Baliqni to’g’ri tozalash va noxush hidini yo’qotish usullari
Baliq – juda ham foydali mahsulot bo’lib, ammo ko’p hollarda kerakli bilimlarimizning yo’qligi sabab ham uni noto’g’ri tayyorlab qo’yamiz. Bugungi ma’lumotlarimizda siz baliqni to’g’ri tayyorlash, noxush hiddan qutulish haqida biroz bo’lsa ham ma’lumotlarga ega bo’lasiz.
To’g’ri tayyorlanilgan baliq juda yumshoq va mazali chiqib, dengiz mahsulotini iste’mol qilmaydigan insonlarga ham yoqadi. Baliqni badbo’y hidini yo’qotishimiz kerak bo’ladi.
Baliqni muzlagan holatidan eritish unchalik ham qiyin emas.
Muzlatilgan baliqni sovutgichning eng pastki qatoriga qo’yasiz va uning erishini kutasiz. Iloji bo’lsa, baliqni xona haroratida eritmasligimiz kerak: unda kasallikni keltirib chiqaruvchi bakteriyalar tezda ko’payadi.
Baliqni nima uchun suv ostida eritish mumkin emas?
Suvda baliq ko’p tursa, undagi foydali moddalar yo’qoladi. Baliq go’shti esa suvni shimib oladi va pishgan baliq xunuk ko’rinish kasb etadi.
Kichik tavsiya: baliqni oxirigacha eritmang.
Baliqni oxirigacha eritsangiz, uni tozalash qiyinroq kechadi. Shuning uchun ham biroz muzlagan baliqdan foydalaning.
Baliqni qanday tozalash va bo’lish kerak?
Agar sizda butun baliq bo’lsa, uni dumidan bosh tomoniga qaratib tozalay boshlang.
So’ng ichak-chavoqlarini olib tashlang: agar baliq muzlatilgan bo’lsa, unda bu hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi. Ehtiyot bo’ling, o’t pufagi yorilib ketmasin, aks holda baliq noxush taxir ta’m aks etadi.
Baliqning ichidagi qora terisini albatta shilib oling – aynan shu po’sti sabab ham pishgan baliq noxush hid tarqatadi. Agarda siz baliqni butunligicha iste’mol qilmoqchi bo’lsangiz, unda uning oyqulog’ini olib tashlang.
Baliqdan keladigan badbo’y hiddan qanday qutulish mumkin?
Ko’p hollarda baliqdan yashil o’t yoki balchiq hidi anqib turadi. Bunday baliqlarni tashlab yuborishga shoshilmang, bir necha usul orqali bunday hiddan qutulishimiz mumkin. Quyida ularning bir necha usullari haqida bilib oling:
Baliqqa tuz sepib qo’ying
Baliqni bir necha bo’laklarga bo’ling qopqoqli idishga solib, bir necha soatlarga sovutgichga solib qo’ying. So’ng baliqni sirka qo’shilgan suvda yuvib tashlang.
Baliqni tuzli suvga botirib qo’ying
3 litr suv oling, ustidan 1 stakan tuz solingda aralashtiring. Yaxshi yuvilgan baliqni bunday suvga solib qo’yamiz va bir soatga sovutgichga qo’yamiz.
Limon sharbati noxush hidni yo’qotishi mumkin
Limon sharbatini siqib chiqaring, ozroq suv bilan aralashtiring va yaxshi yuvilgan baliqni ustidan quyib, ikki soatga sovutgichga qo’ying. So’ng olib yuvib tashlang.
Lavr yaprog’i, qora murch va tuz balchiq hidini yo’qota oladi
Baliqni biron bir idishga solamiz, ustidan tuz, murch va lavr yaprog’ini solib, ustidan suv quyamiz. Qopqog’ini yopib, kamida 40 daqiqaga sovutgichga qo’yamiz.
Agarda sizga baliqning o’z hidi yoqmasa, unda sutdan foydalaning. Uni baliqni qaynatayotganda qo’shishingiz, yoki qovurishdan oldin sutga botirib qo’yishingiz mumkin.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.