaznga yo’l qo’ymaydi.
Tarkibida nimalar bo’lishi kerak?
Tvorogning tarkibi juda oddiy: sut va tomizg’i. Bundan tashqari uning tarkibida boshqa moddalar ham bo’lishi mumkin: xlorli kalsiy, tarkibida shirdon suvi bo’lgan ferment, quruq sut va qaymoq, sariyog’, sut kislota hosil qiladigan bakteriyalar. Tvorogning tarkibida bo’yoqlar, har xil ta’mni kuchaytiruvchi va quyultiruvchi moddalar.
Har xil qo’shimchalarchi?
Har xil ta’mli tvoroglarning hozirda turlari juda ham ko’p bo’lib, meva bo’lakchalari yoki sharbatidan tayyorlaniladi. Bunday tvorog sotib olish to’g’rimi? Albatta to’g’ri, faqatgina – uning tarkibini o’rganib chiqing. Agarda uning tarkibida biz yuqorida ta’kidlab o’tgan moddalar, tabiiy meva yoki uning sharbati qo’shilgan bo’lsa – bu juda ham foydali mahsulot bo’libgina qolmasdan, bolarga ham juda yoqsa kerak.
Qaysi biri yaxshi: oddiy tvorog, tvorogli massa, tvorojok yoki tvorogli pishloqchalarmi?
Bularning tayyorlanish usuli, kaloriyasi va quyuq-suyuqligida farqi bor.
Tvorogli massa yoki tvorogli pastani oddiy tvorogdan tayyorlaniladi. So’ng unga shakar, quruq va ho’l mevalardan solinadi. Иногда в творожную массу добавляют сливочное масло, сгущеное молоко, натуральные ароматизаторы (ванилин, корицу, какао, экстракт кофе и другие).
Tvorojok bolalarbop mahsulot bo’lib, oddiy tvorogga nisbatan yumshoqroqligi sabab ham, hazm bo’lishi osonroq.
Tvorogli pishloqchalar – bu to’yimli, ko’p hollarda yuqori kaloriyali mahsulot sanaladi. Uni ham tabiiy tvorogdan tayyorlab, unga yana sariyog’, shakar, shokolad. quyultirilgan sut, meva va jemlar solinadi. Bunday tvoroglar termik qayta ishlovdan o’tkazilgani sabab ha.
Yuqoridagi bu mahsulotlarning hammasi ham xuddi tvorogdek foydali sanaladi. O’zingizga yoqqan ta’mli mahsulotdan xarid qiling, faqatgina sotib olishdan oldin uning tarkibini yaxshilab o’rganing: kimyoviy qo’shimchalar, konservantlar va quyultiruvchi moddalar bo’lmasligi kerak.
Qadog’i va saqlash muddati
Tvorog juda ham tez buziladigan mahsulotlar qatoriga kirishini unutmagan holda, uni albatta sovutgichda saqlang. Qadog’i shikaslangan yoki qog’ozi namlangan tvoroglardan xarid qilmang. Bu tvorogning ayniganidan darak beradi.
Tvorogni saqlash muddati – faqatgina 72 soat. Shuning uchun ham sotib olayotgan kunizda tayyorlangan tvorogdan xarid qiling. Faqatgina vakuumli qadoqdagi tvoroglardan tashqari: ochilmagan bunday mahsulotlar 1 oygacha saqlaniladi.
Tvorogni bozorlardan xarid qilish mumkinmi?
Quyidagi sabablarga ko’ra biz yo’q deb aytishimiz mumkin:
- saqlash harorati to’g’ri kelmasligi sababli ham
- gigiyenik jihatdan ham to’g’ri kelmasligi mumkin
- tvorog eskirgan bo’lishi ham mumkin: agar siz xarid qilayotgan tvorog bir xil rangda bo’lmasa, emak sotuvchi kechagi tvoroglarni bugungisi bilan aralashtirib sotgan
- tvorog tayyorlash texnologiyasi buzilib, har xil yog’lar qo’shilishi mumkin
- tvorogni tashqi ko’rinishi.
Agarda tvorog sotadigan o’zingizning tanishingiz bo’lsa, unga ishonsangiz, unda hech qanday muammosiz sotib olishing. Asosiysi, birdan ko’p olmang: saqlash muddati haqida unutmang.
Tvorog ta’m va rang jihatdan qanday bo’lishi kerak?
Tvorogni sotib olishdan oldin, yoki so’ng oching rangi va hidiga e’tibor bering:
- sifatli tvorog och kremrangda bo’ladi. Sariq rangli tvorog uning sifatsizligi yoki bo’yoqlar qo’shilganligidan darak beradi.
- silliq va yaltiragan tvorog – unga palma yog’i qo’shilganligini bildiradi.
- O’ta nordon tvorog uning buzilganligidan dalolat beradi.
To’g’ri saqlash
Tvoroglarni sovutgichda saqlang. Tvorogni chinni yoki shisha idishga solib qopqog’ini yopib qo’ying.
Tvorog ikki kundan ortiq turgan bo’lsa, ularni tashlab yuborishga shoshilmang, ulardan biron bir mazali pishiriqlar pishiring. Termik qayta ishlov sabab ham tvorogdagi bakteriyalar yo’qolib, foydali moddalar saqlanib qoladi.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin
Korzinka.uz tarmog’idagi supermarketlarda tvoroglar hajmiga qarab 2 490 dan 14 990 so’mgacha turadi.
Makro tarmog’idagi supermarketlarda esa ular 2 450 dan 17 990 so’mgacha turadi.
Arba.uz internet do’konida esa ular 1 390 dan 7 890 so’mgacha turadi.
*Korzinka.uz tarmog’idagi supermarket xodimlariga tasvirga tushirish jarayonida ko’maklashganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz!
*Mahsulot narxlari manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.