Do’kon peshtaxtalaridagi mahsulotlar: Alpro soyali suti
Bugun Zira sizlarga juda ajoyib mahsulot – Alpro soyali suti haqida ma’lumot berib o’tadi. Sutga o’xshab ketuvchi bu mahsulot nimadan tayyorlanilar ekan?
Soyali sutni rangi va suyuqligi xuddi sigir sutiga o’xshab ketishi uchun ham sut deb atashadi. Aslida esa u soya urug’laridan olinadi. Shuning uchun ham u sutli mahsulot hisoblanmaydi.
Soyali sutning vatani esa Sharqiy Osiyo hisoblanadi. Soyali ichimlikdan iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishda va pazandachilikda ham foydalaniladi. Undan har xil smuzi, yogurt va tofular tayyorlaniladi. Hayvonlardan olinadigan va tayyorlangan barcha mahsulotlardan iste’mol qilmaydigan insonlar bunday mahsulotni ko’p ichishadi. Laktozani ko’tarmaydigan organizmlar uchun xuddi bodomli, kakosli, sulili va guruchli sutlar kabi bu mahsulot ham yaxshi tanlov bo’la oladi.
Soyali sutning foydali va zararli tomonlari haqida juda ko’p bahslashishadi. Ba’zilar uni foydali deb atashsa, birovlar uning genetik o’zgartirilgan xom-ashyo bo’lishi mumkinligini aytishadi. Bizlar uchun noodatiy mahsulot bo’lgan bunday ichimlik bilan qiziqdik va ta’tib ko’rdik. Endi esa taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz.
Qadog’i
Bugungi mahsulotimiz 250 ml li qadoqda. Uning tashqi ko’rinishi bolalarga mo’ljallangan sut va sharbatlarga o’xshab ketadi. Bu mahsulot Belgiyada ishlab chiqarilgan.
Turlari
Sotuvda Alproning quyidagi turlari mavjud: kakosli, bodomli va sutli.
Tarkibi
Suv, soya doni (5.9%), shakar, tri-kalsium-fosfat, monokaliy fosfati, dengiz tuzi, tabiiy ta’m beruvchilar, stablizator B2, B12, D2 vitaminlari.
Qadog’ida mahsulot laktozani saqlamasligi va vitaminlarga boyligi yozib qo’yilgan.
Ta’mi
НMahsulot haqiqatdan ham ko’rinishi va rangi bilan sutga o’xshab ketadi. Sariyog’ning ta’mi kelib, lekin sut bilan umumna o’xshashligi yo’q. Qandaydir donli mahsulot ta’mi sezilib turadi.
100 ml mahsulotning ozuqaviy qiymati: yog’lar- 1,8 gr, oqsillar – 3,0 gr, uglevodlar– 2,5 gr, shakar– 2,5 gr
Energetik quvvati: 39 kKal ni tashkilq iladi
Qancha va qanday saqlash kerak
25 haroratdan yuqori bo’lmagan joyda saqlash kerak, ochilganidan so’ng esa sovutgichda ko’pi bilan 5 kecha-kunduzgacha saqlanilsin.
Narxi
Kid’s Plate do’konida bu mahsulotni 36 900 so’mga bir donasini sotib olishingiz mumkin.
Xulosa
Soyadan tayyorlanilgan ichimlik – sutli mahsulotlarga allergiyasi bor odamlar uchun ajoyib mahsulot. Chunki bu bemalol sutning o’rnini bosa oladi.
*Mahsulot narxlari manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.