Maryam dessert house – Toshkentdagi mazali makon
Yaqindagina Toshkentda shirinlikni xush ko’ruvchilar uchun ajoyib, yangi maskan ish boshladi.
“Hayot juda qisqa, shuning uchun ham uni shirinlikdan boshlang”, – deb ta’kidlaydi aktrisa Barbare Streyzand. Ovqatlanishni shirinlik bilan tugatishimiz hech kimga sir emas. Tongni shirinlikdan boshlash mumkin emas, deb kim ham ayta oladi? Masalan tongni apelsinli kruassan yoki mazali chizkeyklardan boshlab, kun bo’yi xush kayfiyatda yurishingiz mumkin.
Bir-ikki oy oldin Maryam dessert house iste’molchilarga o’z eshiklarini ochdi. Shirinlik shinavandalari uchun mo’ljallangan bu makon kichkinagina qizcha nomiga atab qo’yilgan.
“Bolalar arzimas narsalardan ham quvonib, ta’sirlanishadi. Maryam har xil pishiriqlarni, pechenye, shokolad va har xil piroglarni yaxshi ko’radi, hatto kayfiyati umuman yo’q paytda ham, unga biron bir shirinlik taklif qilib, xursand qilishning iloji bor.” Shunday iliq niyatlar bilan ishlab chiqaruvchilar bu shinamgina maskanni barpo etishdi va bu yerda ular 300 ortiq shirinliklar, 10 xildan ortiq pechenyelar, har xil asosli nonlarni xaridorlarga taklif qilishadi.
Maryam dessert house ga kelib, xilma-xillikdan ko’zingiz quvnab ketishi mumkin. Har bir vitrina alohida-alohida davlatlarga bo’lib chiqilgan. Masalan, «slavyan» vitrinasida: “Kiyevskiy”, “Praga”, “Napoleon”, “Ptichye moloko” kabi tortlarni uchratishingiz mumkin.
Belgiya vitrinasi – bu joyning asosiy faxri hisoblanar ekan. Chunki bu yerda bir necha asrlardan beri sotuvda bo’ldan Callebaut savdo belgisi ostidagi haqiqiy Belgiya shokoladlari sotuvda mavjud. Bu yerdagi barcha shirinliklarni tayyorlashda faqatgina shu shokoladdan foydalanishadi.
Fransuzcha va italyancha vitrinalar har xil kruassanlar, tiramisu va mevali shirinliklar bilan liq to’la. Ishtahaocharlik va go’zallikda bir-birida o’zadi.
Ertalab bu yerda yangi pishirilgan non mahsulotlarining xushbo’y hidi dimog’ingizni qitiqlab yuboradi. Ularning turi xilma-xildir: baget, zaytunli, qo’ziqorinli, ismaloqli, olmali va hattoki olxo’rili nonlarni ham uchratish mumkin. Nonlar 5 000 so’mdan 15 000 so’mgacha turadi.
Ko’pchilik mahsulotlar kilolab hisoblaniladi. Sotib olishdan oldin, ular ta’tib ko’rishni maslahat berishadi.
Kruassanlar 8 000 dan 12 000 so’mgacha turadi. Ikki kishiga taxminan 70 000 so’m sarflanadi. Bu mablag’ga siz ikki xil desert, bir finjondan qahva va bir-nechta pechenyelar buyurtma bera olasiz.
Shirinlikning shinavandalari – bolajonlarga bu joy juda ham yoqadi. Multfilm qahramonlarining shakli berilgan bu pishiriqlar umuman mastiklarsiz, palma yog’i va hattoki margarinsiz tayyorlanilgan. Xullas, ham mazali ham tabiiy mahsulotlar sanaladi.
Maryam dessert House ga bolalar bilan birga kelish juda qulay. Kichkintoylar bolalar uchun mo’ljallangan maydonchada bemalol o’ynashi, ota-onalar esa bir finjon qahva ustida xotirjam suhbat qurishlari mumkin.
Maryam dessert house quyidagi manzlda joylashgan: Shahrisabz ko’chasi, 10.
Mo’ljal: Oybek metrosi, Wonderland do’koni.
Телефон: +998 71 252 24 54.
Fotosuratchi: Olya Homer/Zira.uz
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.